2-mavzu: Qadimgi turkiy obidalarning topilishi, o‘qilishi. Qadimgi turkiy yozuvlar. Reja
Download 340.97 Kb.
|
2-maruza TT 2-kurs kunduzgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘.Abdurahmonov, A.Rustamov, N.Rahmonovlar
- Ko‘k turk alifbosi va imlo prinsiplari
O‘rxun yozuvi turkshunoslik va yozuv tarixiga oid asarlarda “O‘rxun-yenisey yozuvi”, “Yenisey-o‘rxun yozuvi”, “Sibir yozuvi”, “Turkiy run(a) yozuvi”, “Ko‘k turk yozivi” deb yuritiladi.
Barcha mavjud yozuvlarda bo‘lganidek, O‘rxun-yenisey yozuvi ham zamoni va makoni bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim shakliy farqlar tufayli o‘rxun, turfon va yenisey variantlariga ega. Bularning eng qadimiysi o‘rxun variantidir. Mazkur yozuv arab yozuvi singari o‘ngdan chapga qarab yozilgan va o‘qilgan fonetik yozuv tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalanib, bir-biriga ulanmay, yakka-yakka yozilgan. Ko‘p hollarda (asosan, so‘z boshi va o‘rtasida) unli harflar yozilmagan, tinish belgilar ishlatilmagan. So‘zlar, ba’zan morfema yoki so‘z birikmalarini bir-biridan ajratish uchun ular o‘rtasiga ikki nuqta (:) qo‘yilgan, shartli ravishda u “ayirg‘ich” deb atalgan. O‘rxun-yenisey yozuvini tekshirish va o‘rganishda V.Tomsen, V.Radlov, M. Melioranskiy, A.Polovsev, G.Geykel, S.Malov, L.Gumilyov, D.Nemet kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. O‘zbek olimlaridan G‘.Abdurahmonov, A.Rustamov, N.Rahmonovlar ham o‘rganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ushbu yodgorliklarni tadqiq etish hozirgi kunda ham davom etmoqda. Ularga xos ayrim leksik birlik va grammatik shakllar hozirgi o‘zbek, uyg‘ur, ozarbayjon, qirg‘iz, qozoq, turkman, qoraqalpoq, tatar, boshqird, qorachoy, bolqor kabi turkiy tillarda uchraydi. Bu yozuv turkiy tillar tarixi, madaniyati, etnografiyasi, til va yozuvlari tarixini o‘rganishda qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘k turk alifbosi va imlo prinsiplari O‘tmishdan qolgan alifbo parchalari. Ko‘k turk alifbo tizimi va yozuv xususiyatlarini o‘rganishda bizgacha yetib kelgan alifbo namunalarining ahamiyati katta. Turkshunoslikda bunday alifbolardan uchtasi ma’lum: I. Alifbolarning biri Berlin qo‘lyozmalar fondidagi Turfondan topilgan matnlar orasida TM 340 (Mz. 171) raqami ostida saqlanmoqda (Sertkaya 1995,284–285). Bu kichik bir qog‘oz parchasida ko‘k turk alifbosidagi ayrim harflar berilib, ularning ma’nosi ikkinchi satrda uyg‘ur harflari bilan izohlab chiqilgan. Alifbo parchasida jami to‘rt unli ( ä, i, ö, u) va besh undoshni (b, b', r', m, y') ifodalovchi harf ikki yozuvda berilgan. II. Berlinda saqlanayotgan Turfon matnlari orasida TM327 (MIK III 35a–b) raqamli bir yozuv parchasi (Sertkaya 1995, 285; 2001, 25-26) e’tiborni o‘ziga tortadi. Unda ko‘k turk alifbosidagi harflar berilib, har birining ostida moniy harflari bilan ularning nomi qayd etib qo‘yilgan. III. Yana bir alifbo parchasi Yaponiyadagi Ryukoku universiteti fondida 8129 raqami ostida saqlanmoqda (Sertkaya 1995, 287–288). Ushbu qog‘ozda uch qatorga ko‘k turk alifbosidagi harflar yozib chiqilgan. Ko‘k turk xatining imlo prinsiplari. Ko‘k turk bitiglarida unlilar to‘rt harf yordamida ifoda etilgan: a–ä, ï–i, o–ö, u–ü. Muhim belgilaridan biri, unlilar, asosan, birinchi bo‘g‘inda yoziladi, singarmonizm qonuniga ko‘ra keyingi bo‘g‘inda hosil bo‘luvchi unli yozilmaydi. Ko‘k turk yozuvi qadimgi turkiy tilning fonetik-fonologik, morfo-fonologik xususiyatlariga moslashgan edi. Buni yozuvning turkiy singarmonizm (unlilar uyg‘unligi) qonuniga bo‘ysunganligida yaqqol kuzatish mumkin. Yozuv belgilari so‘zning fonetik-fonologik tabiatini anglatib turadi. Download 340.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling