2-mavzu: Qadimgi turkiy obidalarning topilishi, o‘qilishi. Qadimgi turkiy yozuvlar. Reja


Download 340.97 Kb.
bet14/20
Sana05.04.2023
Hajmi340.97 Kb.
#1275221
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
2-maruza TT 2-kurs kunduzgi

Uyg‘ur yozuvi
Hozir “uyg‘ur yozuvi” nomi bilan atalayotgan qadimgi turkiy alifbo o‘tmish manbalarida bir qancha nom bilan yuritilgan. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida uni “turkcha yozuv” deb tilga oladi. Alisher Navoiy maktublarining birida uni “turkcha xat” deb atagan. Manbalarda mazkur yozuv “uyg‘ur xati”, “mo‘g‘ul xati” deb ham yuritilgan. Chunonchi, XIII asrda yashab, ijod etgan shoirlardan Puri Bahoi Jomiy she’rlaridan birida uni “uyg‘ur xati” (xaItt-i uyg‘uri:), Ibn Arabshoh “Ajoibu-l-makdur fi-navoibi Taymur” otli asarida “uyg‘ur xati”, “Fokixatu-l- xulafo” asarida esa “mug‘ul xati” degan. Ushbu yozuv “Hibatu-l-haqoyiq”ning 1480-yili Istanbulda Abdurazzoq baxshi ko‘chirgan nusxasida “mo‘g‘ul xati” deb atalgan. Bizgacha yetib kelgan uyg‘ur yozuvli yodgorliklarning eng qadimgilari islom davridan ancha burun yaratilgan. Ushbu obidalar o‘sha davr turklari ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotining barcha sohalarini qamraydi. Adabiy, diniy- falsafiy, tarixiy, ilmiy asarlar, huquqiy, rasmiy-diplomatik bitiglar (yorliq, tilxat, guvohnoma va h.k.), xo‘jalik ishlariga oid matnlar, qabrtoshlar, tashrifnoma va boshqalar shular jumlasidandir. Mavjud yodgorliklar ichida, ayniqsa, moniylik, buddizm, nasroniylik muhitida yaratilgan diniy-falsafiy asarlar salmoqli o‘ringa ega. Ularning ko‘pi qo‘shni anatkak (sanskrit), to‘xri (tohar), sug‘d, tavg‘ach (xitoy) tillaridan qadimgi turkiyga o‘girilgan bo‘lib, o‘sha davr turkiy adabiyotida tarjimachilik ham muhim o‘rin egallaganidan dalolat beradi.
Mashhur tarixchi Ibn Arabshoh “Ajoibu-l-maqdur fi navoibi Taymur” nomli asarida uni “uyg‘ur xati” (A.Рустамов 1976, 39), “Fokihatu-l-xulafo”asarida esa “mo‘g‘ul xati” degan (Meлиоранский 1900, XLV). Istanbuldagi Ayosofiya kutubxonasida saqlanayotgan 4757 raqamli Abdulrazzoq baxshi ko‘chirgan majmuaning birinchi betiga arab tilida bir qayd bitilgan bo‘lib, unda mazkur yozuv “mo‘g‘ul xati” (alxattu-l-moğulо) deb atalgan. Qaydning mazmuni shunday: “Mo‘g‘ul tilida mo‘g‘ul xati bilan tuzilgan o‘gitlardan iborat risolalar majmuasi hamda mo‘g‘ul tili va mo‘g‘ul xatidagi “Mahzunu-l-asror” kitobi - ularning har ikkisi turkiydadir” (qarang: Arat 1992, LXIII).
“Hibatu-l-haqoyiq”ning arab yozuvida bitilgan S qo‘lyozmasining boshlanishiga Adib Ahmad asarining tub nusxasi va mo‘g‘ul xati (ya’ni uyg‘ur yozuvi) bilan bog‘liq kerakli bir ma’lumot yozib qo‘yilibdi. Arab tilidagi ushbu qaydning ma’nosi shunday: “Mo‘g‘ulcha “Hibatu-l-haqoyiq” (kitobi) nasihat va tasavvufga bag‘ishlangan. (Mo‘g‘ul xati) suryoniy xatining bir turidir. Injil ana shu (suryoniy) xatda bitilgan” (qarang: Arat 1992, CXVII). Ushbu qaydda “mo‘g‘ulcha “Hibatu-l-haqoyiq” (kitobi)” deyilganda, asarning tub nusxasi mo‘g‘ul (uyg‘ur) xatida ekanligi, arab yozuvli ushbu nusxa esa o‘shandan ko‘chirilgani ko‘zda tutilmoqda.“(Mo‘g‘ul xati) suryoniy xatining bir turidir” degan jumlada uyg‘ur yozuvining suryoniy yozuvi bilan o‘zakdosh ekanligiga ishora bor. Chunki suryoniy yozuvi ham oromiy yozuvidan o‘sib chiqqan.

Download 340.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling