2-mavzu: Qadimgi turkiy obidalarning topilishi, o‘qilishi. Qadimgi turkiy yozuvlar. Reja
Download 340.97 Kb.
|
2-maruza TT 2-kurs kunduzgi
5. “Sekiz yukmak”. Turfondan topilgan bu yodgorlik matnini nemis olimlari V.Bang, A.fon Gaben va turk olimi G.R.Rahmatiylar 1934-yilda Berlinda nashr ettirganlar. Bulardan tashqari, uyg‘ur yozuvida yozilgan bir qancha obidalar, turli afsonalardan olingan parchalarning matnlari bitilgan yodgorliklar bor. Shuningdek, VIII-X asrlarga va keyingi davrlarga oid juda ko‘p uyg‘urcha yuridik-huquqiy xujjatlar ham mavjud. Bu yodgorliklarda ham adabiy til, ham xalq so‘zlashuv tili xususiyatlari aks etgan.
Turk xoqonligi davrida turkiy qabilalar to‘liq tabaqalanadi. Markazlashish, o‘zaro birlashish jarayonida qo‘shilish va ajralib ketish asosida rivojlangan turkiy tillar uyg‘urlar hukmronligi davrida umumturkiy adabiy til sifatida shakllandi. Bu adabiy tilning tashkil topishida qarluq-chigil tillari, shuningdek uyg‘ur tili asos sifatida qatnashdi, uning taraqqiyotiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. X-XII asrlarda Qoraxoniylar hukmronligi davrida qo‘llangan, ma’lum darajada me’yorga solingan turkiy adabiy til qisman o‘g‘uz-qipchoq tillari xususiyatlarini ham o‘z ichiga olar edi. Eski o‘zbek adabiy tilining xalq tili sifatida shakllanish davri ham mana shu vaqtlarga to‘g‘ri keladi. Yozuv- kishilik aloqasida muhim vositadir. Ma’lumki, til boshqa narsa va hodisalar singari o‘zgaruvchandir. Shunday ekan, besh yuz ming yil ichida tillarda qanday o‘zgarish sodir bo‘lganini tasavvur qilish, uni ilmiy, ham amaliy, ham nazariy nuqtayi nazardan o‘rganish mumkin emas. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo‘lishidan avvalgi holati biz uchun qorong‘idir. Biz faqat yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrda ro‘y bergan til taraqqiyoti to‘g‘risida yozma yodgorliklardan foydalanib, fikr yuritishimiz mumkin. Lekin yozuv tilni o‘rganish, tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi muammoni yoritishga to‘liq imkon bermaydi. Shunday bo‘lsa ham, ba’zi olimlar bu masalaga o‘z munosabatlarini, fikrlarini bildirib o‘tishgan. Hozir bizga ma’lum tillarning yozuv tarixi 10-15 ming yildan oshmaydi. Olimlarning faraz qilishicha, inson bundan bir necha yuz ming yil avval so‘zlasha boshlagan. Ammo, o‘sha davrdagi tillar to‘g‘risida hozirgi vaqtda hech qanday ma’lumot yo‘q. Milliy tilning xalq tilidan farqi uning adabiy yozuv shakliga egaligidir Download 340.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling