2-mavzu: Qadimgi turkiy obidalarning topilishi, o‘qilishi. Qadimgi turkiy yozuvlar. Reja


Download 340.97 Kb.
bet5/20
Sana05.04.2023
Hajmi340.97 Kb.
#1275221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2-maruza TT 2-kurs kunduzgi

2. “Maytri simit no‘m bitig” (Maytri bilan uchrashish kitobi). Turk-budda diniy-falsafiy yodgorliklaridan biri, asli sanskrit tilida yaratilgan. Budda ta’limotining bilimdonlaridan biri Aryachantri sanskritcha nusxadan tohar tiliga o‘girgan. Toharchadan Partanarakshit Karnavajiki qadimgi turkiy tilga tarjima qilgan (VIII asr). Tohar tilidagi brahma xatida yozilgan ikki nusxasi Qorashaharda, uyg‘ur xatidagi turkiy versiyalari Turfonda topilgan. Ular hozir Berlin va Urumchi qo‘lyozma fondlarida saqlanmoqda.
3. “Altin yoruq”. Asli qadimgi hind-sanskritcha “Suvarnaprabhasa” (oltin jilo). Budda diniga oid bo‘lgan sutra (muqaddas kitob)ning turkiy tarjimasi bo‘lib, qisqacha “Oltun yoruq” nomi bilan yuritiladi. Udastlab tabg‘ach (xitoy) tiliga, xitoy tilidan X asrda beshbaliqlik Singku Seli Tutung tomonidan qadimgi turkiy (turk uyg‘ur) tiliga o‘girilgan. Bizgacha uning 10 ga yaqin nusxasi yetib kelgan. 1910-yili S.E.Malov Suchjou shahriga yaqin Vungshagudan topgan va 1913-1917-yillarda nashr ettirgan (V.V.Radlov bilan birga) nusxa boshqalarga nisbatan mukammalroq bo‘lib, Sankt-Peterburgda saqlanadi.
4. “Syuan-szan kechmishi” budda muhitida yaratilgan asarlardan biri, uning xitoycha va qadimgi turkiy versiyalari mavjud. Turkiy versiya uyg‘ur xatida bo‘lib, hozirda bo‘laklarga bo‘lingan holda Parij, Pekin, Sankt-Peterburgda saqlanmoqda. Asarni X asrda yashagan olim va tarjimon beshbaliqlik Shingku Sheli qadimgi turkiy tilga tarjima qilgan.
Syuan-szan kechmishi” Tan sulolasi davrida yashagan sayyoh Syuan-szanning budda yashagan o‘lkalarga safari xususidagi memuar bo‘lib, o‘zida o‘nlab afsona va rivoyatlarni, budda falsafasi, qadimgi Sharq xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, madaniy turmushi, ular yashagan mamlakatlar geografiyasi, tarixiga oid ma’lumotlarni jamlagan. O‘z zamonasining mashhur buddashunosi, ulug‘ ustoz nomini olgan Syuan-szan (turkiy matnda Xuintso) budda yo‘riqlari, qonun-qoidalari bitilgan bitiglarni olib kelish maqsadida Hindistonga safar qilgan. U 17 yil (629-645) davomida 120 dan ortiq o‘lkalarda bo‘lgan.

Download 340.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling