2-mavzu: Qadimgi turkiy obidalarning topilishi, o‘qilishi. Qadimgi turkiy yozuvlar. Reja


Download 340.97 Kb.
bet3/20
Sana05.04.2023
Hajmi340.97 Kb.
#1275221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2-maruza TT 2-kurs kunduzgi

Birinchi davrga xos obidalar eng qadimgi yodgorliklar bo‘lib, ular o‘rxun yozuvi obidalari bilan umumiylikka ega bo‘lgan bitigtoshlardan iborat. Bular ichida eng mashhuri Kultigin va To‘nyuquq sha’niga qo‘yilgan qabr toshlariga yozilgan yodgorliqdir. Bu toshlar O‘rxun (Mo‘guliston) va Yenisey daryolari bo‘ylaridan topilganligi sababli fanda “o‘rxun-yenisey yozuvlari” deb nomlanadi.
Qadimgi turkiy tilning run yozuvida bitilgan namunalari quyidagilardir:
1. Kultegin bitigi. Bu bitiktosh ikkinchi turk xoqonligi asoschisi Eltarish xoqonning kichik o‘g‘li Kultegin sharafiga qo‘yilgan. U 731-yilda 47 yoshida vafot etgan. Yodgorlik uning akasi Bilga xoqon tomonidan 732-yilda o‘rnatilgan. Matn muallifi esa Eltarish xoqonning o‘g‘li Yo‘llug‘ tegin. Bitigtosh Mo‘g‘ulistonning Kosho-Saydam vodiysida O‘rxun daryosining qirg‘og‘ida topilgan. Hozir ham o‘rnatilgan joyida turibdi. Yodgorlikdagi asosiy matn turkiy tilda. Ters yuzida xitoycha matn ham bor. Turkiysi urxun-yenisey xatida yozilgan.
2. Bilga xoqon bitigi. Bilga xoqon ikkinchi turk xoqonligi asoschisi Eltarish hoqonning to‘ng‘ich o‘g‘li. U 734-yilda 50 yoshida vafot etgan. Yodgorlik toshi 735-yilda uning o‘g‘li Yo‘llug‘ tigin tomonidan o‘rnatilgan.
3. To‘nyuquq bitigi. Mazkur yodgorlik ikkinchi turk hoqonligi davrida yashab o‘tgan davlat arbobi va sarkarda To‘nyuquq xotirasiga tiklangan. Bitig muallifi To‘nyuquqning o‘zidir. U.Sertkayaning fikricha, bitig taxminan 732-734-yillar oralig‘ida yozilgan. To‘nyuquq shu kezda 85 yoshda bo‘lgan. Yodgorlik Mo‘g‘ulistondagi Bain Sokto manzilida topilgan. Hozir ham tiklangan joyida turibdi. U 62 satrli bo‘lib, bir-biriga qaratib tiklangan ikki to‘rt qirrali toshga yozilgan.
4. Kulichur bitigi. Bitiktoshni 1912-yilda polshalik professor V.Kotvich Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator yaqinidagi Ixe-Xushotu manzilidan topgan va uning matnini A.Samaylovich bilan birga 1928-yilda nash etgan. U Kulichur sharafiga tiklangan bo‘lib, sanasi aniq emas. Tardush elini boshqargan Kulichur ikkinchi turk xoqonligida yashagan mashhur kishilardan sanalgan. Uning ismi Bilga xoqon bitigida ham tilga olinadi. Yodnomadagi yozuv toshning uch tomoniga bitilgan bo‘lib, jami 29 satrni tashkil etadi. Kulichur 731-yilda vafot etgan deb taxmin qilinadi.

Download 340.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling