2-Mavzu. Quyosh radiatsiyasining tarqalishi va uni o‘lchash usullari. Reja: Quyosh radiatsiyasining tarqalishi
Quyosh radiasiyasining intensivligi
Download 327.66 Kb.
|
2.маъруза
Quyosh radiasiyasining intensivligi. Quyosh nurlari yer yuzining biror joyiga tushganda, unga asosan ikki xil ta’sir ko’rsatadi: uni isitadi va yoritadi. Quyosh radiatsiyasining miqdorini shu ikki ta’sir orqali xarakterlash mumkin. Yer yuziga tushgan quyosh radiatsiyasining miqdorini xarakterlash uchun quyosh radiatsiyasining intensivligi degan tushuncha qo’llaniladi. Quyosh nurlariga perpendikulyar bo’lgan 1 sm2 yuzaga 1 minut ichida quyosh nurlari bilan kelgan energiya miqdori quyosh radiatsiyasining intensivligi deyiladi va yoki degan birliklar bilan ifodalanadi.
Quyosh radiatsiyasining intensivligi quyosh nurlarining qiyaligiga bog’liq bo’ladi. Yuzaga perpendikulyar tushgan quyosh energiyasining miqdori qisqacha radiatsiya deyiladi. Yuzaga qiya tushgan nurlar bilan kelgan quyosh energiyasining miqdori insolyasiya deb ataladi. Insolyasiya bilan radiatsiya orasidagi bog’lanishni quyidagi formula ko’rsatadi. Su = Sp . sin (3.14) Bu yyerda Su- insolyasiya intensivligi, Sp-radiatsiya intensivligi, - quyoshning balandligini ko’rsatuvchi burchak. Radiatsiya intensivligi quyoshning balandligiga bog’liq bo’lgani uchun kun davomida quyosh balandligi bilan birga radiatsiya intensivligi ham o’zgarib boradi. O’lchashlardan ma’lum bo’lishicha, quyosh radiatsiyasining eng katta intensivligi kunning o’rtasiga emas, soat 10-11 larga to’g’ri keladi. Buning sababi shuki, havoning tiniqligi kun davomida o’zgaradi: Ertalab havo tiniqroq bo’ladi, kunduzi esa havo-ning vertikal oqimlari natijasida chang zarrachalari havoga ko’tarilib, quyosh nurining yutilishini kuchaytiradi, natijada yer yuziga tushayotgan radiatsiya susayadi. Quyosh radiatsiyasining intensivligi yil davomida ham o’zgaradi. Radiatsiya yilning issiq oylarida emas, balki bahor oylarida, ayniqsa O’zbekistonda fevral-mart oylarida eng ko’p miqdorda bo’ladi. Buning sababi, shu oylarda havoning tozaroq bo’lishidadir. Radiatsiya asosiy intensivligining minimumi dekabr oyiga to’g’ri keladi. Download 327.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling