2-Mavzu. Quyosh radiatsiyasining tarqalishi va uni o‘lchash usullari. Reja: Quyosh radiatsiyasining tarqalishi
Download 327.66 Kb.
|
2.маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig’indi quyosh radiasiyasi. Piranometrlar.
Ma’lum yuzaga tushayotgan quyosh energiyasini hisoblash quyidagi formulalar asosida bajariladi. (3.6) (3.7) (3.8) bunda: Q-yuzaga tushayotgan quyosh energiyasi i-quyosh nurlarini tushish burchagi m-yuza qiyalik burchagi geografik kenglik quyoshning siljish burchagi (Kuper formulasi asosida hisoblanadi). S-yuza; quyosh energiyasini tushish vaqti n-yil boshi yanvardan boshlab hisob o’tkazilayotgan kun quyosh vaqti. Tush vaqti uchun bo’lib 1 soat oldingi va keyingi soatlar uchun 150 dan qo’shib borildi. Masalan: tush vaqti 1200 bo’lsa 11 va 13 da , 10 va 14 . J1,D-quyoshga tik bo’lgan yuzaga tushayotgan to’g’ri diffuz radiatsiya miqdori bo’lib, uni 3.1-jadval yordamida, aniq hisoblashlarda esa o’lchash asboblaridan foydalaniladi. Yig’indi quyosh radiasiyasi. Piranometrlar. Har qanday gelio-qurilmalarga, istalgan og’ma sirtga va o’simliklar bargiga to’g’ri quyosh radiatsiyasi va sochilgan quyosh radiatsiyasi va sochilgan quyosh radiatsiyasi doim bir vaqtda tushadi. Odatda gorizontal sirtga bir vaqtda tushuvchi to’g’ri quyosh radiatsiyasi va sochilgan quyosh radiatsiyasi va sochilgan quyosh radiatsiyasini yig’indi quyosh radiatsiyasi deb yuritiladi. Yig’indi quyosh radiatsiyasining intesivligini Q bilan belgilaylik. U vaqtda Q=S/+D=S·sin h +D (3.9) Yig’indi quyosh radiatsiyasining sutka va yil davomida o’zgarishini amaliy ahamiyatga ega. Yig’indi quyosh radiatsiyasining tarkibi ham quyoshning gorizontdan balandligiga, atmosferaning tiniqligiga, joylashgan geografik kengligiga qarab o’zgaradi. Bulutsiz kunlar ko’p bo’lgan joylarda yig’indi radiatsiyasining asosiy qismini to’g’ri quyosh radiatsiyasini tashkil qiladi. Havo ochiq kuni quyoshning balandligi oshgan sari to’g’ri radiatsiyasining qiymati (sochilgan radiatsiyaga qaraganda) orta boshlaydi, tush vaqtida maksimal qiymatga erishadi, kunning ikkinchi yarmida esa kamaya boradi. Toshkent shahri uchun iyun’ oyidagi yig’indi quyosh radiatsiya intensivligining kun davomida o’zgarishini quyidagicha ko’rsatish mumkin (3.2-jadval). Masalan, bulut quyosh diskini butunlay qoplamagan vaqtda Yerga tushadigan yig’indi radiatsiyaning qiymati havo ochiq bo’lgandagiga qaraganda oshiq bo’ladi. Quyosh diski bulut bilan to’liq qoplanganida (to’la bulutlanishda) esa yig’indi radiatsiya faqat sochilgan radiatsiyadan iborat bo’ladi. Shuning uchun yig’indi radiatsiyaning qiymati havo ochiq holdagidan ozayib ketadi. Yyerdagi qor yig’indi radiatsiya tarkibi-dagi sochilgan radiatsiya ulushini oshiradi. Endi yig’indi va sochilgan radiatsiyani aniqlash usullari bilan tanishaylik. Yig’indi va sochilgan radiatsiyani o’lchash uchun ishlatiladigan asbob piranometr deb yuritiladi. 3.2-jadval
3.2-rasm.: Yanishevskiy termoelektrik piranometrining ko’rinishi Mamlakatimizda sochilgan va yig’indi radiatsiyani o’lchashda asosan Yu.D.Yanishevskiy piranometri ishlatiladi (3.2.-rasm). Piranometrning asosiy qismi termobatareya-dan iborat bo’lib, termobatareya bir-biriga ketma-ket kavsharlangan manganin va konstanan poloskalardan iborat. Barcha poloskalar gorizontal tekislikda joylash-tirilib, yorug’lik nurlarini qabul qiladigan plastinka vazifasini bajaradi. Termo-batareyani barcha toq sonli (isitilmaydigan) kavsharlari sirti bilan oq rangga bo’yalgan. Termobatareyaning juft nomerli kavsharlari esa qoraga bo’yalgan. Shunday qilib, piranometrning nur tushadigan temo-batareyasining qora va oq rangga bo’yalgan katakchalari ketma-ket almashadigan qilib o’rnatilgan. Quyosh nurlarini qabul qiluvchi plastinka metall prizmalarga o’rnatilib, ustini yarim shar shaklidagi maxsus shisha-dan yasalgan qalpoq bilan qoplanadi. Bu qalpoqcha termobatareyani shamol, yomg’ir va qorlardan saqlaydi. O’lchash vaqtida termobatareyani uchlariga mahkamlangan mis simlari GSA-1 tipidagi galvanometrga ulanadi. Nur tushuvchi sirtga to’g’ri va sochilgan radiatsiya bir vaqtda tushadi. Ammo oq rangga bo’yalgan katakchalar o’ziga tushuvchi quyosh radiatsiyasining 15 foizini yutsa, qora katakchalar esa quyosh radiatsiyasining 98 foizini yutadi. Natijada oq va qora termokavshar-larning temperaturalari bir-biridan farq qiladi. Bu temperaturalar ayirmasi nurni yutadigan sirtga tushuvchi radiatsiya kattaligiga proporsionaldir. Termobatareyada temperaturalar ayirmasiga propor-sional ravishda termotok hosil bo’ladi (zanjir berk bo’lganda). Termotok kattaligining asbobga ulangan galvonometr strelkasining og’ishidan bilamiz. Galvonometr strelkasining ko’rsatishlarini da ifodalash uchun galvonometr strelkasini ko’rsatishini aktinometr domiysi k ga ko’paytiriladi. k ning qiymatini aktinometrik stansiyalarda tekshirilgan aktinometrdan olish zarur. Agar faqat piranometrgina bo’lsa , u holda shu piranometr va unga ulangan galvanometr uchun almashtiruvchi doimiy k ma’lum bo’lishi kerak. Bunda k ning qiymati shu piranometr va galvanometrgagina tegishli ekanligini unutmaslik kerak. Piranometr va galvonometrdan birortasi boshqasi bilan almashtirilsa, u holda k ning qiymati o’zgaradi. Endi piranometr yordamida gorizontal sirtga tushayotgan sochilgan va yig’indi radiatsiyalarni o’lchashni o’rganaylik. O’lchash ishlarini boshlashdan 30 minut oldin piranometr va tekshirilgan aktinometrni ochiq maydonchaga o’rnatiladi. So’ngra piranometr oyoqchalarini burash bilan termobatareyani aniq gorizontal holatga keltiriladi. O’lchash ishlarini boshlashdan oldin asboblarni ochiq maydonchaga o’rnatishdan maqsad ular temperatura-sini atrofdagi havo temperaturasi bilan bir xil bo’lishigiga erishishdir. O’lchash ishlar quyidagi tartibda olib boriladi: 1. Piranometrni metall g’ilof bilan yopib, galvonometr strelkasining shkaladagi nol holati N0 belgilanadi. 2. G’ilof olib quyiladi va ekran bilan piranometrni to’g’ri radiatsiyadan to’siladi. Oradan 20 sek o’tgach galvonometr ko’rsatishi N1 aniqlanadi. So’ngra har 20 sek da galvonometr ko’rsatishlari N2 va N3 aniqlanadi. 3. To’suvchi ekranni olib qo’yib , yuqoridagi tartibda o’lchab N4, N5, N6 lar aniqlanadi ( bu holda yig’indi radiatsiya o’lchanayotganini esda tuting). 4. Piranometrni ekran bilan yana to’sib qo’yiladi va N7, N8, N9 lar aniqlanadi. 5. Piranometrni g’ilofi bilan yopib qo’yib, galvonometr strelkasining keyingi nol holati N0 aniqlanadi. 6. Sochilgan radiatsiya intensivligi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: (3.10) bunda: k-aktinometr doimiysi. piranometr ulangan galvonometr ko’rsatishiga kiritiladigan tuzatma. 7. Gorizontal sirtga tushadigan yig’indi radiatsiya intensivligi quyidagicha hisoblanadi: (3.11) O’zbekistonda aktinometrik tekshirishlar olib borishda A.A.Skvorsov, I.N.Yaroslavsev, E.A.Lopuxin, B.A.Ayzenshtat, F.A.Mo’minov va boshqa olimlarning xizmatlari katta. Download 327.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling