2 mavzu. Riniyatoifa (Rhyniophyta) oʻsimliklar boʻlimi. Reja
Riniyanomalar (Rhyniales) qabilasi
Download 255.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2 mavzu
Riniyanomalar (Rhyniales) qabilasi.
Bu qabilaga kiruvchi oʻsimliklarning tanasi dixotomik shoxlangan. Poyasi tuksiz, protoksilemasi kauloidning markazida joylashgan. Sporangiyalari uzunchoq yoki sharsiomon boʻlib, uzunasiga ochilgan. Keyingi klassifikatsiyalar boʻyicha koʻpchilik olimlar, jumladan Amerikalik olim, botanik Birxost (1971) riniyadoshlar, xorneofitdoshlar, xednadoshlar va boshqalarni bitta riniyadoshlar (Rhyniaceae) oilasiga birlashtiradi. Qabilaning qadimgi vakillaridan bittasi kuksoniya turkumidir. Ular bundan 415 mln yil ilgari oʻsgan. Kuksoniyalarning sporangiyasi mayda, qalin poʻstli, sharsimon yoki biroz uzunchoq boʻlgan. Bu qabilaning yaxshiroq oʻrganilgan turkumi riniyalardir. Ular sernam joylarda oʻsgan. Botqoq joylarda qalin oʻsgan. Ular orasida katta riniya (Rhynia major) yirikroq boʻlib, balandligi 0,5 m gacha yetgan. Poyasining diametri 5 mm ga yaqin boʻlgan. Tanasida ildizpoyaga oʻxshash gorizontal oʻsuvchi rizoidlari boʻlgan. Undan yuqoriga qarab poyasimon qismi, pastga tomon esa rizoidlar taraqqiy etgan. Riniyanomalarning yana bir xarakterli xususiyati shuki, ularning sporangiyalari bir-biriga yaqin joylashgan, ayrimlarida ular qoʻshilib oʻsib, sinangiylarni hosil etgan. Bu tartibga maʻlum darajada dixotomik shoxlangan tuzilishda, sporangiylari choʻziq yoki shar shaklidagi, uzunasiga ochiladigan oʻsimliklar kirgan. Epidermis ostida fotosintezni amalga oshiradigan parenxima hujayralaridan tashkil topgan anchagina qalin poʻstloq boʻlgan. Riniyani substratga biriktiruvchi rizoidi, undagi tuganaksimon qismlari bilan vegetativ koʻpaygan. Rinofitlarni oʻrganish yuksak tuzilishli oʻsimliklarni evolyusiyadagi munosabatlari, ularning kelib chiqishi haqidagi bilimlarimizni oshiradi. Ular moxsimonlar, plaunsimonlar, qirqboʻgʻimsimonlar va paparotniksimonlarning kelib chiqishidagi birinchi asos boʻlgan, deyish mumkin. Download 255.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling