2 mavzu. Riniyatoifa (Rhyniophyta) oʻsimliklar boʻlimi. Reja
Download 255.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rhynia major
2 mavzu. Riniyatoifa (Rhyniophyta) oʻsimliklar boʻlimi. Reja: 1. Riniyafitlar toʻgʻrisida umumiy maʻlumot. 2. Qazilma qoldiqlarining topilish tarixi. 3. Riniyanomalar (Rhyniales) qabilasi. 4. Psilofitnamolar (Psilophytales) qabilasi. Boʻlim. Riniyafitlar – Rhyniophyta. Bu boʻlim oʻsimliklari hozirgi kunda kurramizning hech qaerida oʻsmaydi. Ular sillur, devon davrlarida oʻsgan. Bu boʻlimga mansub oʻsimliklar ildizsiz, poyasi dixatomik shoxlangan, bargsiz boʻlishi bilan xarakterlanadi. Shoxlarining uchki qismida bir xil sporalar beruvchi sporangiylar boʻladi. Gametofitlari rangsiz, yer ostida rivojlanadi, bir uyli yaʻni anteridiy va arxegoniylari bitta tanada hosil boʻladi. Spermatozoidlari koʻp xivchinli. Bu boʻlim vakillari ilk bor quruq muhitda oʻsishga moslashgan eng qadimgi yuksak oʻsimliklardir. Ular gorizontal joylashgan oʻq (ildizpoya) va undan yuqoriga qarab chiqqan shoxlardan tashkil topgan. Uchki qismida sporangiylar hosil boʻladi. Bu boʻlimga mansub oʻsimliklar bizgacha yetib kelgan emas. Qadimgi geologik davrlarda yashab, soʻng yoʻqolib ketgan. U 1 ta ajdod va 2 ta qabiladan iborat. Bu oʻsimliklar Paleozoy erasining devon davrida qisqa vaqt yashagan xolos. Ular xozirgi vaqtda faqatgina qazilma xoldagina uchraydi. Ularga mansub turlar dastlab Shotlandiyadan topilgan. Keyinchalik esa ular boshqa joylarda ham yashaganligi maʻlum boʻlgan (Avstraliya, Xitoy, Shimoliy Amerika). Bu oʻsimliklarni ingliz olimlari Kidston va Langlar (1917- 1924) batafsil oʻrganishgan. Bu boʻlimga kiruvchi oʻsimliklar orasida oʻz davrida bir muncha keng tarqalganlaridan Rhynia major hisoblanadi. U tashqi va ichki tuzilishining soddaligi bilan xarakterlanadi. Boʻyi 50 sm, yoʻgʻonligi 5 mm boʻlib, botqoqliklarda oʻsgan. Tanasining yer ostki qismi ildizpoyaga aylanib, rizoidlar hosil qilgan. Tananing markaziy qismi protostel tipida boʻlib, u ksilema va floemadan tashkil topgan. Tana sirtdan epidermis bilan qoplangan. Epidermisda ogʻizchalar joylashgan. Bularni boʻlishligi yuksak oʻsimliklar ekanligini bildiradi. Download 255.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling