2 mavzu. Riniyatoifa (Rhyniophyta) oʻsimliklar boʻlimi. Reja
psilofitlar (Rsilophyta) keyinchalik esa riniyafitlar
Download 255.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2 mavzu
psilofitlar (Rsilophyta) keyinchalik esa riniyafitlar (Rhiniophyta) deb atagan (1-
rasm). Bu guruh vakillari bizgacha yetib kelmagan boʻlsada, ularning qazilma xolda topilgan turlari tuzilishi jihatdan yuksak oʻsimliklarning evolyusiyasini oʻranishda muhim ahamiyat kasb etadi. 1859-yilda Kanadalik geolog Jeyms Doson Kanadadan devon davriga xos qoldiqlardan nomaʻlum yuksak oʻsimlikning gʻaroyib bir qoldigʻini topgan. Uning dixotomik shoxlangan tanasi boʻlib, biroq unda barglar boʻlmagan. Oʻtkazuvchi sistemasi sodda tuzilishga ega boʻlgan. Topilgan oʻsimlikning sporangiysi uning dixotomik shoxlarining uchlarida joylashgan. Yer osti organlari esa topilmagan. Doson topgan bu oʻsimligiga (Psilophyton princeps) deb nom bergan. 1912-yilning kuzida Shotlandiyadan riniya (Rhinia) turkumiga oid oʻsimlik topiladi. 1937-yilda paleobotanik U. Lang sodda (primitiv) yuksak oʻsimliklarning riniyalardan ham qadimgi vakilini yuqori silur qoldiqlaridan (Buyuk Britaniya) kuksoniya (Cooksonia) deb atalgan yangi turkumni kashf etdi. Keyinchalik kuksoniyaning qoldiqlari yuqori silur qatlamlaridan Chexoslovakiya, Markaziy Qozogʻiston, Nyu-York shtatidan, Shotlandiyadan va Gʻarbiy Sibirdan ham topilgan. Kuksoniyalar bundan 415 mln yillar oldin yashagan oʻsimliklar ekanligini poleobotanik materiallar tasdiqlaydi. Bu qoldiqlar silur davridan to devon davrining oxirigacha yashagan eng qadimgi yuksak oʻsimliklar sanalib, ular dastlab psilofitlar boʻlimiga birlashtirilgan. Hozirgi paytda koʻpchilik olimlar ularni riniofitlar (Rhiniophyta) deb atashadi. Ular elementar oʻq organi kauloid va undagi filloid va rizoidlardan iborat boʻlgan. Evolyusiya jarayonida kauloidlardan yirik barglar (qirqquloq barglari - vayyaga oʻxshashlar) kelib chiqqan. Fillioidlar kauloidda oʻrnashgan boʻrtma oʻsimtalar boʻlib, ularga plaunlarning kichik barglari - mikrofillarning kelib chiqishi bilan bogʻliq deb qaraladi. Riniyatoifalarning sporafitlari dixotomik shoxlangan asosiy oʻq va uchida sporangiy saqlovchi kauloidlardan iborat. Kauloidlarning uchida joylashgan sporangiyalarda teng sporalar (izosporalar) hosil boʻlgan. Sporangiyalari qalin poʻstli va sharsimon-uzunchoq shakllarda boʻlgan. Ularning diametri kuksoniyalarda 1 mm gacha, riniyalarda esa uzunligi 12 mm gacha yetgan. Sporangiylarda koʻplab sporalar taraqqiy etadi. Riniyatoifa oʻsimliklarning gametofiti haqida aniq maʻlumotlar yoʻk. Lekin ular tuproq orasida joylashgan boʻlsa kerak degan fikrlar bor, xolos. Dastlabki yuksak oʻsimliklar dengiz boʻylarida va katta suv xavzalari atrofidagi botqoqliklarda oʻsgan. Riniyafitlar boʻlimi bitta riniyasimonlar sinfi va 2 ta qabila: (riniyanomalar va psilofitnomalar) ni oʻz ichiga oladi. Download 255.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling