2 mavzu. Riniyatoifa (Rhyniophyta) oʻsimliklar boʻlimi. Reja


Download 255.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana09.06.2023
Hajmi255.96 Kb.
#1473697
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu

Xorneya - Hornea. Bu ham riniyaga oʻxshash oʻsimlik boʻlib, xar ikkisi 
ham bir xilda – botqoqliklarda oʻsgan va ularni qoldiqlaridan torf hosil boʻlgan. 
Xorneya tanasining biroz kichikligi, ildizpoyasi kalta va tuganakli boʻlishi bilan 
raniyadan farq qilgan. Bu ham bir xil kattalikdagi spora hosil qilgan. Tana tuzilishi 
xam raniyaga oʻxshash. 1937-yili Lang tomonidan yana bir oʻsimlik Kuksoniya - 
Sooksoniani Buyuk Britaniyadan topdi. Keyinchalik Chexoslovakiya, Markaziy 
Kozogʻiston, AQSh , Gʻarbiy Sibirdan topilgan. 
Psilofiton - Psylophyton princes. Bu oʻsimlik Devon davri yotqiziqlariga 
xos boʻlib, dastlab D. Dauson tomonidan 1859-yili oʻrgangan. Buning ham tanasi 
dixotomik shoxlangan, boʻyi 1-2 metrga yetadigan yirik oʻt oʻsimlik. Tanasida 
barglar boʻlmagan, lekin bigizsimon oʻsimtalar bilan qoplangan. Bular ham bir xil 
sporalar hosil qilish yoʻli bilan koʻpaygan. Ichki tuzilishi ham oldingilarga oʻxshab 
ketadi.
Sporangiyalari shoxlarining uchki qismida bir nechta boʻlib joylashgan. 
Riniyasimonlarga mansub oʻsimliklar topilguncha qadar yuksak oʻsimliklar ichida 
“Yoʻsinsimonlar eng qadimgi” deb hisoblangan. Keyinchalik riniyasimonlarni 
topilishi va ularni oʻrganilishi yuksak oʻsimliklarning kelib chiqishiga, ularning 
filogeniyasini toʻgʻri hal qilishga yordam beradi.
Zoosteriofittoifa boʻlimi - Zoosterophyta. 
Bu boʻlim oʻsimliklarini riniyatoifalardan farqi shundaki, bularning 
sporangiyalari shoxlarning ikki yon tomonida joylashib, boshoqchaga oʻxshash 
koʻrinish hosil qilgan. Shuning uchun bu oʻsimliklarining alohida boʻlim sifatida 
qaraladi.
Vakil: zoosterofillum (Zoosterophyllum). 
Bu boʻlimga yuksak oʻsimliklarning eng sodda tuzilishga ega boʻlgan 
qadimgi vakillari kiradi. Shotlandiyalik paleobotanik D. Skott bu guruhga kiruvchi 


oʻsimliklarni alohida boʻlimga ajratishni taklif etgan va ularni dastavval 

Download 255.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling