2-mavzu. Sanoat korxonalari rivojlanishining strategiyasini shakllantirish
Download 120.54 Kb.
|
2- Mavzu
Biznesni aniqlash va tasvirlash.Kompaniya qanaqa talablarni qondirmokchi, u qanaqa iste`molchilar guruhiga yo`naltirilgan, u o`z maqsadli bozoriga qanaqa texnologiyalar, funksiyalar yordamida xizmat ko`rsatmoqchi?, - degan savollarga javob biznes tabiatini aniqlaydi. Biznes sohasini to`g`ri tasvirlash uchun quyidagi uchta omilni nazarda tutish lozim: 1) Iste`molchilar talabi nimadan iborat va qanday talab qondirilayapti? 2) Qanaqa iste`molchilar guruhi yoki kimlar qondirilayapti? 3) Foydalaniladigan texnologiyalar va bajariladigan funksiyalar samaradorligi qanday yoki iste`molchilarning talabi qanday yo`llar bilan qondirilayapti? Kompaniyalar ixtisoslashtirilgan, ya`ni ishlab chiqarishning bitta zanjirida to`plangan bo`lishi yoki to`liq integrasiyalashgan ya`ni ishlab chiqarishni va taqsimotni to`liq qamrab olgan bo`lishi mumkin. (Gudiyar va Jeneral Motors kompaniyalarini taqqoslash mumkin) Mc Donald`s kompaniyasining missiyasi «CHeklangan menyu asosida issiq va mazali taomlarni tez xizmat ko`rsatib, do`stona va toza restoran muhitida arzon narxlarda xurandalarga taklif etish» Macdonald s kompaniyasi 25 mln. xurandalarga 13 ming restoran orqali 65 mamlakatda xizmat ko`rsatadi. Biznes keng yoki tor ma`noda ifodalanishi mumkin. Biznes boshqaruv qimmatiga ega bo`lishi uchun faoliyatning tor yo`nalishini aniq ifodalashi lozim. Keng ifodalash Tor ifodalash # Ichimliklar # Alьkogolsiz ichimliklar # Oyoq-kiyim # Sport oyoq kiyimi # Mebelь # Bog` uchun metall mebelь # Butun jahon pochta xizmati # Pochtani bir kechada etkazish # Sayohat va turizm #Karib dengizi mamlakatlari bo`yiga sayohat Diversifikasiya kompaniyalariga biznesni keng ifodalash maqsadga muvofiq. Masalan «Alcan» Kanadaning alyuminiy ishlab chiqaradigan kompaniyasi o`z strategik tasavvurini va missiyani keng ifodalaydi. «Alkan kompaniyasi dunyoda alyuminiy ishlab chiqarish sohasida diversifikasiyalashgan etakchi kompaniya bo`lishga harakat qiladi. Bunga erishish uchun Alkan iste`molchiga yo`naltirilgan. Alyuminiy ishlab chiqarish sohasida minimum xarajatlar bilan yuqori sifatga erishishga, buning uchun ulkan resurslarni biznes sohalariga yo`naltirib, katta hajmda o`sishga va foyda olishga harakat qiladi». Divesifikasiyalashgan kompaniyalarning biznes tasviri birlik biznes bilan shug`ullanadigan kompaniyalarning biznes tasviriga nisbatan kengroq ifodalanadi. YAxshi, puxta o`ylangan va ifodalangan missiya boshqaruv qimmatiga ega: 1) Missiyada kompaniyaning kelajak rivojlanish yo`nalishi belgilanadi. 2) Missiya «ko`r-ko`rona» boshqaruv tavakkalchiligini, nazoratsiz qaror qabul qilishni oldini oladi. 3) Missiya tashkilot maqsadlarini ifodalash orqali ijrochilar motivlarini oshiradi. 4) Missiya quyi pog`ona rahbarlariga yo`l ko`rsatadi va ularga funksional xizmatlar, maqsad va strategiyani yaratishga yordam beradi. 5) Missiya tashkilotni kelajak istiqbolini nazarda tutgan holda tayyorgarlik ko`rishga yordam beradi. Download 120.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling