2-mavzu. Sanoat korxonalari rivojlanishining strategiyasini shakllantirish
Sanoat korxonalarining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish
Download 120.54 Kb.
|
2- Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy strateg yondashuvi.
- Boshqalarga vakolatni berish yondashuvi.
- Hamkorlikka asoslangan yondashuv.
- Musobaqaviy yondashuv.
Sanoat korxonalarining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish
Strategiyani yaratish muammosini kompaniya rahbarlari turlicha hal etadilar. O`rtacha o`lchamdagi kompaniya strategiyasini yaratish norasmiy ravishda amalga oshiriladi. Strategiya tadbirkorning tasavvurida mavjud bo`lishi va farmoyishlar asosan og`zaki berilishi ham mumkin. Lekin katta kompaniyalarda strategiya kengashlarda muhokama etiladi. Strategiyani yaratish strategik rejalashtirish (oldindan belgilangan qoida, jadval, grafiklar) asosida, turli pog`onalardagi rahbarlarni jalb etish asosida amalga oshiriladi. Odatda rahbarlar strategiyani yaratishda quyidagi to`rt yo`nalishning biridan foydalanadilar. Asosiy strateg yondashuvi. Ushbu yondashuvda bosh strateg funksiyasini bajaruvchi rahbar vaziyatni baholashga va strategiyani yaratishga kuchli ta`sir o`tkazadi. Bu strategiyani rahbarning o`zi bajaradi degani emas, lekin u strategiyaning «Bosh arxitektori» sifatida uning asosiy prinsiplarini yaratadi. Boshqalarga vakolatni berish yondashuvi. Ushbu yondashuvlar rahbar strategiyani shakllantirishni boshqalarga: ishonchli insonlardan iborat maqsadli guruhga, strategik rejalashtirish bo`limiga yoki boshqa lavozimli shaxslarga yuklashi mumkin. Rahbar strategiyani yaratish jarayonidan chetroqda bo`lib, hisobotlar va muloqotlar orqali axborot olib, ko`rsatmalar berishi mumkin. Strategik reja muhokama etilgandan so`ng rahbar uni rasmiy tasdiqlaydi. Ushbu yondashuvning kamchiligi shundan iboratki, rahbar strategiyani shakllantirishda bevosita qatnashmaganligi uchun strategik sardorlik sifatlarini yo`qota boshlaydi, natijada ijrochilar strategik rejalashtirish jarayonini unchalik muhim emas degan fikrga keladilar. Natijada kompaniya samarali maqsadlarni belgilash qobiliyatini yo`qotadi. Hamkorlikka asoslangan yondashuv. Ushbu yondashuv yuqorida keltirilgan yondashuvlar orasidagi o`rtacha o`rinni egallaydi, rahbar o`z qo`li ostidagi rahbarlarni shunday strategiyani yaratishga jalb etadiki, ushbu strategiyani amalga oshirishga kompaniyaning hamma a`zolari qatnashadilar va qo`llab – quvvatlaydilar. Ushbu yondashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, kim strategiyani yaratish javobgarligini o`z zimmasiga olsa, amalga oshirish javobgarligi ham uning zimmasida bo`ladi. Musobaqaviy yondashuv. Rahbarning ushbu yondashuvni amalga oshirishdan maqsadi, strategiyani yaratish jarayonidagi bahs-muzokaralarda, ko`p vaqt va mehnatni talab qiladigan kengashlarda shaxsan qatnashishni va ijrochilarni strategiyani yaratishga rag`batlantirishni xohlamasligidir. Rahbarlar strategiyani baholovchi hakamlar sifatida harakat qiladilar. Strategiyaga nisbatan bunday yondashuv katta kompaniyalar rahbarlari tomonidan qo`llaniladi. CHunki ijrochi direktorning hamma biznes sohalari strategiyasi bilan shug`ullanishga imkoni bo`lmaydi. SHuning uchun rahbar strategiyani shakllantirishni musobaqa shaklida tashkil etadi. Lekin rahbar yangi strategiyalarni yaratilishini rag`batlantirishi lozim. G`alaba qilgan strategiyalar birlashtirib, umumiy strategiya yaratiladi. SHunday qilib, strategiyani yaratishni to`rtta usuli ham uzining yaxshi va yomon tomonlariga ega. Ularni har birining muvaffaqiyatni yoki muvaffaqiyatsizlikni olib kelishi rahbarga bog`liq. Strategiyani yaratish va amalga oshirish jarayoni o`zaro bog`lik beshta vazifani echishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi: 1. Kompaniya qanday biznesda faoliyat ko`rsatadi, strategik tasavvurni shakllantirish ya`ni: missiyani va maqsadlarni aniqlash. 2. Strategik tasavvurni va missiyani qayta shakllantirish. 3. Qo`yilgan maqsadlarga erishish strategiyasini yaratish. 4. Tanlangan strategiyani sifatli va samarali tadbiq etish. 5. Faoliyat natijalarini baholash, yangi an`analarni aniqlash va uzoq muddatli rivojlanishga nisbatan moslashtiruvchi harakatlarni belgilash. Kompaniyani strategik ko`rinishini (tasavvurini) va missiyasini yaratish Rahbarlar kompaniya rivojida quyidagi savollarga javob berishlari lozim. «Kompaniya to`g`risida tasavvurimiz qanday, nima qilmoqchimiz va nimaga erishmoqchimiz?». Ushbu savolga javob topish rahbarlarni biznes xarakterini aniqlashga va 5-10 yillik kompaniya rivojlanishini aniqlashga majbur etadi. «Biz kimmiz, biz nima qilayapmiz va rivojlanish yo`nalishimiz qanday?» degan savolga javob korxona yo`nalishini, xarakterini va obrazini aniqlaydi. «Kompaniya nima qilmokchi va kelajakda kim bo`lmokchi» degan savolga javob kompaniya missiyasini yaratadi. Bunda rahbarlar qanday natijalarga erishmoqchi ekanligini va o`z mijozlari uchun qanday faoliyatni amalga oshirmoqchi ekanliklarini aniq bilishlari lozim. Kompaniyaning ko`rinishi qanday bo`lishi va qanday raqobat mavqeiga ega bo`lishi lozimligini aniqlash bu kompaniyaning strategik tasviri yoki ko`rinishi demakdir. Ushbu hol kompaniyaning boshqaruv tasviridir. Kompaniyaning strategik ko`rinishini va uning missiyasini e`lon qilish bilan birga rahbarlar «Maqsadlar his-tuyg`usini» ijrochilarda shakllantirishlari lozim. Maqsadlar – bu ish sifatini va uyushtirish jarayonini namoyish eta-digan harakat yo`nalishidir. Maqsadlarning qo`yilishi rahbarlarning tashkilot missiyasi va rivojlanish yo`nalishini aniq faoliyat natijalarini belgilash bo`lib, ularning bajarilishi tashkilot rivojini ko`rsatadi. Maqsadlarning qo`yilishi shunday vazifalarni bajarishi lozimki, tashkilot ishchilarining malakasini, intilishlarini va mehnat xarajatlarini talab qilsin. Tashkilotning hozirgi va kelajakda egallashi mumkin bo`lgan mavqei o`rtasidagi farq, uni tashabuskor bo`lishga, moliyaviy va bozor imkoniyatlarini yaxshilash uchun intilishga majbur qiladi. SHu sababli maqsadlar yuqori va etishish mumkin bo`lish darajasida bo`lmog`i lozim. Bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar uzoq va qisqa muddatli bo`lsa, bu ideal holat hisoblanadi. Kompaniya moliyaviy va strategik maqsadlarni alohida belgilashi lozim. Moliyaviy maqsadlarning mavjud emasligi, moliyaviy resurslarni yuqori tavakkalchilik bilan sarflanishiga sabab bo`ladi. Natijada tashkilotning o`sishi va raqobatbardoshligi pasayadi. Kompaniya strategik maqsadlari shuning uchun muhimki, ular kompaniya raqobat mavqeini mustahkamlaydi va biznesning rivojlanish yo`nalishini ko`rsatadi. Strategiyani yaratish asosiy boshqaruv muammosini ko`taradi ya`ni, kompaniyaning hozirgi va kelajak imkoniyatlarini hisobga olib, kerakli natijalarga qanday erishish mumkinligini ko`rsatadi. Tashkilot strategiyasi uning maqsadlarini amalga oshirish yo`lida rahbarlar qo`llaydigan tadbir–choralardan, tadbirkorlik yondashuvlaridan tashkil topadi. Strategiyani shakllantirish – bu tadbirkorlik va strategik fikrlash mashqlaridan iborat. Bunda kompaniya rahbariyatining vazifasi shundan iboratki, strategiya xaridorlik fe`lining o`zgarishiga, raqobatchilarning oxirgi harakatlariga, bozor imkoniyatlariga va xavf – xatariga hamda yangi paydo bo`ladigan tadbirkorlik imkoniyatlariga aniq mos kelishini nazarda tutishi lozim. Kompaniya strategiyasi sezgir hisoblanadi qachonki, rahbarlar bozor an`analarini aniqlashda tadbirkorlikni namoyish etsalar, o`z iste`molchilarining ehtiyojlarini diqqat bilan o`rgansalar, kompaniya raqobatbardoshligini oshirib, uning faoliyatini o`z vaqtida o`zgartirsalar. SHu sababli strategiyani to`g`ri shakllantirish va tadbirkorlik bir – biriga chambarchas bog`liq. Biri ikkinchisiz yashay olmaydi. Maqsadlar bu «natijalar» bo`lsa, strategiya bu maqsadga erishish «vositasidir». Odatda, kompaniya strategiyasi: 1) Puxta o`ylangan va maqsadga muvofiq hatti-harakatlardan; 2) Vaziyatlarni kutilmagan rivojlanishi va raqobatchilar bosimi kuchayganda ularga qarshi chora-tadbirlardan tashkil topadi. YAngi vaziyatlarga katta texnologik yutuqlar, raqobatchilarning bozorga yangi tovarlarni muvaffaqiyatli kiritishi, yangi qonunlarning paydo bo`lishi, davlat siyosatining o`zgarishi va iste`molchilarni tovarning yangi xususiyatlarga qiziqishining ortib borishi va boshqa shu kabilar kiradi. Demak, strategiyani rejalashtirilgan harakatlar va muhit o`zgarishlariga javob reaksiyasi majmui deb qarash maqsadga muvofiqdir. Kompaniyaning amaldagi strategiyasi bu rejalashtirilgan va muhit o`zgarishiga qarshi hatti-harakatlar majmuidan iborat. Strategiya bir vaqtning o`zida ham aktiv (rejalashtirilgan), ham reaktiv (moslashadigan) qismlardan iborat. Strategiyani shakllantirish bu-bozor iqtisodiyoti tartibga soladigan tadbirkorlik faoliyatini muhim bir tomoni. Strategiyani yaratish bozor imkoniyatlarini tavakkalchilik va jasurlik, ijodiy his-tuyg`u va bilimdonlik asosida belgilashni nazarda tutadi. Kompaniyaga ikki narsa xavf soladi. Birinchisi - eskirgan strategiyani tanlash. Ikkinchisi-strategik o`zgarishlarni o`z vaqtida amalga oshirmaslik, o`zgarishlarni orqaga surish, kompaniya ichki o`zgarishlari bilangina shug`ullanish. Strategiya to`g`ri shakllantirilganda u kompaniyaning tashqi muhitiga yo`naltirilgan bo`ladi. Rahbarning tadbirkorlik sifatlari bu – yangi strategik imkoniyatlardan foydalanish, ya`ni raqobatchilarni yangiliklar sohasida orqada qoldirish va korxona faoliyatini takomillashtirish harakatlaridir. Kompaniya strategiyasi elementlari quyidagilardan iborat: biznesni qanday kengaytirish mumkin, iste`molchilarning ehtiyojlarini qanday yo`llar bilan qondirish mumkin, raqobatchilarni qanday engish mumkin, bozor o`zgarishlariga qanday javob berish mumkin, biznesni funksional bo`limlarini qanday boshqarish lozim, strategik va moliyaviy maqsadlarga qanday erishish mumkin? va boshqalar. Strategiya asoslarini tashkil etuvchi ushbu muammolar har xil kompaniyalar uchun turlicha hal etiladi. CHunki ular turli vaziyatlar bilan bog`lik. Kompaniya strategik erkin bo`lganligi tufayli turdosh yoki noturdosh tarmoqlarga kirib borishi, qo`shma korxonalar tuzishi, alьyanslar yangi tashkilotlar yaratishi mumkin. Atrofdagilar uchun kompaniya strategiyasining bir qismi ko`rinib turadi, boshqa qismi esa begonalar uchun yashirindir. Download 120.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling