2-mavzu. Sanoat korxonalari rivojlanishining strategiyasini shakllantirish
Strategiyaning etika bilan bog`liqligi
Download 120.54 Kb.
|
2- Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strategiyani samaradorlik tekshiruvi. Strategiya quyidagi uchta test orqali tekshiriladi. Muvofiqlik testi.
- Mehnat unumdorligi testi.
Strategiyaning etika bilan bog`liqligi.
Kompaniya strategiyasi jamiyatning etik me`yorlariga mos bo`lishi lozim. Strategiya odilona harakatlarga asoslanishi, nohaklikni yo`kotishga qaratilishi shart aks holda strategiya axloqiy me`yorlarga mos kelmay qoladi. Axloqiy me`yorlar bu faqat qonunlarga amal qilishdan iborat emas. Axloqiy-etik me`yorlar qonunlarga nisbatan kengroq va muhimroqdir. Etika bu insonning axloqiy burchi va jamiyat hayotida amal qilishi lozim bo`lgan hayotiy urf-odatlar va qoidalar majmuasidir. Har qanday biznes quyidagi besh toifa insoniy guruhlar oldida javobgar: 1). Xususiy aksiyadorlar; 2). Ishchilar; 3). Iste`molchilar; 4). Ta`minotchilar; 5). Jamiyat. Ushbu insoniy guruhlar va kompaniya o`zaro bir-biri bilan munosabatda bo`ladi hamda bir-birining faoliyatiga ta`sir o`tkazadi. YUqorida keltirilgan guruhlarning ma`naviy yoki moddiy manfaatlari qoniqtirilmasa, ular vaziyatni o`zlari qo`lga oladilar. Aksionerlar direktorlar kengashi orqali o`z huquqlarini himoya qiladilar. Ishchilar kasaba uyushmalari, sud huquq tartibot organlari orqali o`z huquqlarini himoya qilishga harakat qiladilar. Iste`molchilar raqobatchilar tovarlarini sotib olishga o`tishlari, ta`minotchilar ham boshqa xaridorlarni topishlari yoki boshqa bozor imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Mahalliy xalq ham har xil siyosiy va davlat organlari orqali yoki namoyishlar tashkil etish bilan kompaniya strategiyasiga o`z ta`sirlarini o`tkazadi. Strategiyani samaradorlik tekshiruvi. Strategiya quyidagi uchta test orqali tekshiriladi. Muvofiqlik testi. Puxta o`ylangan strategiya kompaniyaning ichki va tashqi imkoniyatlariga aniq mos keladi. Raqobatbardoshlik testi. YAxshi strategiya kompaniyaning raqobatbardoshligini ta`minlaydi. Raqobatbardoshlik qanchalik yuqori bo`lsa, kompaniyaning quvvati va samaradorligi shunchalik yuqori bo`ladi. Mehnat unumdorligi testi. YAxshi strategiya kompaniyaning mehnat unumdorligini ta`minlaydi. Mehnat unumdorligining oshishi bu kompaniyaning foydaliligining o`sishi, biznesning uzoq muddatli ishonchliligini, uning raqobat mavqeini o`sishini bildiradi. YUqori uchta testdan qoniqarli o`tadigan strategiya kompaniyaning jozibador strategiyasi sifatida qabul qilinishi va ma`lum muddatdan keyin ushbu testlar orqali baholanishi mumkin. Strategiyani baholashning boshqa mezonlari ham mavjud. Bular: aniqlik, strategiyani yaratuvchilarning ichki qarama-qarshiligining mavjud emasligi, strategiyaning shaxsiy qadriyatlarga va rahbarlar rejalariga mos kelishi, tavakkalchilik va qayishqoqlikdir. 1 Fatxutdinov R. A. Strategicheskiy menedjment: Uchebnik .-6-izd., ispr. I dop. M.: delo, 2004, s.7 2 Tompson ml., Artur, A, Striklend SH, A.,DJ Strategicheskiy menedjment: konsepsii i situasii dlya analiza, 12 izdanie:Per.s angl.-M.:Izdatelьskiy dom «Vilьyams»,2002, s. 32 Download 120.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling