2-mavzu. Sanoat korxonalari rivojlanishining strategiyasini shakllantirish


Download 120.54 Kb.
bet8/11
Sana28.02.2023
Hajmi120.54 Kb.
#1236123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2- Mavzu

Operativ strategiyalar - tayanch ishlab chiqarishni (korxonalar, savdo nuqtalari, taqsimot markazlarini) boshqarishda va strategik ahamiyatga ega kundalik operativ muammolarni hal etishda (reklama, materiallarni sotib olish, zahiralarni boshqarish, texnik xizmatlar, ta`minot) tor strategik tashabuss sifatida foydalaniladi. Operativ strategiya kichik masshtabga ega bo`lsa ham funksional biznesni va umumiy biznes rejasini muhim tushunchalar bilan to`ldiradi. Operativ strategiyalarni quyi pog`ona rahbarlari yaratadilar. Masalan: Santexnik buyumlari distribьyuteri buyurtmalarni aniq va tez bajarishni xohlaydi. Ushbu strategiyani bajarish uchun omborxona mudiri:

  1. Buyurtmalarni to`liq bajarish uchun zahiralarni boshqarish strategiyasini yaratadi. 2) Xodimlar bilan kelishib 24 soat davomida buyurtmalarni bajarishni tashkil etadi.



3. Korxona strategiyasi va samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar
Bir qancha vaziyatlar kompaniya strategiyasini shakllantirish jarayoniga kiradi. Quyidagi kompaniya strategiyasiga ta`sir etuvchi asosiy omillar keltirilgan. Omillarning o`zaro harakati va strategiyaga ta`siri o`zgarib turadi. Bir-xil sharoitda amalga oshiriladigan strategiyalar mavjud emas. Hattoki bir tarmoq ichidagi omillarga qarshi tadbir-choralarni kompaniyalar uz strategiyasi asosida amalga oshirishi lozim. SHu sababli strategiyani yaratish jarayonida ichki va tashqi omillarni chuqur tahlil etishga to`g`ri keladi.
Tashqi omillar

Ijtimoiy siyosiy, yuridik va insoniy omillar



Tarmoq jozibador-ligi va undagi o`zgarishlar, raqobat shart-sharoitlari

Kompaniya imkoniyat-lari va xavf-xatari



Kompaniyaning strategik vaziyati

Kompaniya-ning kuchli va kuchsiz tomonlari va uning raqobat imkoniyat-lari

Bosh rahbarning tadbirkor-lik sifatlari va axloqiy prinsip-lari

Kompaniya-ning umumiy qadriyat-lari va madaniyati

Ichki va tashki omillar-ning o`zaro bog`liqligi va ularning strategiyaga nisbati

Alьterna-tiv strategiya-larni aniqlash va ularni baholash

Vaziyatga mos umumiy strategiya-ni yaratish



2-rasm. Kompaniya strategiyasini tanlashga ta`sir etuvchi omillar




Ichki omillar



Download 120.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling