2-mavzu: sathdagi hodisalar. Sirt taranglik tushunchasi r e j a


 Ho‘llanish jarayonining issiqlik effekti


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana02.03.2023
Hajmi1 Mb.
#1243389
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2-Мavzu. Sathdagi hodisalar. Sirt taranglik tushunchasi

 
2.5. Ho‘llanish jarayonining issiqlik effekti
Ho‘llanish sirt energiyaning kamayishi bilan sodir bo‘ladigan, o‘z-
o‘zicha boruvchi jarayon hisoblanadi. Biror-bir adsorbent suyuqlikka 
tushirilganda ho‘llanish issiqligi ajralib chiqadi. Uning qiymati: 
)
(
2
1
.
E
E
S
Q
sol



bilan ifodalanadi. Bu erda S
sol. 
adsorbentning solishtirma sirti, E
1
– 
adsorbentning adsorbent-havo chegarasidagi to‘liq sirt energiyasi. E
1
– 
adsorbentning adsorbent-suyuqlik chegarasidagi to‘liq sirt energiyasi. 
Differensial va integral ho‘llanish issiqliklari bo‘ladi. Bu issiqliklarning 
qiymatlari qattiq jismni ho‘llaydigan suyuqlik miqdorlariga bog‘liq.
Differensial ho‘llanish issiqligi quyidagicha ta’riflanadi: Ma’lum (x) 
miqdor zarrachalarni adsorblab olgan suyuqlik sirtiga cheksiz kam miqdor 
suyuqlik qo’shilganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori Q
xd
differensial 
ho‘llanish issiqligi deb ataladi. Uning kattaligi J∙mol
-1
m
2 
lar bilan 
ifodalanadi. Qattiq jism sirtiga qo‘yilgan tomchi ustiga yanada tomchilar 
qo‘shilib borilsa, sistemaning differensial ho‘llanish issiqligi kamaya boradi.
Binobarin, differensial ho‘llanish issiqligining maksimal qiymati qattiq jism 
sirtidagi suyuqlik miqdori nolga teng bo‘lgan holatdagi ho‘llanishga, ya’ni 
fazalarning ajralish chegarasiga muvofiq keladi. Bu qiymat ekstrapolyatsiya 
usulida aniqlanadi. Differensial ho‘llanish issiqligi har doim musbat qiymatga 
ega bo‘ladi, chunki ho‘llanish vaqtida har doim issiqlik ajralib chiqadi. Sirt 
suyuqlikning yakka-yakka molekulalari qavati (monomolekulyar qavat) bilan
to‘lganda Q
xd
nolga teng bo‘ladi. 
Termodinamik mulohazalar natijasida differensial ho‘llanish issiqligi 
sof adsorbsiya issiqligiga teng ekanligi aniqlandi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling