2-mavzu: sathdagi hodisalar. Sirt taranglik tushunchasi r e j a
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Мavzu. Sathdagi hodisalar. Sirt taranglik tushunchasi
Integral ho‘llanish Q
i issiqligi deganda sirt birligiga x miqdor suyuqlik berilganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tushuniladi. Ayni sirt bilan qancha ko’p miqdor suyuqlik o‘zaro ta’sirlashsa, shuncha ko‘p miqdorda integral issiqlik ajralib chiqadi. Integral ho‘llanish issiqligi bilan differensial ho‘llanish issiqligi orasida quyidagicha bog‘lanish bor: x d i dx Q Q 0 Agar berilgan suyuqlik miqdori sirt bilan o‘zaro ta’sirlashadigan miqdordan ortiq bo‘lsa, u holda kuzatiladigan integral issiqlik to‘g‘ridan- to‘g‘ri ho‘llanish issiqligi deb yuritiladi. Sirtda monomolekulyar qavat hosil bo‘lganida Q i to‘liq ho‘llanish issiqligiga teng bo‘ladi. Umumiy sirti katta bo‘lgan sistemalar (kukun va g‘ovak jismlar)ning ho‘llanish issiqligi J/m 2 yoki J/g lar bilan ifodalanadi. Ko‘pchilik hollarda ularning qiymati 5-1000 J/g atrofida bo‘ladi. Ho‘llanish vaqtida issiqlik chiqarishi sababli suyuqlik hajmi kattalashishiga asoslanib tajribada ho‘llanish issiqligini aniqlash mumkin. Buning uchun Dyuar idishi olinib uning ichiga kapillyar naychaga ulangan probirka tushiriladi, bu probirkaga bir-biridan ajratilgan tekshiriladigan suyuqlik va qattiq jism joylangan bo‘ladi. Kapillyar naychaga hajmi issiqdan kattalashadigan suyuqlik (masalan, toluol) solingan va naycha darajalangan bo‘ladi. Probirka chayqatilganda ho‘llovchi suyuqlikka ho‘llanuvchi qattiq jism (odatda kukun holatda) tekkanda ho‘llanish issiqligi chiqishi tufayli kapillyar naychadagi toluolning sathi balandlashadi. Bu balandlikni o‘lchab, ho‘llanish issiqligini hisoblab chiqarish mumkin. Harorat ortishini maxsus termometr yoki termopara yordamida o‘lchaydigan maxsus kalorimetrlar yordamida ham ho‘llanish issiqligini aniqlash mumkin. Qutbli molekulalardan iborat moddalarning qutbli erituvchilardagi ho‘llanish issiqligi katta bo‘ladi, qutbsiz molekulalardan tuzilgan moddalar esa qutbsiz suyuqliklarda katta ho‘llanish issiqligini namoyon qiladi. Moddalarning ho‘llanish issiqligiga ularning solishtirma sirti nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatishini nazarda tutib P.A. Rebinder biror moddaning qutbli suyuqlik (masalan, suv) bilan o‘zaro ta’sir etish intensivligini tavsiflash uchun o‘lchov sifatida ayni moddaning ho‘llanish issiqligi Q 1 ning uglevodorodlarda ho‘llanish issiqligi Q 2 ga nisbatan α dan foydalanishni taklif etdi. 2 1 Q Q Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling