2-mavzu. Sharq xalqlari madaniyati va etnologiyasi Reja
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu ma\'ruza
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. Р. 30.
juda qiyin bo‘lishiga qaramay uning mumkinligi to‘g‘risida fikr-mushohada yuritiladi. Ana shu ta’limot asosida yoga harakati kelib chiqqan. Vedalarda qadimgi Hindiston aholisining Varnalarga (kastalarga) bo‘li-nishi haqida ham ta’limot bor. Shu ta’limot asosida qadimgi diniy e’tiqod, Braxmanizm paydo bo‘lgan. Braxmanizm qadimgi diniy e’tiqodlardan biri bo‘lib, mil. avv. IX-VIII asrlarda vujudga kelgan. Bu e’tiqodga ko‘ra, Xudo Braxma olamni va odamni yaratgan deb hisoblagan. Hind ruhoniylari brax-manlar deb atalganlar. Braxmanlarning ta’kidlashicha, xudo odamlarni o‘z tanasining turli qismlaridan yaratgan. Xususan, xudo o‘z og‘zidan brax-manlarni; qo‘llaridan kshatrilarni – jangchi, rojalarni; sonlaridan vayshoqlar – hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlarni; loyga belangan oyoqlardan esa shudralar, ya’ni xizmatkorlarni yaratgan deb ta’lim beriladi. Shulardan ke-yin esa eng past toifa – hazar qilinadiganlar yaralgan. Shunday qilib, brax-manlar ta’limotiga ko‘ra, xudo odamlarni turli toifalarga – kastalarga bo‘lib, bola qaysi kastadan tug‘ilgan bo‘lsa, u umrbo‘yi o‘sha toifada qolishi kerak bo‘lgan. Toifalarni aralashib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan 8 . Mil. avv. VI asrda Hindistonda buddizm dini paydo bo‘ladi. Bu ta’-limotning asoschisi Gautama Shakyamuni. U shimoliy Hindistonda mil. avv. 566-476 yoki 563-473-yillari yashagan. Budda so‘zi sanskritcha oliy bilim-larni egallagan, haqiqatga erishgan ma’nosini beradi. Buddizm braxma- nizmdagi odamlarni kastalarga bo‘linishini qoralab, jamiyatdagi barcha kishilar teng bo‘lishini e’tirof etadi. Buddizm ta’limoti to‘rt haqiqatda o‘z ifodasini topgan: 1. Turmush azob-uqubatlardan iborat; 2. Azob-uqubatlar sababi – kishilarning istaklari va nafslaridir: 3. Azob-uqubatdan qutilish uchun kishilar o‘zlarining istak va nafslari-ni tiyishlari kerak; 4. Azob-uqubatlardan xalos bo‘lish uchun Budda kashf etgan qoida-larga amal qilishi kerak. Buddizm ta’limoti asosida boshqa odamlarga nisbatan yaxshi insoniy munosabatda bo‘lish, boshqa tirik mavjudodga nisbatan zo‘ravonlik ish-latmaslik, ayniqsa, o‘ldirishni man etish g‘oyasi yotadi. Demak, inson axlo-qida gumanizm asosiy o‘rin tutadi. Mil. avv. III asrda podsho Ashoka tomonidan Buddizmni qabul qili-nishi bilan u davlat diniga aylandi. Buddizm dinining nodir bir tomoni bu, boshqa dinlarga nisbatan murosasizlik qilishdir. Eramizning I asrida Buddizm Markaziy Osiyo orqali Xitoyga, Xitoydan Koreya, Yaponiya, Mo‘g‘iliston va Tibetga tarqaladi. Mil. avv. III-II mingyilliklardayoq Hindistonda hisobning o‘nli tizimi tarkib topgan edi. Shuningdek, nolni bildiradigan belgi birinchi Hindistonda ishlatilgan. Bu yangilikni dunyoga ommalashtirgan siymo bu buyuk vatandoshimiz al-Xorazmiydir. Tabobat olamida hind arboblari kasallikni aniqlash va uni davolashda katta yutuqlarga erishganlar. Davolashda ishlatiladigan dori-darmonlar 1000 ga yaqin bo‘lib, silash, uqalash, vanna qilish, jarrohlik usullaridan keng foy-dalanganlar. Hind kimyogarlari bo‘yoq va turli kimyoviy moddalarni kashf etganlar. Hindiston shaxmat o‘yinining vatani hisoblanadi. Me’morchilikda ham katta yutuqlarga erishilgan. Hind ustalari g‘isht va boshqa buyumlardan ajoyib imoratlar, saroylar qurganlar. Mil. av. II – mil. VII asrlarda Bombey yaqinida tog‘ni o‘yib, 29 ta budda ibodatxona, ya’ni Ajanta majmuasi bunyod etilgan. Bu dunyo madaniyatida arxitektura, hay- kaltaroshlik va tasviriy san’atning o‘ziga xos sintezi hisoblanadi. Chunki uning qurilishida yuqorida ko‘rsatilgan san’at turlarining hammasidan foy-dalanilgan. Mil. avv. 950 va milodning 1050-yillari davomida Chandellas sulolasi davrida qurilgan Vxodjuraxo – ertaksifat sevgi bayrami ibodatxo-nasi o‘zining ajabtovur ko‘rinishi jihatidan qovunga o‘xshaydi. Hindlar o‘sha davrdayoq haykaltaroshlik 8 Қаранг: Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling