2-mavzu. Sharq xalqlari madaniyati va etnologiyasi Reja
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu ma\'ruza
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. Р. 55.
Shuningdek, badIIy madaniyat Bobil, Misr, Hindistonda dinga tobelik xususiyatiga ega bo‘lgan bo‘lsa, Xitoyda badIIy asarlar ko‘proq dunyoviy yo‘nalishga ega bo‘lgan. Masalan, Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra «Shi szin»ga («Qo‘shiqlar kitobi»ga) madhiyalar, xulq va urf-odatlar masalalari kiritil- gan. She’riyat lirikasida va tasviriy san’atda tabiat go‘zalligi har bir kishiga tushunarli tarzda hayotiy, zavq beruvchi tarzda tasvirlangan. Haykaltarosh-lar dimog‘dor amaldor, laganbardor xizmatchi va holdan toygan qullarning og‘ir mehnatini mahorat bilan aks ettirganlar. Qadimgi Xitoy tabiblari kasallik va jarohatlarni davolashda uqalash, igna sanchib davolashdan, o‘simlik va hayvonlardan hosil qilinadigan dori-lardan, xususan jenshen, kiyik shohidan olinadigan panti, choy va boshqa dori-darmonlardan keng foydalanganlar. O‘sha davrdayoq Xitoy tibbiyoti-da mingdan ortiq dorilar bo‘lgan. Qadimgi Xitoy tabiblari ichida Va Shu Xe, Ban Sio va Xua Tu lar mashhur bo‘lgan. Van Shu tibbiyotga oid «Ney-Szin» («Odam tabiati va hayoti»), Ban Sio esa «Qiyinchilik haqida kitob» kabi asarlar yozganlar. Mil. avv. XII-VI asrlarda Xitoyda dunyoni miflar orqali tasavvur qilish-dan falsafiy mushohada qilishga o‘tiladi. Falsafa o‘zining «oltin asr» deb nomlangan o‘sha davrning cho‘qqisiga chiqadi. Falsafiy qarashlar ichida ik-kitasi muhim ahamiyatga ega. Bulardan bittasi Konfutsiylik bo‘lib, uning asoschisi Kun Futszi yoki Kun-tszu edi. U mil. avv. 552-yilda zodagon oilada tug‘ilgan bo‘lib, 15 yo-shidan o‘zi mutolaa qilib, ma’lumot olgan. Uning ta’limotida qadimgi urf-odatlar va ularga to‘la rioya qilish muhim o‘rin tutadi. Hammaning ularga amal qilishi jamiyatni halokatdan qutqarib, uni gullab-yashnashiga olib ke-ladi deb uqtiriladi. Davlat to‘g‘risidagi ta’limotda «… agar podsho haqiqiy podsho o‘rnida bo‘lsa, fuqarolar – fuqaro o‘rnida, ota – ota, ona – ona o‘rni-da, bola – bola o‘rnida bo‘lsagina davlat gullab-yashnaydi» deyiladi. Agar davlat o‘z nomiga munosib bo‘lsa, unda yetarlicha oziq-ovqat, yetarlicha qo‘shinlar bo‘lishi va unga ishonch bo‘lishi zarurligi ko‘rsatiladi. Konfutsiylik ta’limoticha insonparvarlik, odob, yuksak fazilat tufayli ja-miyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli inson ka-molotga erishadi. Uning negizida quyidagi hayotiy tamoyillar yotadi: 1. «Sen o‘zing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning ham erishishiga ko‘maklash»; 2. «Sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ham ravo ko‘rma». Konfutsiy mil. avv. 479-yili 72 yoshida vafot etgan. Uning ta’limoti Xitoyda va uning tashqarisida hozirgacha ham mashhurdir. Xitoyning Syuyfu shahrida dunyoga mashhur «Konfutsiy yodgorlik majmuyi» bunyod etilgan (mil. av. 56 – yil – 1911-yillar). Ikkinchisi, Daosizm ta’limoti, Dao – xitoycha aql bilan bilib bo‘l-maydigan hayotiy butunlik, «Qonun», «Yo‘l» ma’nosini bildiradi. Uning asoschisi – Lao-Szi (mil. av. VI-V asrlar) bo‘lib, uning taxallusi «Dono qari-ya» bo‘lgan. Daosizm ta’limotining markazida tabiat, koinot, inson tura-di. Dao – ko‘rinishlarga ega bo‘lmagan tanasiz, absolut kuch. Dao hamma narsalarni, shu jumladan dunyoni yaratgan. Dao bo‘yicha dunyo doim hara-katda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. Daosizm «Dao»ga rioya qi-lish insonga «O‘z tabiatini butunlikda saqlab qolishga» imkon beradi, deb da’vat etadi 10 . Qadimgi Xitoyda adabiyot ham ancha rivoj topgan. Avvalo, xalq og‘za-ki ijodi, keyinchalik yozuvning kelib chiqishi bilan yozma adabiyot ham rivojlangan. Jumladan, xalq qo‘shiqlari asosida «Shi-tszin» to‘plami, tarixiy, falsafiy «Chun-tsyu» (Bahor va kuz) kitoblari diqqatga sazovor. Qadimgi Xitoy tarixchilari ichida mil. avv. 145-90-yillarda yashagan Si-ma Szyan mashhur bo‘lib, yuqorida qayd qilingan «Tarixiy xotiralar» asa-rini yozgan. Unda Xitoyning eng qadimgi 10 Қаранг: Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling