2-mavzu. Sharq xalqlari madaniyati va etnologiyasi Reja


William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana08.11.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1754944
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu ma\'ruza

William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. Р. 31.


sohasida o‘zining nozik did, ulug‘vorlik va insonparvarlikni tarannum etuvchi, kishini hayratga soluvchi 
asarlarni yarat-ganlar. Bularga xudo Vishna (Krishna) va Shiva timsolidagi haykallarni nis-bat berish 
mumkin. 
Hind madaniyati O‘rta Osiyo, Xitoy singari qo‘shni mamlakatlar xalqlari ma’naviy 
hayotiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan. 
Shunday qilib, qadimgi Hindiston madaniyati jahon sivilizatsiyasi-ning qadimgi 
beshiklaridan biri sifatida shuhrat topib, u jahon madani-yati rivojiga o‘z samarali ta’sirini ko‘rsata 
olgan. 
Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi davlat. Tabiati kes-kin o‘zgaruvchan va 
mo‘tadil. Markaziy Xitoy tog‘laridan boshlanib Tinch okeani havzalariga quyiladigan Xuanxe (Sariq 
daryo) va Yantszi daryolari Sharqiy Xitoy pasttekisligi orqali oqib o‘tadi. Yog‘ingarchilik vaqtlarida 
Xuanxe daryosi toshib, ko‘plab tashvishlar keltirganligi uchun unga xitoy-liklar «Tentak daryo», 
«Xitoyning sho‘ri», «Ming xil kulfat keltiruvchi dar-yo» deb nom berishgan. Shu daryolarning 
bo‘ylaridagi yerlar unumdor bo‘-lib, ilk dehqonchilik vujudga kelgan. Bu o‘lka qadimdan o‘simliklar va 
hay-vonot olamiga boy, yerosti qazilma boyliklari ham mashhur bo‘lgan. 
Xitoy sivilizatsiyasi mil.avv. 3-mingyillik oxirida shakllandi. Xitoy tarixini birinchi bo‘lib, 
tarixchi Sima Szyan 30 bobdan iborat «Tarixiy xotiralar» asarida yoritilgan sulolaviy davrlarga 
bo‘lgan. Qadimgi Xitoy-da ko‘hna Mesopotamiya va Misr singari qadimiy o‘ziga xos madaniyat 
yaratilgan. 
Xitoyliklar Shan sulolasi davrida (mil.avv. 2-minginchi yil o‘rtalarida) o‘z yozuvini yaratganlar. 
Bu yozuv bir necha o‘n ming belgi-ierogliflardan iborat. Milodning I asrigacha bu ierogliflar hozirgi 
yozuv ko‘rinishiga ega bo‘ldi
9
. Qadimgi Xitoy yozuvi asosida keyinchalik Koreya, Vetnam va Ya-pon 
yozuvlari paydo bo‘ldi. 
Chjou davrida Xitoyda metall tangalarni (dunyoda birinchi marta) muo-malaga chiqarildi. 
Dengizlarda suzish uchun kompas ixtiro qilingan (uning strelkasi Shimolni emas, Janubni ko‘rsatgan). 
Dunyoda birinchi bo‘lib, Xitoyda porox ixtiro qilingan bo‘lib, undan bayramlardagi mushakbozlikda 
foydalanilgan. Artilleriya, miltiq, arbalet-miltiqlar ham dastlab Xitoyda yaratilgan. 
Mil. avv. I asr oxiri va yangi asr arafasida xitoyliklar latta, po‘stloq va bambuk aralashmasidan 
qog‘oz tayyorlaganlar. Qog‘oz yog‘och, bambuk va shoyiga qaraganda arzon bo‘lib, u yozish va saqlash 
uchun qulay hisob-langan. Qog‘ozning ixtiro qilinishi maorif, fan, madaniyatning rivojlanishi va davlat 
ishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Buyuk Xitoy devori qurilishi mil. avv. IV asrda boshlanib, bir necha asrlar davomida shimoldagi 
Xunn qabilalarining hujumlaridan saqlanish va savdo-sotiq ishlarini ko‘zlab qurilgan. Devor Leodun 
qo‘ltig‘i qirg‘og‘idagi Shayxayguan shahridan boshlanib, g‘arbda Dunxuan qal’asigacha davom etgan. 
Devorning umumiy uzunligi 5.000-6.000 km, uning balandligi joyi-ga qarab 6-10 metr, qalinligi 5,5-7 
metr bo‘lib, soqchilar uchun har 100-200 metrda mustahkam baland burj va minoralar qurilgan. 
Xitoy ajoyibotlaridan yana biri, bu ipakning kashf etilishi va Buyuk ipak yo‘liga asos solinishidir. 
Imperator rafiqasi Si-Lingchi tomonidan mil. avv. 2600-yili ipakning kashf etilishi va mil. avv. 128-
yili Xitoy sayyohi-dip-lomati Chjan-Szyan tomonidan Buyuk ipak yo‘liga asos solinishi katta 
tarixiy o‘zgarish bo‘lgan. 
Buyuk ipak yo‘li birgina savdo-sotiq bilan cheklanibgina qolmay u ayni paytda 
diplomatiya, diniy va ma’naviy qadriyatlarni tarqalish yo‘li ham edi. U Sharq va G‘arb 
sivilizatsiyasini bog‘lovchi yo‘l bo‘lib, unda Mar-kaziy Osiyo xalqlari vositachilik rolini o‘ynaganlar. 
9
Қаранг: 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling