2-Mavzu: Shaxs va shaxs psixik taraqqiyoti Mavzu rejasi


Shaxs shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari


Download 482.85 Kb.
bet4/37
Sana06.01.2023
Hajmi482.85 Kb.
#1080691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
2-Mavzu Shaxs va shaxs psixik taraqqiyoti Mavzu rejasi

Shaxs shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari irsiyat va muhitdir deb o‘ylash xato bo‘lar edi. Lekin bundan shaxsga xarakteristika berishda irsiyat va muhitni e’tiborga olmaslik kerak, degan ma’no mutlaqo chiqmasligi kerak.
Ko‘pchilik odamlar o‘rtasida (xususan ota-onalar o‘rtasida) odam shaxsiga xos ma’lum bir xususiyatlarning paydo bo‘lishida irsiyat ustunlik qiluvchi rol o‘ynaydi, degan tasavvur keng tarqalganligini pedagog e’tiborga olishi lozim bo‘ladi. Bunday taxminlarning qandaydir asoslanganligini dalilsiz inkor qilish bilangina cheklanmay, mazkur murakkab masalani ilmiy aasosda tushuntirib berish ham zarurdir.
Hozirgi kunda, garchi batamom isbotlanmagan bo‘lsa ham, miyaning tuzilishi va funksiyasiga doir ayrim xususiyatlarning nasliy yo‘l bilan ato qilinishini to‘g‘ri deb bilishga asos bordir. Bunday nasliy yo‘l bilan ato qilinadigan xususiyatlarga gipotetik tarzda oliy nerv faoliyatining tug‘ma tiplarini hosil qiluvchi xislatlar kiritilishi mumkin (nerv jarayonlarining kuchi, muvozanati va harakatchanligi). Biroq bunday inson shaxsi strukturasining tarkib topishida vaning sifat hamda xususiyatlarining taraqqiyotida bunday tug‘ma (ehtimol nasliy) xususiyatlarning ishtirok haqida chuqur xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Tabiiy xislatlar shaxs strukturasidagi ijtimoimy sabablarga bog‘liq bo‘lgan xususiyatlardir.
Shaxsning taraqqiyoti ijtimoiy jarayon ekanligini e’tiborga olinadigan bo‘linsa, shaxsning tarkib topishida yetakchilik roli maqsadga muvofiq ta’sirotlarga, ya’ni tarbiyaga bog‘liq ekanini ko‘ramiz. Tarbiya shaxs taraqqiyotini jamiyatning oldiga qo‘ygan maqsadlariga muvofiq ravishda yo‘llaydi va tashkil qiladi. Bunday tarbiya bolaning hayoti va faoliyatini faqat ma’lum tarzda tashkil qilish hamda tartiblashtirish bilangina cheklanib qolmay, balki hozirgi mavjud pedagogik prinsiplarga muvofiq ravishda, konkret shaxsning imkoniyatlarini yaxshilab ro‘yobga siqaradigan, maxsus individual muhit yoki taraqqyoit vaziyatini tashkil etadi, shaxsning aktivligini tarkib toptira va yo‘llay borib, uning namoyon bo‘lishi uchun sharoit yaratadi.
Faollik (lotincha “actus” - harakat, “activus” - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti - harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Faollik negizida paydo bo‘luvchi o‘zgacha sifatni, o‘ziga hoslikni egallagan hatti – harakatni yuksak ko‘rinishi, faqat insongagina taalluqligi orqali u psixologiya fanida faoliyat deb nomlana boshlandi. Faoliyat faollikning shaxsga xos turi sifatida vujudga kelib, o‘ o‘zining psixologik alomatlari bilan xatti – harakatdan tafovutlanadi.
Brinichidan, faoliyatning mazmuni to‘la – to‘kis uni yuzaga keltirgan tabiy, biologik va ma’naviy ehtiyoj bilan sharptlanmaganligi tufayli uning psixologik mehanizmi ham o‘zgacha negizga qurilishi mumkin. Mabodo ehtiyoj motiv (lotincha mjtiv turtki, harakatga keltiruvchi degan ma’noni anglatadi) sifatida faoliyatga ichki turtki berib, uni jadallashtirishga, faollashtirishga erishsa, u vaziyatda faoliyatning mazmuni, shakllari ijtimoiy: shart-sharoit, talablar, zaruriyat, tajriba kabilar bilan belgilanadi. Shuni alohiida ta’kidlash joizki, insonni mehnat qilishga undagi motiv moddiy ovqatga nisbatan ehtiyoj vujudga kelishi tufayli tug‘ilishi hodisasi muayyan darajada uchrab turadi. Aksariyat hollarda ishchi dastgohni ochlikning oldini olish uchun emas, balki jamiyat tomonidan ma’sul ijtimoiy vazifa sifatida belgilanganligi sababli boshqarishga qaror qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ishchining mehnat faoliyati mazmuni moddiy ehtiyoj bilan emas, balki maqsad bilan belgilanadi, bu o‘z navbatida maqsadning ijtimoiy negizida yotuvchi tayyorlash ma’sulligi bilan uyg‘unlashib ketadi. Modomiki shunday ekan, odam nima uchun bunday yo‘sinda xatti – harakat amalga oshirgani, uning nimani ko‘zlab ish qilayotgani mos kelmaydi, chunki uni faolikka undovchi turtki, xohish – istak bilan faoliyatni yo‘naltiruvchi aniq maqsad o‘zaro mutanosib emas. Binobarin, faoliyat faollik manbai hisoblanmish ehtiyoj sifatiga yuzaga kelgan tarzda faollikning yo‘naltiruvchisi tariqasidagi anglanilgan maqsad bilan idora qilinadi.
Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixika narsa va hodisalarning xususiy ob’ektiv xossalarini aks ettirishi, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlab berishi joiz.
Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ro‘yobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni yordamga muhtojligi yo‘q faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalashi lozim. Shuning uchun faoliyat bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo‘r berishsiz amalga oshishi amri mahol, chunki u har ikkala omil bilan uzviy aloqaga kirishishganidagina yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi, xolos.
Inson faoliyati malum aniq motivlar asosida yuzaga keladi. Faoliyatni yuzaga keltiruvchi motivlar odamning turli-tuman ehtiyojlari, qiziqishlari va maqsadlaridir. Lekin ehtiyojlar hamma vaqt ham faoliyatning motivi bulla olmaydi. Inson faoliyati ko’pchilik hollarda anglangan maqsad, ijtimoiy burch, ijtimoiy talablar taqozosi bilan yuzaga keladi. Odam ko’pchilik hollarda jamiyat talablarini o’z oldidagi ijtimoiy burchini bajarish maqsadida biron faoliyat bilan shug’ullanadi, faollik ko’rsatadi va mehnat qiladi.
Faoliyat – anglangan maqsad bilan boshqariladigan insonning ichki psixik va tashqi jismoniy faolligidir.
Odamning xulq-atvori, faoliyati esa tamomila boshqacha xarakterlidir. Inson xayvonlar xatti-harakatlaridan farq qilib, avvalo, ijtimoiy xarakterga egadir. Inson faoliyatiga xos bo‘lgan xususiyatlardan yana biri u bilish jarayonlari va iroda bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, ularga tayanadi, bilish va irodaviy jarayonlarsiz yuz berishi mumkin emas.

Download 482.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling