2-Mavzu: Shaxs va shaxs psixik taraqqiyoti Mavzu rejasi
Inson faoliyatining tuzilishi
Download 482.85 Kb.
|
2-Mavzu Shaxs va shaxs psixik taraqqiyoti Mavzu rejasi
Inson faoliyatining tuzilishi
Voqelikka nisbatan munosabatning muhim shakli sifatida faoliyat inson bilan uni qurshab to‘rgan olam (borliq) orasida bevosita aloqa o‘rnatadi. Tabiatga, narsalarga o‘zga olamlar ta’sir ko‘rsatishi ham faoliyatning qudrati bilan ro‘yobga chiqadi. Inson faoliyatga yo‘naltirilgan maqsadga erishish uchun shu yo‘lda harakat qilishi tufayli xususiy vazifalarni bajarishga kirishadi. U o‘z oldida to‘rgan maqsadni amalga oshirish uchun ma’lum vaqt oralig‘ida u yoki bu amalni bajaradi. Biron matnni kompyuterda tayyorlash uchun inson oldin uni elektr tokiga ulaydi, ekranni ishga sozlaydi, uning tugmachalarini bosish orqali harf va so‘zlarni teradi, so‘ngra ma’lum ma’no anglatuvchi matn paydo bo‘ladi. Psixologiyada faoliyatning alohida bir xususiy vazifasini bajarishga mo‘ljallangan, nisbatan tugallangan qismi (unsuri), tarkibi harakat deb nomlanadi. Masalan, kompyuter texnikasidan foydalanish harakatlari amalga oshiriladigan ishlardan tarkib topadi. Harakatlar natijasida odam borliqdagi narsalar hususiyati, holati, fazoviy joylashuvini o‘zgartiradi. Mazkur jarayon nafaqat harakat yordami bilan, muayyan sa’y-harakatlar tufayli yuzaga keladi. Duradgor eshik yasamoqchi bo‘lsa, avval munosib material tanlaydi, ularni o‘lchaydi, unsurlarini sanaydi, randalaydi, qimlarni bir-biriga joylashtiradi, yopishtiradi, unga pardoz beradi, oshqi-moshqi qoqadi, kesaki o‘rnatadi, ochib yopilishini tekshiradi va hokazo. Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, duradgorning gavdasi, oyoq-qo‘llari, boshining tutishi sa’y-harakatlari bilan birga “tanlash”, “ishlov berish”, “o‘rnatish” amal qismlari majmuasi faoliyatni tarkib toptiradi. Sa’y-harakatning harakatdan farqli tomonlari uning aniqligi, maqsadga yo‘nalganligi, epsilligi, uyg‘unligi singari belgilaridan o‘z ifodasini topadi. Inson faoliyatida narsalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlardan tashqari: a) tananing fazoviy holati; b) qiyofaning saqlanishi (tik turish, o‘tirish); v) joy almashish (yurish, yugurish); g) aloqa vositalari sa’y-harakatlari qatnashadi. Odatda, aloqa vositalari tarkibiga: a) ifodali sa’y-harakatlar (imo-ishora, pantomimika); b) ma’noli ishoralar; v) nutqiy sa’y-harakatlar kiradi. Sa’y-harakatlarning ush bu turlarda ta’kidlab o‘tilganlardan tashqari mushaklar, xiqildoq, tovush paychalari, nafas olish a’zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni o‘zlashtirishga qaratilgan harakatning ishga tushishi muayyan sa’y-harakatlar tizimining amalga oshirilishini anglatadi. Bu hodisa ko‘p jihatdan harakatning maqsadiga, ta’sir o‘tkaziladigan narsalarning xususiyatlariga va harakatning amalga oshishi shart-sharoitlariga bog‘liq. Jumladan, a) kitobni olish qalamni olishdan boshqacharoq tarzdagi sa’y-harakatlarni taqozo etadi; b) avtomobilni haydash velosipedda uchishga qaraganda ayricha sa’y-harakat talab qiladi; v) ellik kg shtangani ko‘tarishda bir tonnaga qaraganda ko‘proq quvvat sarflanadi; g) kartonga katta shaklni yopishtirishga qaraganda kichik kisik shaklni joylashtirish qiyin kechadi. Yuqorida keltirilgan misollar turlicha ob’ektlarga taalluqli bo‘lishiga qaramay, ularda harakatning maqsadi yagonadir. Ob’ektlarning turlicha ekanligi sa’y-harakatlarning oldiga va mushak faoliyati tuzilishiga har xil talablarni, tizimni qo‘yadi. Ushbu voqelik rus olimlari P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, E.A.Asratyanlarning tadqiqotlarida dalillab berilgan. Faoliyat tarkibiga kiruvchi sa’y-harakatlar tizimi oxir-oqibatda mazkur harakatning maqsadi iblan nazorat qilinadi, baholanadi va to‘g‘irlab turiladi. Maqsad miyada faoliyatning bo‘lg‘usi mahsulasining timsoli, o‘zgaruvchan andazasi tarzida vujudga kelishi mumkin. Ezgsha niyatga aylangan bo‘lg‘usi andoza sa’y-harakatni yo‘naltirib turadi. Ana shu holatning turlicha psixofiziologik talqinlari mavjud bo‘llib, ular “bo‘lg‘usi harkat modellari”, “sa’y-harakat dasturi”, “maqsadning dasturi”, “miyada harakatnging o‘zi oldindan hosil qiladigan andozalari” singari tushunchalarda o‘z ifodasini topadi. Jumladan, ularning eng muhimlari: “harakat akseptori” va “ilgarilab aks ettirish” (P.K.Anokin), “harakatlantiruvchi vazifa” va “bo‘lg‘usi ehtiyoj andozasi” (N.A.Bernshteyn),, “zaruriy mohiyat” va “kelajak andozasi” (Mittelshtedt, U.Eshbi) va boshqalar. Sanab o‘tilgan tadqiqotchilarning talqinlari ilmiy faraz (taxmin) tarzida berilganligi tufayli ular miyada qanday aks etilishi mumkinligini mukammal bilishga qodir emasmiz. Lekin ularning miyada ilgarilab aks ettirish to‘g‘risidagi mulohazalari, bubborada tasavvurlarning yaratilishi psixologiya fani uchun ijobiy ilmiy voqelik bo‘lib hisoblanadi. Inson faoliyati ayrim xollarda tashqi tamondan ifodalansa (harakatlarda, yorish turish va hokozolarda), boshqa xollarda esa u ichki harakatlarga ega bo‘ladi. Ana shu nuqtai nazardan sa’i harakatlarni ikki turkumga ajratish mumkin: a) tashqi ( real, predmetli, jismoniy, Amaliy, motor) harakatlarga: b) ichki (timsloiy, ruhiy, psixik, aqliy, intellektual) sa’i harakatlar. Tashqi, real (predmetli sa’i harakatlardan ichki, timsoliy, xatti-harakatlarga ko’chirilishi o’tish jarayonini interiorizatsiya (tom ma’nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanishi) deb atashadi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma’lum bir vaqt ichida uning nazari e’tiborida bo‘lmagan narsalarning timsolida foydalanish kobiliyatiga ega bo‘ladi. Aqliy amallarning tashqi predmetlari bilan bo‘ladigan sa’i–harakatlar (amallarga) kuchirilishiga ichki, psixik faoliyatining ekserizatsiyalashuvi (tom ma’nosi bilan aytganda, ichkini tashqi tarzga aylanishi) deb qarash mumkin. Faoliyatning barcha turi odamda tegishli ko’nikma va malakalar bilan amalga oshiriladi. Faoliyatning uziga xos dastalabki xususiyati shundaki,aktivlikning manbai bo‘lgan faoliyat aktivlikni yaxshi onglab olingan maqsad bilan boshqariladi. Faoliyat voqeylikka bo‘lgan aktiv munosabatning shunday formasiki u orqali odam yashab to‘rgan olam bilan odam o’rtasida real aloqa o’rnatidai. Odam faoliyat vositasi bilan tabiatga narsalarga boshqa kishilarga ta’sir qiladi. Toshning og‘irligini aniqlash uchun uni kutarib ko‘rish kerak edi atom bombasining quvvatini namoyon qilish uchun esa uni portlatib ko‘rish kerak edi. Galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan ana shunday har bir nisbatan tugallangan faoliyat elementi amal ish deb yuritiladi. Harakatning bajarilishi va uning natijalarini erishiladigan pirovard masad bilan takkoslash yuli bilan doimiy nazorat qilib boriladi va to’g’rilab turiladi. Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday utish jarayonini interiorizatsiya deb yuritiladi. Yuqorida eslatib utilgan ichki psixik faoliyatni buyumlar bilan qilinadigan tashqi faoliyatning interiorizatsiyasi natijasi deb qarash mumkin. Shunga muvofiq narsalar bilan qilinadigan tashqi faoliyatni ichki psixik faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb qarash mumkin. «Eksternus» degan so’zdan olingan bo‘lib bizningcha tashqi degan ma’noni bildiradi. Download 482.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling