2-mavzu: shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi


Shaxsning ijtimoyilashuvi


Download 37.76 Kb.
bet5/6
Sana27.01.2023
Hajmi37.76 Kb.
#1132956
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-маьруза

Shaxsning ijtimoyilashuvi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. CHunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog’liq bo’lgan holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda o’quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko’rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g’oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko’rsatadi. Odamlar ijtimiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o’rganadilar.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba’zan aksi ham bo’ladi: to’liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba’zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko’rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko’p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o’qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g’oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Pedagogik jarayon mohiyati va tuzilmasi. Pedagogik jarayon o’qituvchi va ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini amaliyotda qo’llash faoliyatini o’z ichiga qamrab oladi. Ta’lim jarayonida mazmun, o’qish, o’qitish, tarbiyalash asosiy bog’lovchi komponentdir.
O’qish tizimli va asoslangan o’quv faoliyati bo’lib, ta’lim oluvchi tomonidan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishda o’quv jarayoni o’ziga xos o’rin tutadi.
Anglash murakkab, rivojlanuvchi jarayondir. Xis-tuyg’u va bilimlarni qabul qilish jarayonida ta’lim oluvchi ob’ektiv xaqiqatni anglaydi, u yoki bu predmet yoki jarayon to’g’risida taassurotga ega bo’ladi.
Samarali o’qitishning muhim shartlari quyidagilardir: ta’lim oluvchining qiziqishi faoliyatining faolligi, o’qituvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi samimiy munosabat. Bu esa o’z navbatida o’quvchining o’qishga bo’lgan munosabati, uning samarali o’zlashtirishi, blim va malakasining oshirishi, o’quv materali bilan samarali ishlashi irodaviy sifatlarining rivojlanishi va olgan bilimlaridan estetik qoniqish hosil qilishini taminlaydi.
Ta’lim oluvchining xarakteri va faolligi rivojlanishi darajalari turlichadir. Agarda ta’lim oluvchilar faoliyati passiv bo’lsa, o’qitish jarayonini amalga oshirib bo’lmaydi.Ta’lim oluvchining bilimlarni qabul qilish faolligi uning shaxs sifatida shakllantirishiga ham ta’sir ko’rsatadi. O’quvchida o’z-o’ziga munosabati mehnatiga, boshqa shaxslarga, jamiyatga, ishlab chiqarishga, atrof muxitga ham shakllantirib boradi.
O’qituvchi va ta’lim olituvchi orasidagi o’zaro birlik va aloqadorlik haqida gapirilganda boshqaruvchi va o’rgatuvchi shaxs bu o’qituvchi ekanligini unutmaslik kerak. Faqat o’qituvchigina ta’lim oluvchiga bilim bera olishi, uni shaxs sifatida shakllantira va u ta’sir ko’rsata olishi mumkin.
Lekin, o’qituvchi qanchalik chuqur bilim bermasin, agar o’quvchi passiv, loqayd, beparvo bo’lsa unda qiziqish, intilish uyg’onmaydi, o’qituvchi va ta’lim oluvchi orasidagi munosabat sovuqligicha qolib, bilim berish jarayoni samarasiz bo’ladi.

Download 37.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling