Fundamental sotsiologiya sotsial olamning mavjudligi va tarqqiyoti uchun zarur bo‘lgan umumiy sotsial qonun va qonuniyatlarni izlash asosida shakllangan. Fudamental sotsiologiyaning maqsadi – sotsial olamning to‘liq tasvirini yaratish, mazkur sotsial olamning taraqqiyot manbai va shakllarini aniqlash. Fundamental nazariyalar o‘zining shakllanishini boshlagan davrda tabiiy fanlar, jumladan, biologiya va fizika yutuqlaridan keng foydalangan. X1X asrning ikkinchi yarmidagi yo‘nalishlar – pozitivizm, naturalizm va psixologizm sotsial hayotning doimiy harakatlantiruvchi mexanizmini kashf etish, sotsiologiyada empirik metodni yaratish uchun o‘z kuchlarini birlashtirdilar. Buning natijasida ular tabiiy fanlarning tushunchalarini, umumilmiy metod va yo‘nalishlardan foydalanadilar. Ammo XX asrning boshlariga kelib sotsiologiya tabiiy fanlar tizimidan ajralib chiqa boshlaydi. Pozitivizmning o‘rniga kelgan struktur-funksionalizm yo‘nalishi sotsiologiyaning empirik ko‘rinishda shakllanishida katta hissa qo‘shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |