2-Mavzu. Sotsiologiya fanining strukturasi Reja
Download 43.53 Kb.
|
2-Mavzu. Sotsiologiya fanining strukturasi Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fudamental sotsiologiyaning maqsadi
- Amaliy sotsiologiya
- 1.Empirik tadqiqotlar deyilganida nimani tushunasiz
- 2. Bugungi kunda sotsiologiyada umumsotsiologik nazariyalarni bevosita tadqiq etishga mo‘ljallangan yo‘nalish qaysilar
Fundamental sotsiologiya sotsial olamning mavjudligi va taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan umumiy sotsial qonun va qonuniyatlarni izlash asosida shakllangan. Fudamental sotsiologiyaning maqsadi – sotsial olamning to‘liq tasvirini yaratish, mazkur sotsial olamning taraqqiyot manbai va shakllarini aniqlash. Fundamental nazariyalar o‘zining shakllanishini boshlagan davrda tabiiy fanlar, jumladan, biologiya va fizika yutuqlaridan keng foydalangan. Amaliy sotsiologiya nazariy va amaliy tadqiqotlarning natijalarini qanday qilib tahlil qilish, qanday uslub va vositalar orqali ularni tushuntirish yo‘llarini ishlab chiqadi. Amaliy sotsiologiya jamiyat hayotida bevosita sodir bo‘layotgan dolzarb sotsial muammolarni tadqiq etuvchi metodlar, metodologiyalar va metodikalarni o‘z ichiga oladi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan bo‘ladi. U XX asr boshlarida empirik tadqiqotlar asosida shakllandi. Amaliy sotsiologiya tizimida ham nazariy, ham empirik bilimlar mavjud bo‘lib, ular ijtimoiy hayotning turli sohalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida amaliy tadqiqotlarning natijalari asosida amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqadi. 1.Empirik tadqiqotlar deyilganida nimani tushunasiz? J: Empirik tadqiqotlar deyilganda bilimlarni tajriba orqali olish tushuniladi. Empirik sotsiologik tadqiqotlarning ob'yekti – ijtimoiy hayotning mikrojaaryonlari, insonlarning harakatlari, tafakkur tarzi, fikri va munosabatlari. Ularning asosiy maqsadi sotsial guruhlar, individlar, tashkilotlar muammolarini, ya'ni jonli sotsial muammolarni bevosita o‘rganishdan iborat. 2. Bugungi kunda sotsiologiyada umumsotsiologik nazariyalarni bevosita tadqiq etishga mo‘ljallangan yo‘nalish qaysilar? J: sotsiologiyada umumsotsiologik nazariyalarni bevosita tadqiq etishga mo‘ljallangan yo‘nalish – makrosotsiologiya; maxsus (xususiy) sotsiologik nazariyalar asosiga quriluvchi tadqiqot yo‘nalishi – o‘rta darajadagi sotsiologiya; byevosita empirik sotsiologik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi mikrosotsiologiya bo‘limlari mavjud. 1struktura (lot. structura — tuzilish, joylashuv, tartib) ob'yekt tarkibiy elementlarining o‘zaro joylashuvi va aloqalarining yig‘indisidan tashkil topgan. Ob'yektning strukturasi uning elementlari o‘zaro aloqadorligining mustahkaligini tashqi yoki ichki o‘zgarishlariga qaramay ob'yektning asosiy mohiyatini saqlab qoladi. 2sistema – o‘zaro aloqada bo‘lgan elementlarning yig‘indisi. 3Nazariya – kategoriya, tushunchalar, holatlar va tamoyillarning konseptual birldigi bo‘lib, u hodisalarning xossalari, munosabatlari va qonuniyatli aloqalarini ochib beradi. Nazariyalarda markaziy o‘rinni tushunchalar egallaydi. Ularda fanning tajriba va yutuqlari to‘planadi va ular nazariyaning mazmunini belgilaydi. Nazariyani yaratish vositasi mavhumlashtirishdir, ya'ni aniq holatlar va hodisalarni umumiylashtirishdir. 4 Новикова С.С. Социология: история, основы, институционализация в России. - М.: Московский психолого-социальный институт; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2000. - С.22. 5 Новикова С.С. Социология: история, основы, институционализация в России. - М.: Московский психолого-социальный институт; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2000. - С.28. 6 Новикова С.С. Социология: история, основы, институционализация в России. - М.: Московский психолого-социальный институт; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2000. - С.30. 7 Румянцев А.М, Осипов Г.В. Марксистская социология и конкретные социальные исследования // Вопросы философии. — 1968. — №6. — С.3-13. Download 43.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling