2-Mavzu. Sotsiologiya fanining strukturasi Reja


Integratsiyalashtiruvchi funksiya


Download 43.53 Kb.
bet6/26
Sana10.11.2021
Hajmi43.53 Kb.
#173077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
2-Mavzu. Sotsiologiya fanining strukturasi Reja

Integratsiyalashtiruvchi funksiya fundamental sotsiologiya nazariyasini boshqa fanlar bilan bog‘laydi. Mazkur yaxlit yondashuv natijasida yangi sotsial muammolarni hal qilish, ijtimoy hayotning xali yaxshi o‘rganilmagan tomonlarini chuqur ilmiy tahlil qilishga imkon yaratadi.

Amaliy sotsiologiya fundamental sotsiologiyadan o‘zining strukturasi, mazmuni, maqsadi va metodlari bilan farqlanadi. U nazariy va amaliy tadqiqotlarning natijalarini qanday qilib tahlil qilish, qanday uslub va vositalar orqali ularni tushuntirish yo‘llarini ishlab chiqadi.

Amaliy sotsiologiya jamiyat hayotida bevosita sodir bo‘layotgan dolzarb sotsial muammolarni tadqiq etuvchi metodlar, metodologiyalar va metodikalarni o‘z ichiga oladi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan bo‘ladi. U XX asr boshlarida empirik tadqiqotlar asosida shakllandi. Bu davrda empirik tadqiqotlar sotsial amaliyotga olib chiqadigan vosita hisoblangan. Ammo amaliy sotsiologiyani bu yo‘sinda tushunish u qadar to‘g‘ri emas. Empirik tadqiqotlar jonli faoliyatning bevosita shakllanishini o‘rgansada, u o‘zgartiruvchanlik faoliyati emas.

Amaliy sotsiologiya tizimida ham nazariy, ham empirik bilimlar mavjud bo‘lib, ular ijtimoiy hayotning turli sohalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida amaliy tadqiqotlarning natijalari asosida amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqadi. Boshqaruv tizimining elementi sifatida amaliy tadqiqotlar fanning ijtimoiy funksiyalarini bajarib, uning natija va yutuqlarini amaliy faoliyatga aylantiradi. O‘zining amaliy yo‘nalishiga qarab ayrim hollarda amaliy tadqiqotlar ilmiy tadqiqotlar bilan qarama-qarshilikka boradi.

Mashhur sotsiolog olim M.Veber fanda ilmiylik va foydalilik bir-biri bilan ziddiyatga kirishmasligi uchun tadqiqotchi olimlar haqiqatni ochishga intilishi zarur, ya'ni ilmiy bilimlardan to‘g‘ri foydalanish uchun jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy elementlarning tizimi mavjud bo‘lishi lozim.

Amaliy sotsiologiya “nima uchun o‘rganilayapti?”, degan savolga javob beradi. M.Veber tomonidan amaliy sotsiologiyaning vazifalari aniq ko‘rsatib berilgan. Uning fikricha, amaliy sotsiologiya quyidagi holatlarni aniq ochib, ko‘rsatib berishi kerak:


  • Amaliyot uchun zarur bo‘lgan vositalarni;

  • Amalga oshirilgan harakatlarning aniq salbiy oqibatlarini;

  • Tahlil natijasida o‘rganilayotgan hodisa yuzasidan uning bir necha xil rivojlanish variantini ko‘rsatib, ularga mos ravishda takliflar ishlab chiqish.

P.Sorokin amaliy tadqiqotlarni amaliy meditsina faoliyatiga qiyoslagan. Uning fikricha, sotsiologiyaning mazkur qismida “sotsial kasalliklarni yengish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘rsatuvchi yo‘llar” ishlab chiqiladi. Olim ko‘rsatkichlar, statistik ma'lumotlar, anketa javoblari va so‘rov natijalari amaliy hamda empirik sotsiologiyaning vositalari bo‘lib, ular asosidagina o‘rganilayotgan muammo borasida fikr bildirish noto‘g‘ri, deb hisoblaydi. Tadqiqot tugal bo‘lishi uchun nazariy asosga ega bo‘lishi lozim. Shu o‘rinda fundamental va amaliy sotsiologiyaning o‘zaro aloqadorligi va ko‘magi sotsiologiya fanining rivojlanish istiqbolini belgilaydi.

Shunday qilib amaliy sotsiologiya nafaqat tayyor bilimlarni ishlatadi, balki yangi nazariy, metodologik bilimlarni shakllantiradi. Amaliy sotsiologiya fundamental sotsiologiyaning amaliy samaradorligi masalalarini hal qilish, yangi muammolarni o‘rtaga qo‘yish orqali fundamental tadqiqotlarning rivojiga turki beradi. Amaliy sotsiologiya doirasida nazariy va metodologik muammolar bilan birgalikda, protsedura va metodik muammolar o‘rganiladi. Bugungi kunda metodologiya va metodika muammolari orasida koneptualizatsiya, formalizatsiya va operatsionalizatsiya masalalari dolzarb sanaladi. Bu muammolar sotsial qurilish va sotsial muhandislikning muammolarini hal etishda muhim o‘rin tutadi.




Download 43.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling