2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti


Download 23.3 Kb.
bet1/9
Sana17.10.2023
Hajmi23.3 Kb.
#1706163
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti-fayllar.org


2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti

2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti

REJA:
2.1. Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo’yiladigan talablar


2.2.Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati.
2.2.Statistik kuzatish shakllari,turlari va usullari.
2.4.Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish.
Tayanch iboralar: Statistik kuzatish, kuzatish ob`ekti va birligi, uzlukli va uzluksiz kuzatish, yoppasiga va qiyman kuzatish, bevosita kuzatish, hujjatli kuzatish, so`roqnoma, reprezentativ xato, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi.

2.1. Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo’yiladigan talablar
Har qanday statistik tadqiqot uch bosqichni o`z ichiga oladi:
  • statistik kuzatish;


  • kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash;


  • kuzatilayotgan voqeani har tomonlama tavsiflovchi-umumlash­tiruvchi ko`rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil qilish.


Hayot turli xil hodisalarning almashinuvidir. Istagan joyda qulay ahvolda qolish uchun ularni o`rganish va kuzatish kerak, degan edi frantsuz yozuvchisi Bal’zak. Binobarin, har qanday statistik tadqiqot o`sha o`rganilayotgan ob`ekt haqida tegishli ma`lumotlarni to`plash bilan boshlanadi.


Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma`lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to`plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi. U tekshirishning poydevori, birinchi va eng mas`uliyatli bosqichi hisoblanadi. U qanchalik to`g’ri va chuqur ilmiy mulohazalar asosida tashkil etilsa, oqibatda tekshirish natijalari ham aniq va maqsadga javob bera oladigan bo`ladi. Mas`uliyatsizlik bilan to`plangan noaniq va pala-partish boshlang’ich ma`lumotlar o`rganilayotgan hodisa xususida noto`g’ri yakun va xulosalarni yasashga sabab bo`ladi.
Statistik kuzatish amalga oshirilayotganda bir qator shart-sharoitlarning hisobga olinishi talab qilinadi. Aks holda to`plangan ma`lumotlar ilmiy tekshirish talablarini to`la qondirmasligi va hattoki butunlay yaroqsiz ham bo`lishi mumkin. eng muhim ilmiy talablar, shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:
  • Statistik kuzatish dalillarni bir-biri bilan o`zaro bog’lanishda va bir butunlikda qayd qilishi lozim.


  • Ma`lumotar to`la-to`kis bo`lishi uchun eng avvalo kuzatilayotgan to`plamdagi birliklar makon (mintaqa, hudud) chegarasida to`la hisobga olinishi kerak.


  • Statistik kuzatishning to`laligi ma`lumotlarning vaqt bo`yicha qamrab olinishi bilan ham belgilanadi. Agarda birinchi yilda to`plam kuzatilsa-yu, ikkinchi yilda uning ayrim birliklari, uchinchi yilda esa qandaydir boshqa birliklar tushib qolsa va shu tarzda kuzatish davom etaversa, u holda olingan ma`lumotlar vaqt bo`yicha to`la-to`kis bo`lmasdan, ularning taqqoslamaligiga putur etadi.


  • Olinayotgan ma`lumotlar aniq, haqqoniy va ishonchli bo`lishi shart, aks holda ular isbotlab beradigan kuchga ega bo`la olmaydi. Bu erda gap ma`lumotlarning faqat arifmetik jihatdangina (masalan, tiyin, grammgacha) aniq bo`lishi to`g’risida emas, balki u ma`lumotlarning ob`ektiv haqiqatni aks ettirishi to`g’risida boryapti.





Download 23.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling