2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti


Download 23.3 Kb.
bet5/9
Sana17.10.2023
Hajmi23.3 Kb.
#1706163
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti-fayllar.org

Savol-javob usulida kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to`ldiriladi. Bu holda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. 1998 yilgi aholi ro`yxatini o`tkazishda hisobchilar har bir oilaga kirib ro`yxat varaqasini yashovchilardan so`rab to`ldiradi. Bunday kuzatishlar savol-javob usulidagi kuzatish deb yuritiladi.
Savol javob usuli o`z navbatida uchga bo`linadi:
  • og’zaki usuli;


  • o`z-o`zini qayd qilish usuli;


  • korrespondentsiya usuli.




Og’zaki usulda maxsus tayyorlangan kishilar (hisobchilar) kuzatilayotgan shaxslarga kuzatish varaqasidagi savollarni berib, olgan javoblarini varaqaga yozadilar.
O`z-o`zini qayd qilish usulida kuzatishni o`tkazuvchi tashkilotning vakillari maxsus varaqalarni kuzatayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma`lum vaqtdan so`ng to`ldirilgan varaqalarni yig’ishtirib oladilar. Masalan, har bir talaba haqida to`la ma`lumotga ega bo`lish maqsadida hisob-iqtisod fakul’teti dekanati 1-kurs talabalariga maxsus varaqalar tarqatdi. Bu varaqalar talabalar tomonidan to`ldirilib, dekanatga qaytarilib berildi. Bunday kuzatish o`z-o`zini qayd qilish usulidagi kuzatish deb yuritiladi.
Korrespondentsiya usulida zarur ma`lumotlar statistika tashkilotlariga ixtiyoriy korrespondentlar tomonidan yuborib turiladi.
O`rganilayotgan to`plam birliklarini o`z ichiga qamrab olishga qarab, statistik kuzatish: yoppasiga va qisman kuzatishlarga bo`linadi.
YOppasiga kuzatish to`plamdagi barcha birliklar haqidagi zaruriy ma`lumotlar to`plandi. Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha korxona, muassasa va tashkilotlar tuzishi va statistika tashkilotlariga taqdim etishi shart. Aholi ro`yxati, chorva ro`yxati, ekin maydonlarining hisobi kabilar yoppasiga kuzatishga misol bo`la oladi.
Qisman kuzatish o`rganilayotgan to`plamdagi birliklardan qandaydir bir qismi haqida kerakli ma`lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi.
Qisman kuzatish to`rtta turga bo`linadi:



Download 23.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling