2. mavzu. Tabiiy sharoitlar. Reja


Download 45.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana21.11.2023
Hajmi45.42 Kb.
#1791849
  1   2   3   4
Bog'liq
2. MAVZU



2. MAVZU. Tabiiy sharoitlar. 
Reja. 
1. Muhandislik qidiruv ishlari. 
2 Hududni vertikal rejalashtirish. 
Har bir shaharning o ‘ziga xos tabiiy shart-sharoitlari mavjud bo'ladi. Ushbu 
shart-sharoitlar jihatidan yaqin bo'lgan hududlarda ham ular bir-biriga o'xshamaydi 
Shu sababdan shaharlarning tabiiy shart-sharoitlari umumlashtirilgan holda 
baholanib, keyin ulardan foydalanish yo'llari izlab ko'riladi
Iqlim sharoiti - shamolning yo'nalishi, joyning past-balandligi, suv 
havzalariga yaqinligi, ko'kalamzor maydonlarning mavjudligini bildiradi. Iqlim 
sharoiti ma’lumotlaridan foydalanib, sanoat korxonalarining aholi yashaydigan 
joydan qancha masofada bo'lishini aniqlash, yo'llarni rejalashtirish, qurilish 
usullarini tanlash, qor-yomg'ir suvlarini qochirish yoki sug'orish tizimini asoslash, 
injenerlik tarmoqlarini loyihalash (yerning muzlash qatlamini aniqlash) kabi qator 
masalalarni yechishda hisobga olinadi.
Mamlakat hududi iqlim sharoitiga qarab 4ta iqlim mintaqasiga bo'linadi va 
har bir mintaqa, o'z navbatida, 4 tadan iqlim tumaniga bo'linadi.
Shaharlarni loyihalash meteorologik ma’lumotlarga asoslanadi Bular yil 
davomidagi o'rtacha oylik yog'ingarchilik va uning shiddati, qor yog'ish vaqti va 
uning qalinligi, davr boyicha ob-havomtig darajasi (past-yuqori, o'rtacha va bir 
kecha-kunduzdagi ozgarish miqdori); shamolning kuchi, yo’nalishi va takrorlanishi 
(yil davomida va fasllar bo'yicha); havoning namligi, tumannmg qalinligi va 
takrorlanishi; yil davomidagi quyoshli kunlar soni va hokazolar. 
Turar joylarning o‘rni shamolning asosiy yo'nalishiga qarab tanlanadi Bunda 
ko‘chalarning asosiy vazifasidan tashqari ular shaharni shamollatishda ham tabiiy 
yo’lak - koridor vazifasini o’tashi inobatga olinadi.
Shamolning asosiy yo'nalishi “shamol guli” nomi bilan ataluvchi shakl 
asosida aniqlanadi “Shamol guli” ko'p yillik kuzatish natijasida oy, fasl va yil 
uchun quriladi. Shaharsozlikda shamolning asosiy yo'nalishidan tashqari uning 
kuchi ham hisobga olinadi, ya'ni imoratlar shamol kuchiga bardosh berishi hisob-
kitob qilinadi.
Iqlim sharoiti alohida omillar majmuasidan iborat bo'lib, shaharsozlik 
nuqtayi nazaridan eng muhim ahamiyat kasb ctadi va ular quyidagi omillarga 
bogiiq bo'ladi:
• relyef - shaharsozlikda eng katta va muhim ahamiyatga ega omil bo'lib. 
shaharni rejalashtirish, sug'orish kabi bir qator ishlar uning holati bilan 
chambarchas bog'liq;
• qor-yomg‘ir suvlari ta’sirida pastqam joylarni suv bosishi natijasida ayrim 
joylar botqoqlikka aylanadi va injenerlik obodonchilik ishlariga zarar etkazadi,
• yer osti sizot suvlar sathining ko'tarilishi natijasida bino yoki inshootning 
poydevorlari va yertolalarini suv bosishi qurilish-tiklash ishlarini qiyinlashtiradi;
• daryo, ko‘1, suv havzalari va suv omborlari sathining ko'tarilishi yoki 
pasayishi natijasida qirg'oqlari buziladi yoki o'piriiadi.
Relyefning shakllanishida tabiatdagi o'zgaruvchan tabiiy jarayonlarni hosil 
qiluvchi suv, shamol va inson faoliyatining ta’siri muhim ahamiyatga ega. Shu 


sababdan shahar qurilishi uchun yer tanlash quyidagi muhim tabiiy jarayonlarni 
hisobga oladi:
- shahar hududidagi ayrim joylarni qor-yomg'ir yoki daryo suvlarining 
bosishi;
- jarliklarning paydo bo'lishi; 
- ko'chki, (yer jinsining siljishi va qulab tushishi);
- sel oqimlarining paydo bo'lishi;
- karstlarning mavjudligi va yerning cho'kishi;
- suv va shamol ta'sirida relyef yuzasining erroziyaga uchrashi. Inson 
faoliyati bilan bog'liq jarayonlarga quvidagilar kiradi: - yerosti boyliklarini qazib 
olish natijasida relyefnmg buzilishi,
- suv havzalarining qurilishi va yerosti suvlarining ko'tarilishi natijasida 
aholi yashaydigan joylami suv bosish xavfining paydo bo'lishi va shu kabilar.
Aniq joyning tabiiy shart-sharoitini o'rganish uning relyefi shakliga, zamin 
holatiga, xususan qor-yomg'ir suvlarining miqdoriga bog'liq bo'ladi 

Download 45.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling