2-Mavzu: Tarixiy ma’daniy yodgorliklarni o’rganish va muhofazasini tashkil etish ishlari tarixi Reja


-1939 yillarda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish tarixi


Download 32.21 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi32.21 Kb.
#1325701
1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu (маъруза)-1

3. 1920-1939 yillarda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish tarixi.
Saqlanib qolgan noyob madaniy meros obyektlari muhofaza qilish faqat XX asr boshiga kelib davlat e’tiboriga olindi. Ular 1920-yildan boshlab tashkil qilingan yodgorliklarni muhofaza qiluvchi maxsus davlat organi tasarrufiga oʻtkazila boshlandi. Ushbu organ vazifasini dastlab 1920-yil 30-yanvardan oʻz faoliyatini boshlagan Turkiston respublikasining Arxiv ishlari boʻyicha markaziy boshqarmaning qoshida tashkil qilingan tarixiy va san’at yodgorliklari muhofaza qiluvchi maxsus Qoʻmita vaqtincha bajargan edi. Turkrespublika rahbariyatining 1921-yil 23-maydagi maxsus Dekreti asosida Qoʻmita mustaqil davlat organiga – Turkiston Respublikasi Xalk Komissarlari Sovetining Dekreti bilan muzeylar va yodgorliklar, san’at va tabiatni muhofaza qilish ishlari boʻyicha Turkiston qoʻmitasi (Turkomstaris)ga aylantirildi.
Sovet hokimiyatining ma’muriy-hududiy masalada olib borgan siyosati oqibatlari ushbu qoʻmitaning tashkiliy va tuzilmaviy xarakteridagi faoliyatiga oʻz ta’sirini oʻtkazdi. Natijada ushbu tashkilot Oʻrta Osiyo respublikalarining milliy chegaralanishidan keyin 1925-yildan Turkomstaris yodgorliklar va tabiatni muhofaza qilish boʻyicha Oʻrta Osiyo qoʻmitasi nomini oldi (Sredazkomstaris). Qoʻmita yangi tuzilgan Oʻrta Osiyo respublikalari va Qozoqistonda joylashgan yodgorliklarni muhofaza qilish, ulardan foydalanish va qayta ta’mirlash ishlariga ma’sul boʻldi. 1929-yildan esa Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Sovetining №501sonli Qarori bilan Sredazkomstaris oʻrniga qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish boʻyicha Oʻzbekiston Qoʻmitasi qaytadan tuzildi (va Uzkomstarisga aylantirildi).
Faoliyatining dastlabki davrida ushbu tashkiloting vazifalari doirasi keng boʻlmay, mamlakatimiz miqiyosida arxeologik yodgorliklarni hisobga olishdan iborat edi. Oʻsha davr mamlakat iqtisodiy ahvolning ogʻirligi hamda restavratsiya ishlariga doir me’yorlarni tayyor emasliklari tufayli yodgorliklarni muhofaza qilish organlari me’moriy yodgorliklarining butunlay vayron boʻlishning oldini olishga qaratilgan zaruriy ta’mir ishlarini amalga oshirish bilan cheklanar edilar. Bu davrda yodgorliklarning restavratsiyasi va konservatsiyasi bilan bogʻliq ishlab chiqarishning ilmiy asosini yaratish haqidagi masala endigina koʻtarila boshlagan edi.
Shunday boʻlsa-da, oʻsha murakkab siyosiy, ijtimoiyi-iqtisodiy sharoitlarda yodgorilklar restavratsiya va konservatsiyasining ilmiy metodikasining nazariy poydevori yara­til­di. Bu nazariyalar mutaxassislarning koʻp yillik kuzatishlari va amaliy taj­ri­balari oʻsha vaqtda e’lon qilingan ishlarda oʻz aksini topdi. Umuman ma­da­niyat yodgorliklarning tadqiq etishning me’moriy-arxeologik metodi boʻyicha asosiy konsepsiyalar 1920-yillar oxiriga kelib shakllandi va u 1928-yilda chop yetilgan “Restavratsiya masalalari” toʻplamida e’lon qilindi.
Ta’kidlash joizki, oʻsha vaqtlarda me’moriy obidalarni muhofaza qilish va ta’mirlash ishlarini ommaviy yoʻlga qoʻyishda kommunistik partiyaning “umumiy tenglik”ga erishishni maqsad qilib olgan siyosati toʻsqinlik qilar edi. Sotsialistik oʻzgarishlarni nazarda tutgan “revolyutsion ruh” – yangi va eski shahar oʻrtasidagi tafovutni yoʻq qilish hamda ularni tenglashtirishga, shuningdek, din va qadriyatlarga qarshi qaratilgan gʻoyalarning, ayniqsa sovet hokimiyatining xukmronligi dastlabki oʻn yilliklarida koʻplab qadimiy shaharsozlik namunalarining buzilishiga olib keldi. Ushbu radikal xarakterga ega boʻlgan gʻoyalar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Oʻzbekistonning boshqa tarixiy shaharlariga oʻnglab boʻlmas zarar yetkazdi.
Binobarin, respublika hukumatining maxsus yoʻriqnomasi asosida 1939-yilning aprel-may oylarida Uzkomstaris faoliyati yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruv shuni koʻrsatdiki, uning ixtiyoriga berilgan yodgorliklardan boshqa maqsadlar uchun foydalanilganligi aniqlandi. Jumladan, birgina Buxoro shahri boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruv unda joylashgan Modari Abdullaxonn madrasasi aholiga uy-joy maqsadida berilgani, Abdullaxon nomi bilan bogʻliq yana bir yodgorlik – “Saxarsbыt” tashkiloti uchun omborxona, Kalon masjidi va Chor Minor – “Gortorg” uchun omborxona, Devonbegi madrasi – "Buxkomstaris"ning kanselyariya idorasi uchun va uy-joy maqsadida foydalanilganligi aniqlandi. Shu bilan birga, shahardagi koʻplab tarixiy yodgorliklar shaharning kengayishi va “obodonlashtiri­lishi” oqibatida yoʻq qilindi. Xususan, Buxoro shahrining rekonstruksiya qilinishi va transportning koʻpayishi natijasida Buxoro shahar kengashiga berilgan vakolatdan foydalanib 1939-yilda 6 ta qadimiy shahar darvozalarini devorlar bilan birga buzib tashladi.
Yuqorida qayd etilgan ayanchli holatlarga qaramasdan, tarixiy obidalar borasida asta-sekin ilmiy restavratsiya va amaliyot tajribasi ortib bordi va buning natijasida me’moriy yodgorliklarni saqlash bilan bogʻliq bir qator murakkab muhandislik-konstruktiv va me’moriy vazifalarni hal etish imkoniyati tugʻildi. Bu davrga kelib respublikamizdasoha mutaxassislarining iqtidorli yangi avlodi shakllana boshladi. Ular dastlaki ilmiy ekpeditsiyalarni tashkil etib, koʻplab tarixiy-madaniy, arxeologik va arxitektura yodgorliklarini aniqladi va ularni davlat hisobga ola boshladi. Hisobga olish – qayd qilish hujjatlarini tuzish va tizimlashtirish ham aynan 1920-1930 yillardan boshlandi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonning turli tumanlarida joylashgan me’moriy obidalarni restavratsiya va konservatsiya qilishning dastlabki ilmiy asoslangan loyihalarini ishlab chiqish ham shu davrga toʻgʻri keldi. Masalan, aynan shu murakkab davrda Samarqand shahri yodgorliklari boʻyicha mas’ul V.L. Vyatkin, muhandislar M. F. Mauyer va B. N. Kas­talskiy ishtirokidagi bir guruh tashabbuskorlar Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasining ogʻib ketgan minorasini toʻgʻrilash boʻyicha ish olib borib, ijobiy yutuqlarga erishdi.
Qadimgi namunalarga oʻxshash qurilish materiallari vaqoplama materiallar yaratish uzoq yillar davomida me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilishdagi muamolardan biri boʻlib keldi. Mutaxassislar va xalq ustalarining sa’yi-harakatlari tufayli masala ijobiy hal etilib, obidalarni qayta tiklashda yangi, yuqori pogʻona qoʻlga kiritildi. Xususan, qoplamanialebastrqorishmasi bilanmahkamlashdan iborat boʻlgan oddiy konservatsiyadan mozaika, moyolika vaoʻyma mayolikani tiklashga oʻtildi. Me’moriy yodgorliklarni muxandislik yordamida zamonaviy usul, asbob-uskunalarni qoʻllangan holda zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanishni ham oʻsha davr yodgorliklarining saqlashdagi muhim omil sifatida qayd etish lozim.
Bu jarayonda 1937-yildan Samarqand shahrida oʻz faoliyatini boshlagan qadimgi qurilish usullarini oʻrgatishga ixtisoslashgan maktab-ustaxonaning oʻrni katta boʻldi. Buxorolik me’mor, mohir ganchkor usta Usta Shirin Murodov oʻz davrining yetuk arxitektori hisoblangan B.N. Zasipkin bilan hamkorlikda ushbu maktab uchun qadimgi qurilish texnikasi va geometrik ornament usullari sir-sinoatini oʻrgatuvchi oʻquv qoʻllanmasini tayyorlab berdilar. Qoʻlyozmaga 238 sahifadan iborat chizmalar ham ilova qilingan edi. Shu bilan birga, ta’lim jarayonida usta Usmon Umarov, usta Shamsiddin Gʻafforov, usto Abdulla Boltayev, Nasim Gʻofurov, usto Muxiddin Raximov kabi mashhur usta-restavratorlar ham faol ishtirok yetishdi. Koʻp vaqt oʻtmasdan, Ibrohim Shermuhamedov, Abdugʻaffor Haqqulov, Anvar Quliyev, Mirumar Azizov, Toshmuqum Qurbonovlar kabi maktab bitiruvchilari yetuk usta-restavratorlar darajasiga yetishishdi.



Download 32.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling