2-Mavzu: Tarixiy ma’daniy yodgorliklarni o’rganish va muhofazasini tashkil etish ishlari tarixi Reja


Chor Rossiyasi davrida tarixiy-me’moriy obidalarni ularni saqlash, ta’mirlash holati


Download 32.21 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi32.21 Kb.
#1325701
1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu (маъруза)-1

2. Chor Rossiyasi davrida tarixiy-me’moriy obidalarni ularni saqlash, ta’mirlash holati.
Oʻrta Osiyo hududini Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi tarixiy-me’moriy obidalarga boʻlgan munosabatda, ularni saqlash, ta’mirlash va konservatsiyalash jarayonida yangi bosqichni boshlab berdi. Albatta chor Rossiyasi hukumati avvalam bor oʻzining iqtisodiy va siyosiy manfaatlari yuzasidan ushbu hududga nisbatan siyosat olib borganligini ta’kidlab oʻtish kerak. Oʻrta Osiyoning tarixi, arxeologiyasi va etnografiyasi bilan bir qatorda me’moriy obidalarni ilmiy asosda oʻrganish jarayonining ilk davri ham aynan shu davrdan boshlandi. Turkiston oʻlkasida amalga oshirilgan ilmiy ishlari bilan jahonga mashhur boʻlgan olimlar geograf P.P Semenov-Tyanshanskiy, geolog I.V. Mushketov, sayohatchi olim N.A. Seversev, geograf, zoolog, antropolog va geolog A.P. Fedchenko, sharqshunos olimlar V.V. Bartold, S.F. Oldenburg, N.I. Veselovskiy, V.A. Jukovskiylar kabilar hisoblanadi. Masalan, N.I. Veselovskiy rahbarligidagi arxeologik ekpeditsiya 1895-yilda Goʻr-Amir maqbarasini har tomonlama oʻrganish asosida, 1905-yilda u haqda tarixiy ma’lumotga boy albom chop yetildi.
Ta’kidlash joizki, bu davrda mahalliy obidalarni ilmiy jihatdan oʻrganishga qaraganda, ularni ta’mirlash ishlariga e’tibor ancha kamroq qaratilgan. Qolaversa, mutaxassislarning ma’lumotlariga koʻra, XVIII asr hamda XIX asr boshida barpo yetilgan obidalarga nisbatan avvalroq qurilgan me’moriy obidalar oʻta ayanchli holatga tushib qolganligi qayd etilgan edi. Jumladan, Samarqanddagi obidalar ham ayanchli holatga tushib qolganligi bilan ajralib turar edi.
Bu davrga kelib ayrim tarixiy obidalarda ta’mirlash ishlari olib borilganligini hamda ular, asosan, kosmetik va epizodik xarakterda boʻlganligi, bu ishlarga asosan mahalliy ustalar jalb etilganligi haqida ma’lumotlar bor. Masalan, Shohi Zinda arxitektura majmuasida 2004-yilda keng miqyosda olib borilgan ta’mirlash ishlari jarayonida ushbu majmua tarkibiga kiruvchi ayrim maqbaralarda XIX asr oxirlarida olib borilgan ta’mir ishlarining qoldiqlari topildi. Jumladan, Usta Ali Nasafiy maqbarasining tashqi devorlari va derazalari sifasiz ta’mir ishlarining natijasida yevropa shaklidagi gʻishtlar bilan toʻldirilgan, intererlardagi pol koʻtarilgan. Bino bezagidagi barcha oʻyilmalar ganch qorishmasi bilan tekislangan. Burunduq maqbarasining XXI asr boshidagi holati avvalgi asrlarda kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar ta’sirida oʻz qiyofasidan deyarli oʻzgarib ketganligi aniqlanadi. XIX asrning 70-yillarida olib borilgan ta’mir ishlari natijasida portalning janubiy gul ustuni oʻrniga kontrofors (gʻisht tirgovuch) bilan mustahkamlangan, sakkiz qirrali deraza va janubiy devordagi kirish oʻrni urib tashlangan, shuningdek intererdagi pol qadimgi holatidan balandroq koʻtarilgan.
Mutaxassislar tili bilan aytganda, XIX asr oxiri va XX asr boshida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari (avval davlat, keyinchalik turli jamiyatlar mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan), obidalarning buzilishini oldini ololmagan. Bunda vaqtning, zilzilalar va hatto odamlarning ta’siri sezilarli rol oʻynagan. Xatto oʻsha davr hukmati harbiy-strategik “mulohazalar”dan kelib chiqib, ayrim binolarni buzilib tashlashgan ham. Masalan, 1883-yilda Samarqand qal’asini rekonstruksiya qilish maqsadida Kutbi-Chaxar-duxum yodgorligi portlatilgan. Yoki Amir Temur tomonidan soʻfiylar shayxi Nur ad-Din Basiraga atab qurdirilgan va koʻlami jihatidan Goʻr Amirdan qolishmaydigan maqbara ham XIX asr oxirida ushbu “amaliyot” qurboni boʻldi. Shayxning mayidi esa Xazrat Xizr masjidi yonidagi qabristonga koʻchirildi. Ushbu jarayonning toʻxtatib qoladigan nazorat qiladigan maxsus davlat organi ham tashkil etilmagan edi.

Download 32.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling