2-Mavzu: Tarixiy ma’daniy yodgorliklarni o’rganish va muhofazasini tashkil etish ishlari tarixi Reja
Download 32.21 Kb.
|
2-Mavzu (маъруза)-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Oʻrta asrlarda Oʻzbekiston hududida tarixiy inshootlarning ta’mirlash tarixi.
2-Mavzu: Tarixiy ma’daniy yodgorliklarni o’rganish va muhofazasini tashkil etish ishlari tarixi Reja: 1. Oʻrta asrlarda Oʻzbekiston hududida tarixiy inshootlarning ta’mirlash tarixi. 2. Chor Rossiyasi davrida tarixiy-me’moriy obidalarni ularni saqlash, ta’mirlash holati. 3. 1920-1939 yillarda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish tarixi. 4. 1940-1991-yillarda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish tarixi. 1. Oʻrta asrlarda Oʻzbekiston hududida tarixiy inshootlarning ta’mirlash tarixi. Oʻzbekiston hududida sugʻorma dehqonchilikga asoslangan oʻtroq jamoalar madaniyati bronza davri taraqqiyoti soʻnggi bosqichlarida davlatchilik shakllarining yuzaga kelishiga imkon yaratgan. Ta’kidlash joizki, davlatchilikning tarixiy rivojlanishi urbanistik xarakterga ega boʻlib, qadimgi davlatchilikning tadrijiy rivojlanish jarayoni shaharlar va shahar madaniyatining taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq tarzda kechgan. Bunda me’morchilik alohida oʻrin tutgan. Markaziy Osiyoning qadimdan diniy va madaniy-ma’rifiy oʻchogʻi hisoblangan Zarafshon vohasi oʻzida boy me’moriy merosni namoyon yetgan eng yirik shaharlari boʻlganligi bilan alohida ajralib turadi. Turkiston mintaqasida ham me’moriy ta’mirchilik ilmi va amaliyoti azaldan rivojlanib kelgan. Ammo bu hodisa tarixiy taraqqiyotda doimo davlatning e’tiborida boʻlmagan. Oʻzbekistonda mavjud me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilishi oʻrta asrlardan boshlangan, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar davriga kelib ta’mirlash, obodonlashtirish hamda yangidan qurish amaliyoti rivojlandi. Bu davrdan yirik inshootlarni ta’mirlash amaliyoti namunasi sifatida Chashmai Ayyub maqbarasi alohida oʻrin tutadi. XII asrning boshlarida Ayyub nomi bilan Buxoroning gʻarbiy qismida qurilgan maqbara sohibqiron nazariga tushadi. 1379-yilda Amir Temur Xorazmni markaziy hokimiyatga boʻysundirgandan keyin Urganchdan mohir ustalarni Samarqand, Buxoroga taklif yetib, ularga turli imoratlar qurishni buyuradi. Jumladan, Chashmai Ayyub ham ta’mirlanib, uning ustki qismiga katta gumbaz quriladi. Kvadrat tarxdagi goʻrxona devorida uning Amir Temur farmoyishi bilan 1379 yilda qurilgani haqida yozuv ham bor. Temuriylar zamonida me’morchilik binolari ta’minotiga katta e’tibor berilgan inshootlardan biri Namozgoh masjidi hisoblanadi. U 1119-1120 yillarda qoraxoniylar hukmdori Arslonxon davrida shahar qal’asidan tashqaridagi Shamsobod degan mavzeda qurilgan boʻlib, bu joy haqida mashhur muarrix Muhammad Narshaxiy oʻzining "Buxoro tarixi" kitobida ma’lumot beradi. Qurilgandan keyin masjid bir necha marta ta’mirlangan boʻlib, yangilanish ishlarining asosiy qismi sohibqiron hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Amir Temur Buxoroyi Sharifdagi boshqa muqaddas joylar qatorida Namozgohni ham ta’mirlash va obodonlashtirish chora-tadbirlarini koʻrgan. Ta’mir jarayonida 1119-1120 yillarda qurilgan dastlabki devorning qoldiqlari mehrobli devorga mahorat bilan ulab yuborilgan. Natijada inshoot mustahkam ayvon kompozisiyasiga ega boʻlib, markazida peshtoq va gumbazli bino boʻlgan uchta ustunli galereyaning yuziga qaragan qiyofa olgan. Umuman olganda, Amir Temur va temuriylar davrida nafaqat qadimiy Zarafshon vohasi, balki butun Oʻrta Osiyo oʻzining navbatdagi iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy yuksalish pallasiga kirdi. Ayniqsa Zarafshon vohasi asrlar davomida rivojlanib kelayotgan me’morchilik an’analarni davom yettirib, temuriylar davlatining markaziy madaniy oʻchoqlaridan biriga aylandi. Shunday qilib, Amir Temur va temuriylar davrini me’moriy obidalarni muhofaza qilish hamda qurilish-ta’mirlash ishlari ilk bor davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan davr sifatida e’tirof etish mumkin. Download 32.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling