2-Mavzu: Tarixiy ma’daniy yodgorliklarni o’rganish va muhofazasini tashkil etish ishlari tarixi Reja


-1991-yillarda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish tarixi


Download 32.21 Kb.
bet4/4
Sana04.04.2023
Hajmi32.21 Kb.
#1325701
1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu (маъруза)-1

4. 1940-1991-yillarda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish tarixi.
Ikkinchi jahon urushi yillariga kelib Oʻzbekistonda faoliyat olib borgan me’moriy yodgorliklarni muhofaza qiluvchi davlat orani uchun tashkiliy va tuzilmaviy oʻzgarishlarning yangi bosqichi boshlandi. 1943-yilda Uzkomstaris tashkiloti bekor qilinib, OʻzSSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida Me’morchilik ishlari boʻyicha boshqarma tuzildi, boshqarma qoshida esa Me’morchilik yodgorliklarini muhofaza qilish boʻyicha boʻlim faoliyat koʻrsata boshladi. Keyingi amaliyotning dalolat berishicha, ushbu tarkibiy oʻzgarish koʻplab tarixiy yodgorliklarni yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi. Buning boisi shundaki, arxitektura ishlari qoʻmitasi oʻzining asosiy faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqqan holda mamlakat shahar va qishloqlarida asosan uy-joy va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish ishlariga e’tiborni qaratadi. 1950-60 yillarda qoʻmitaning markazdagi rahbar tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan bosh loyihalari, jumladan tarixiy shaharlarda ham yangi binolarni qurishni nazarda tutar edi. Ammo ushbu amaliyot aholining an’anaviy yashash manzillarida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan edi.
Respublikadagi Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarda aholining uy-joylari yodgorliklarga yaqin joylarda joylashganini hisobga oladigan boʻlsak, bu amaliyot qadimgi binolar uchun zarar yetkazishi tabiiy edi. Xususan, reja boʻyicha olib borilgan ishlarning keng koʻlamda amalga oshirilishi natijasida Samarqanddagi me’moriy yodgorliklarning yon atrofida, ularning asl qiyofasiga putur yetkazadigan inshootlar – ta’lim muassasalari, madaniyat saroylari, kinoteatrlar yoki koʻp qavatli “quti”lar bilan “toʻldirildi”. Buxoroda esa aynan shu davrda, shaharning tarixiy devorlari deyarli tashib ketilib, gʻisht uchun homashyo vazifasini bajardi, shahar markazidagi XVI asrda qurilgan Yor-Muhammad-Otaliq honakosi, Er-Nazar-elchi madrasasi buzib tashlandi. Ushbu roʻyxatni yana shu kabi ayanchli hodisalar bilan davom yettirish mumkin. Umuman olganda, agar oʻsha davrda davlatning iqtisodiy-moliyaviy imkoniyatlar cheklangan boʻlmaganida, shaharlarning bosh loyihalarida koʻzda tutilgan ishlar toʻliq amalga oshirilar edi. Bu esa hozirgi kunga qadar yetib kelgan tarixiy-me’moriy obidalar roʻxatini yanada cheklab qoʻygan boʻlar edi. Boz ustiga, yodgorliklarni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning ham moliyaviy imkoniyatlari, kadrlar bilan ta’minlanish darajasi ham oʻta ayanchli holatga tushib qolgan edi.
Mutaxasislar fikricha, XX asrning 20-yillaridan boshlangan mahalliy xalqlar madaniyatini nivelirlash uzviy rivojlanib kelgan ta’lim jarayoni yangicha, Yevropacha tartib bilan almashtirildi. Natijada, Usta Baqo (Buxorodagi Minorai Kalon me’mori), Me’mor Abdul Jabbor (Samarqanddagi Sherdor madrasasi muallifi) singari me’morlarni yetishtirgan ta’lim tizimi tag-tugi bilan yoʻqotildi. Tamoman yangicha madaniyat yuzaga kela boshladi. Binobarin, Oʻrta Osiyoda ham Yevropadagi singari oʻzidan oldingi davrda va an’anaviy uslubda kurilgan imoratlarni ta’mirlash uchun maxsus oʻrganish ehtiyoji kelib chiqdi. Boshqacha qilib aytganda, XX asr oʻrtalarida Oʻzbekistonda ham ota-bobolari bunyod yetgan imoratlarni tiklash uchun maxsus ta’mirchilarni yetishtirish zaruriyati sezildi.
Vujudga kelgan vaziyat respublikada madaniy yodgorliklarni saqlash bilan bogʻliq tashkilotlar faoliyatida qayta oʻzgarishni taqazo yetgan. Shu bois Respublikamizning bir qator jonkuyar, ilgʻor ziyolilar qatlami vakillari tashabbusi bilan 1957-yil 30-avgustdaOʻzbekiston Respublikasining № 557 Hukumat Qarori bilan “Moddiy madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish boʻyicha Komitet» tashkil etildi. Ushbu Komitet qoshida kengash tuzilib, uning tarkibiga Y.Gʻulomov, M.Masson, T.Qori-Niyozov, G.Pugachenkova kabi shu soha mutaxassislari kirgan edi. Kengashning qisqa davr ichida faoliyat olib borishiga qaramasdan (1957–1961 yillar), uning yordamida Oʻzbekistondagi mavjud tarixiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan yodgorliklar sezilarli koʻpchiligini ma’lum tarkibiy qismini saqlab qolish, ayrimlarida esa ta’mirlash ishlarini rivojlantirish, ularni ilmiy oʻrganish, respublikada restavratorlar maktabi ishini yanada jonlantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Muhimi shundaki, ushbu tashkilotda faoliyat olib borgan mamlakatning nufuzli olimlari sa’yi-harakatlari besamar boʻlmadi, balki kelgusida respublikada madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan merosni saqlash borasidagi ishlarga ijobiy ta’sir yetdi.
1968-yil respublikada madaniy merosni muhofaza qilish sohasida olib borilayotgan ishlar uchun muhim voqyea boʻldi – “Madaniy yodgorliklarni himoya qilish haqida”gi qonuni qabul qilindi. Shuni alohida qayd etish kerakki, bu Sobiq Ittifoq miqyosida qabul qilingan shunday qonundan 8 yil (1976-yil) oldinroq amalga oshirildi. Mazkur qonunga muvofiq respublika hukumati tomonidan uning qoʻllanishiga doir yoʻriqnoma, moddiy madaniyat yodgorliklarni qoʻriqlash zonalari va ular atrofida binolar qurilishini tartibga solish haqidagi nizom, Oʻzbekiston hududida arxeologik qazilmalar va qidiruv ishlarini amalga oshirish huquqi borasidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi. Shu bilan birga, 1968-yil 30-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti Qarori bilan ilgarigi Qoʻmita Yodgorliklar va tasviriy san’atni muhofaza qilish boʻyicha Bosh Boshqarmaga aylantirildi.
Umuman olganda, yodgorliklarni himoya qilish haqidagi qonun faqat obidalarni yoʻq boʻlib ketishdan yoki qasddan buzib tashlanishidan himoya qilibgina qolmay, balki respublikada yodgorliklarni muhofaza qilish va ularni restavratsiyalash ishining yanada takomillashuvida ham muhim rol oʻynadi. Hamma joyda tarixiy va madaniy yodgorliklarni oʻrganib chiqish va ularni hisobga olish me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish amalga oshirildi.
Tarixiy va madaniy yodgorliklarning ahamiyatini hisobga olib, Respublika hukumati 1975-yildan boshlab ularning muhofazasi uchun ajratiladigan mablagʻ hajmini sezilarli darajada koʻpaytirdi. Bu yodgorliklarni qonunchilikda himoya qilish organlariga oʻz faoliyatini yanada kuchaytirish imkonini berdi va shu tufayli Respublikada barcha koʻchmas yodgorliklarni qayta roʻyxatga olish ishlari amalga oshirildi. Davlat muhofazasiga olingan yodgorliklarning yangi roʻyxati tuzildi.
Davlat muhofazasiga olish, ta’mirlash va konservatsiyalash ishlari hajmlarining ortib borishi yagona boshqaruv organini tashkil etishni talab yetardi. Shu maqsadda, 1979-yil 24-fevraldan Oʻzbekistonda madaniyat yodgorliklarni muhofaza qiluvchi davlat tizimi – Oʻzbekiston SSR KP Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining № 149 Qarori bilan Madaniyat yodgorliklarini ilmiy ishlab chiqarish Bosh Boshqarmasi tuzildi (GlavNPU). Keyinchalik, uning tarkibida loyihash instituti, ilmiy-restavratsiya ishlab chiqarish tashkilotlari, shu jumladan, me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish, konservatsiyalash, ularning dekori boʻyicha noyob ishlarni bajarilishiga ixtisoslashgan restavratsiya ustaxonasi ham tashkil qilindi. Bosh boshqarmaga qoʻzgʻalmas va qoʻzgʻaladigan madaniyat yodgorliklarini saqlash va muhofaza qilish, tasviriy va monumental san’atni rivojlantirish, muzey va koʻrgazma ishlarini tashkil qilish yuklatildi.
Ammo, yuqorida qayd etganimizdek, davlat darajasida madaniy yodgorliklarni himoya qilish borasida bir qator ishlar qilinishiga qaramasdan, uzoq yillar davomida hukm surgan nigilizm va uy-joy qurishda bir tomonlama ommaviy yondoshish oqibatida koʻplab arxitektura yodgorliklaridan buzib tashlandi. Odatda, shaharlar bosh rejalarini tuzishda tarxiy-arxitektura qoʻriqxonalari loyihalashtirilmasdan, “oq dogʻ” sifatida ularni saqlab qolish rejalaridan chetda qolib ketildi. Jumladan, Registon ansambli sovet davrining oxirgi 25yili davomida koʻp yoʻqotishlarni boshidan kechirdi. Ushbu ayanchli holat nafaqat Oʻzbekiston, balki sobiq Ittifoqning koʻplab tarixiy shaharlarida ham kuzatildi.
Xususan, 1989 yilga kelib sobiq Ittifoqda mavjud 2176 shaharlardan 800 tasi tarixiy shaharlar roʻyxatidan oʻrin olgan edi. Ulardan 127 nafari umumittifoq darajasidagi tarixiy shaharlar hisoblanar edi. Shu bilan birga, mamlakatning barcha shaharlarining yarmidan koʻpining tarixiy fondi jismoniy eskirishi 40-60 % tashkil qilgan edi.
Qator tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan shaharlarda ta’mirlash ishlari olib borilishiga qaramasdan, bu boradagi ishlar sust va tizimli bormaganligi qayd etilgan. Sobiq markaz “mulozimlari”ning tarixiy shaharlarga nisbatan olib borgan siyosatining havfli jihati shundaki, ularning gʻoyasiga koʻra qadimiy me’moriy obidalarga boy shaharlarda rekonstruksiya ishlari kompleks tarzda borishi amalga oshirilmayotganligi ularni tashvishga solar edi. Yuqorida ta’kidlanganidek, rekonstruksiya ishlari Samarqand shahrida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlariga oʻxshash boʻlishi lozim ekan.
Shunday qilib, Oʻzbekistonda tarixiy yodgorliklarning muhofaza qilish va ta’mirlashga oid sovet davri amaliyoti respublikada bu sohada tajriba toʻplashga, ta’mir ishining Oʻrta Osiyo maktabini shakllanishiga olib keldi. Bundan tashqari, respublikada mavjud boʻlgan tarixiy va me’moriy obidalarning roʻyxatga olish ishi muntazam yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, 1980-yillar oxiriga kelib, respublikada 7 mingdan ortiq yodgorliklar, shu jumladan 575 tasi – tarixiy, 1457 tasi – san’at, 545 tasi – arxitektura, va 4 mingdan ortiq arxeologik yodgorliklar davlat himoyasiga olindi. Oʻzbekistonning me’moriy obidalarga boy boʻlgan 10 ta shahri tarixiy shaharlar roʻyxatiga kiritildi.
Ammo sobiq Ittifoq davrida qoʻlga kiritlgan ijobiy yutuqlarga nisbatan, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida, shu jumladan madaniy merosga boʻlgan gʻoyaviy-mafkuraviy yondoshuvning zararli ta’siri koʻproq suzildi. Minglab tarixiy obidalar “revolyutsion” oʻzgarishlar ta’sirida buzib tashlandi, qolganlarining aksariyati esa tahqirlandi, madaniy merosligi inobatga olinmadi, ularni xoʻjalik maqsadlarida foydalanish ommalashdi. Asosiy arxitektura yodgorliklari roʻyxatga olinib, davlat muhofazasiga oʻtkazilgan boʻlsa-da, ularning restavratsiyasi va konservatsiyasi uchun juda kam mablagʻ ajratilgan edi.
Koʻpgina masjid-umadrasalar yopildi, ayrimlari molxona va omborxonalarga aylantirildi, achinarlisi, nurab vayrona holga keldi. Masalan, qariyb XI asr guvohi boʻlgan noyob obida Ismoil Somoniy maqbarasi choʻkib ketish havfi ostida qolgan, masjidi Kalon esa toʻrt tomoni nurab, omborxonaga aylangan, ichiga kirib boʻlmas ahvolda edi.
Birgina Navoiy viloyatining Karmana tumanida xalqimizning necha asrlik tarixiga guvoh boʻlgan nodir me’moriy obidalarning katta qismi Sobiq Ittifoq davrida izsiz yoʻq boʻlib ketdi. Xususan, Karmana arki, "Chorminor" madrasa-masjidi, Abdullaxon uyi va masjidi, Hindlar saroyi, egamsaroy, Toʻraqul bobo saroyi kabi oʻnlab obidalar shular jumlasidandir. Yoki 1920-yilda Qizil armiyaning Buxoroga qilgan harbiy xurujining oqibatlari oʻta ayanchli boʻldi. Shaharni qamal qilib uni toʻpga tutilishi, bombardimon qilinishi oqibatida koʻplab me’moriy obidalar buzib tashlandi, keyinchalik esa oʻz holiga tashlab qoʻyildi yoki koʻplab masjid va madarsalar omborxonalarga aylantirildi. Tariqachi Karim Ahmatning bergan ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro amirining “taxtdan agʻdarish” jarayonining oqibatlari quyidagicha boʻldi: shahardagi 47 tanob maydonni egallagan 27 ta guzar hududida, 9 masjid, 582 ta turar joy, 850 doʻkon va ustahonalar, 38 ta karvonsaroylar va 38 nonvoyxonalar buzib tashlangan, sogʻ qolgan (tik holatdagi) binolarning aksariyati oʻq va oskolkalar ta’sirida “bagʻri ilma-teshik” boʻlib ketgan.
1973-yil 9-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 339-sonli qarori bilan respublikamizdagi madaniy meros obyektlariga boy 10 shahar- Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Shaurisabz, Kattaqoʻrgʻon, Karmana, Qoʻqon, Qarshi, Gʻijduvon tarixiy shaharlar roʻyxatiga kiritilgan va bu shaharlarning tarixiy markazlari va qoʻriqxonalari hududidagi barcha yangi qurilish, qayta qurish, va boshqa ishlar Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Fanlar Akademiyasi bilan kelishilgan xolda rejalashtirish va amalga oshirish kerakligi belgilangan. Xuddi shu tartib 2002-yilda qaror qabul yetilgan "Shaharsozlik kodeksi"da ham oʻz aksini topgan.
1967-yil 30-noyabrda Oʻzbekistan Respublikasi Hukumatining 616-sonli qarori bilon Xiva shahridagi 26 gektar maydondagi Ichan-qala devorlari chegarasida joylashgan 51 dona me’moriy yodgorliklar, majmualar negizida "Ichan- qal’a Davlat me’moriy qoʻriqxonasi", 1969-yil da esa Dishan-qal’a hududagi yodgorliklarni qoʻshib "Ichan-qal’a Davlat tarixiy me’moriy-muzey qoʻriqxona" deb e’lon qilinib, shaharning Bosh rejasida uning muhofaza qilish chegaralari va shaharning rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari belgilangan.
Hukumatning 1982-yil 26-maydagi 397-sonli qarori bilon Samarqand shahrining Afrosiyob shahristoni, oʻrta asrlarda Amur Temur davrida bunyod yetilgan me’moriy yodgorliklar va XIX-XX asrlarda qurilgan "yangi shahar"dagi tarixiy binolar, tarix va ulkashunoslik muzeylari asosida "Samarqand Davlat birlashgan tarixiy-me’moriy muzey-qoʻriqxonasi" tuzilgan. Shu yilda shaharning tarixiy qismini muhofazalash hududlari belgilangan. 1983-yil 16-maydagi 308-sonli qarorga binoan Buxoro shahrining 200 gektardan ortiq maydondagi tarixiy markazida joylashgan 125 ta nomlanishdagi monumental me’morchilik va 300 dan ortiq turar-joy binolari va viloyat ulkashunoslik muzeyi negizida "Buxoro Davlat me’moriy-badiiy muzey-qoʻriqxona" tashkil etilgan.
1990-yilda Xivadagi "Ichan-qal’a" (14-sessiya, Kanada), 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya)., 2000-yilda Shahrisabzning Amir Temur va temuriylar davri me’morchilik yodgorliklari (24-sessiya, Avstraliya) va 2001-yilda Samarqand shahrining me’moriy-tarixiy yodgorliklari (25-sessiya, Finlyandiya) "Butunjauon madaniy meroslari roʻyxati"ga kiritilgan.
1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qoʻlga kiritilishining dastlabki kunlaridan e’tiboran ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida boʻlgani kabi madaniyat yodgorliklariga ham munosabat tubdan oʻzgardi. Birinchidan, mamlakatimizda milliy oʻzlikni anglash, tarixiy haqiqat va adolatni tiklash yoʻlida cheksiz imkoniyatlar tugʻildi. Ikkinchidan, ijtimoiy-siyosiy tafakkurning sovet mafkurasi va uning gʻoyaviy qoliplaridan xalos yetilishi, oshkoralik va hurfikrlilik tufayli ilgari soxtalashtirilib kelingan tarixni tiklash, uni haqqoniy va xolisona yoritish uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Uchinchidan, tarixiy haqiqatni tiklash va uni xalqqa yetkazish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi hamda bu borada ulkan ishlarni amalga oshirishga kirishildi.
Qarovsiz qolgan diniy ma’rifiy obidalar, tabarruk ziyoratgohlarning qayta tiklab–ta’mirlash ishi davlatning bevosita rahnamoligida amalga oshiriladigan boʻldi. Mamlakatda jamiyatning ma’naviy yangilanishi davrida tarixiy-me’moriy merosning va shaharsozlik an’analarining saqlanishi va qayta tiklanishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan dolzarb masalalar qatoridan oʻrin oldi.
Adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Milliy Yensiklopediyasi. 13-jildlik. T., «OʻzME», 2000-2006 y.
2. Oʻzbekiston tarixi. T., «Universitet». 1999.
3. Murtazayeva R va Oʻzbekiston tarixi (ma’ruzalar matni). T., 2000.
4. Ziyoyev X. Oʻzbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixidan. T., 2001.
5. Azamat Ziyo. Oʻzbek davlatchiligi tarixi. T.. «Sharq», 2000.
Download 32.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling