2-Mavzu: Tarjimonning kasbiy faoliyati va malakasi Reja
-bob. Malaka imtihonini topshirish tartibi
Download 32.71 Kb.
|
2-mavzu
4-bob. Malaka imtihonini topshirish tartibi
Malaka imtihoni 15 nafar talabgordan kam bo‘lmagan guruhlar shakllantiril- gan holda, lekin ikki oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. 19. Malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumot uni o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kundan kechiktirmay Ishchi organ va Qo‘mitaning rasmiy axborotresurslarida joylashtiriladi. 20. Malaka imtihoni Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan 9 kishidan iborat imtihon komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Imtihon komissiyasi tarkibiga Qo‘mita, Ishchi organning mas’ul shaxslari hamda tarix, arxitektura, dinshunoslik, tilshunoslik sohasidagi oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, turizm sohasi subyektlari vakillari, shuningdek oliy toifaga ega gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar kiritiladi. Imtihon komissiyasi bir yillik muddatga tuziladi. Zaruratga qarab Qo‘mita raisining qarori bilan imtihon komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin. Imtihon komissiyasi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi. Imtihon komissiyasining raisi Qo‘mitaning vakolatli vakili, komissiya kotibi Ishchi organ vakili hisoblanadi. 21. Talabgorlar malaka imtihonini topshirishda pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasini taqdim etadi. 22. Hujjatlari imtihondan o‘tishga taqdim etilgan, lekin pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat taqdim etmagan yoki imtihonga kechikkan, yoki uzrli sabablarga ko‘ra imtihonga kela olmagan talabgorlar navbatdagi malaka imtihoniga kiritiladigan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi hamda bu haqda bevosita, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda xabardor qilinadi. 23. Talabgor tartibga muvofiq ikki marta ogohlantirilgan va malaka imtihoniga kelmagan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Ushbu holatda malaka imtihonini topshirish uchun to‘langan yig‘im kaytarilmaydi. 24. Hujjatlarni kayta rasmiylashtirish ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. 25. Malaka imtihoni ikki bosqichda o‘tkaziladi: Download 32.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling