2-Mavzu: Tarjimonning kasbiy faoliyati va malakasi Reja
-bob. Apellatsiyani ko‘rib chiqish tartibi
Download 32.71 Kb.
|
2-mavzu
5-bob. Apellatsiyani ko‘rib chiqish tartibi
48. Malaka imtihoni natijalariga ko‘ra, imtihondan o‘ta olmagan yoki huquqlari buzilgan talabgorlar malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kunida Qo‘mitaning apellatsiya komissiyasiga apellatsiya berish (yozma ravishda) huquqiga ega. 49. Apellatsiya komissiyasi Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan Qo‘mita va professional hamjamiyatlar vakillaridan iborat bo‘lgan, imtihon komissiyasiga kirmaydigan, besh kishidan kam bo‘lmagan tarkibda tuziladi. Apellatsiya komissiyasi bir hafta ichida taqdim etilgan apellatsiyani ko‘rib chiqadi va talabgorga qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabar beradi. 50. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Apellatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: imtihon komissiyasi qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish; imtihon komissiyasi qarorini bekor qilish va takroriy malaka imtihonini belgilash; apellatsiyani qanoatlantirish va malaka sertifikati va beyjik berish, shuningdek talabgor haqidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish. 51. Malaka imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror apellatsiyada ko‘rsatilgan dalillar tasdiqlanmaganida qabul qilinadi. 52. Agar malaka imtihonini qayta topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, Apellatsiya komissiyasi malaka imtihonini topshirmagan deb topilgan talabgor uchun takroriy imtihon topshirish kunini belgilaydi. Apellatsiya komissiyasining qarori bilan belgilangan qayta malaka imtihoni uchun malaka sertifikatini olish bo‘yicha yig‘im undirilmaydi. 53. Apellatsiyani qanoatlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Apellatsiya komissiyasi malaka sertifikati va beyjik berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu esa Ishchi organ tomonidan talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish uchun asos bo‘ladi. 54. Apellatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat kilish mumkin. Download 32.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling