2-Mavzu: Tarjimonning kasbiy faoliyati va malakasi Reja


-bob. Talabgorga qo‘yiladigan talablar. Malaka imtihonini topshirish


Download 32.71 Kb.
bet5/10
Sana01.04.2023
Hajmi32.71 Kb.
#1316404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu

2-bob. Talabgorga qo‘yiladigan talablar. Malaka imtihonini topshirish
uchun taqdim etiladigan hujjatlar
8. Malaka imtihonini topshirish uchun talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lishi;
b) “gid (gid-tarjimon)” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga yoki “mahalliy gid” va “yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi” mutaxassisliklari bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus professional ma’lumotga yoki “ekskursiya faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjatga ega bo‘lishi;
v) belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarini o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi.
9. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun Ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda malaka imtihonini topshirishga ruxsat olish to‘g‘risidagi ariza;
b) oliy yoki o‘rta va o‘rta maxsus professional ma’lumot haqidagi diplom, oliy yoki o‘rta va o‘rta maxsus professional ma’lumotning tan olinganligi haqidagi sertifikat, yoki qayta tayyorlash kursidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
v) ikki dona oq fonda fotosurat (3x4 hajmda), shuningdek elektron variantda;
g) malaka imtihonini topshirish va malaka sertifikatini olish (rasmiylashtirish) uchun bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) bir barobari miqdoridagi yig‘im (keyingi o‘rinlarda — malaka sertifikatini olish uchun yig‘im) amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati;
e) 086 shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma (yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar uchun);
Talabgordan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar talabgor tomonidan Ishchi organga bevosita, pochta aloqasi yoki elektron pochta orqali ularni olinganligini tasdiqlovchi xabarnoma bilan birga topshiriladi. Topshirilgan hujjatlar qaytarilmaydi.
3-bob. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qilish tartibi
11. Ishchi organ ariza tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida talabgorning malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
12. Ishchi organ quyidagi asoslarga ko‘ra talabgorning malaka imtihoni topshirishini rad etadi:
a) talabgor mazkur Nizomning 8-bandi talablariga javob bermaganda;
b) hujjatlarda noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilganligi aniqlanganda.
13. Boshqa asoslarga ko‘ra talabgorning malaka imtihonini topshirishini rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Talabgorning malaka imtihonini topshirishi rad etilgan taqdirda Ishchi organ tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi va talabgorga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda, qabul qilingan qaror haqida bir ish kuni ichida rasmiy ravishda xabarnoma yuboriladi.
15. Malaka imtihonini topshirish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomada aniq qonunchilik normalariga muvofiq rad etilganlik sabablari va talabgor ushbu sabablarni bartaraf etgan holda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqilishi uchun topshirishi mumkin bo‘lgan muddat (uch oydan ko‘p bo‘lmagan) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
16. Malaka imtihonini topshirishi rad etilgan talabgor rad etilishiga sabab bo‘lgan e’tirozlarni bartaraf qilgan holda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
17. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlarga uni o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi haqida malaka imtihoni o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali xabar beriladi.
Talabgorning malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish haqida qaror qabul qilinganda u malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar
ro‘yxati imtihon komissiyasiga taqdim etiladi.

Download 32.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling