2-Mavzu. To’qima o’rilishini tariflovchi ko’rsatkichlar, To’quv o’rilishlarni qog’ozda tasvirlash Reja


Download 112.75 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi112.75 Kb.
#1003107
  1   2
Bog'liq
2-Mavzu. To’qima o’rilishini tariflovchi ko’rsatkichlar, To’quv


2-mavzu

2-Mavzu. To’qima o’rilishini tariflovchi ko’rsatkichlar, To’quv o’rilishlarni qog’ozda tasvirlash


Reja:
1. O’rilishni tariflovchi ko’rsatkichlar tanda va arqoq bo’yicha rapportlar, siljish soni, tanda va arqoq qoplanishlar soni.
2. to’quv o’rilishlarni ishlab chiqarish, to’liq taxlash dasturi.
3. Iplarni shodalardan o’tkazish tartiblari.
4. To`quv o’rilishlarni tasnifi. zu. To’qima o’rilishini tariflovchi ko’rsatkichlar, To’quv o’rilishlarni qog’ozda tasvirlash


Reja:
1. O’rilishni tariflovchi ko’rsatkichlar tanda va arqoq bo’yicha rapportlar, siljish soni, tanda va arqoq qoplanishlar soni.
2. to’quv o’rilishlarni ishlab chiqarish, to’liq taxlash dasturi.
3. Iplarni shodalardan o’tkazish tartiblari.
4. To`quv o’rilishlarni tasnifi.


Tayanch so’z va iboralar.
To`quv, o`rilish, taxtlash, polotno, sarja, atlas, dastur, omillar, o`tkazish.

To`qima (gazlama) to`quv dastgohida o`zaro perpendikulyar joylashgan ikki sistema iplarning ma`lum tartibda o`rilishlari natijasida hosil bo`ladi. To`qima uzunligi bo`ylab joylashgan iplarni tanda, ko`ndalang joylashgan iplar esa arqoq iplari deb ataladi.


To`qima bo`lak uzunligi, eni va qalinligi bilan ta`riflanadi.
To`quv dastgohidan olinadigan bo`lakdagi to`qima uzunligi turlicha bo`lib ular o`rtacha 20 metrdan 50 metrgacha bo`lishi mumkin. Og’ir vaznli to`qimalarni bo`lakdagi uzunligi kamroq, engillari esa uzunroq bo`ladi.
To`qima eni santimetrda o`lchanib u asosan to`qimadan nima tikilishiga boqliq. Tayyor to`qimalar eni 30 smdan 180 smgacha bo`lib, ayrim texnik to`qimalar pilta, pilik, tasma va boshqalar o`zgacha bo`lishi xam mumkin.
To`qima qalinligi, u ishlab chiqarilgan tanda va arqoq iplarini yo`g’onliklariga va ularning tuzilishiga boqliq.
Xalq xo`jaligini turli tarmoqlarida ishlatiladigan to`qimalarni tuzilishi turlicha bo`lib ular ma`lum talablarga javob berishi lozim.
To`qima tuzilishi deb, tanda va arqoq iplarini o`zaro ma`lum tartibda joylashishlari va o`zaro boqlanishiga aytiladi.
To`qimaning tuzilishi uning sirt ko`rinishi (bezagi) va fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlaydi. To`qimaning tuzilishi bir qator omillarga boqliq:
-tanda va arqoq ipining turi, chiziqiy zichligi va ularning nisbatlariga;
-to`qimani tanda va arqoq bo`yicha zichligi va ularning nisbatlariga;
-to`qimada iplarni o`zaro o`rilish turiga;
-to`qimaning to`quv dastgoxida to`qilish va texnologik taxtlash shart sharoitlariga.
To`qima to`quv dastgoxida, tanda va arqoq iplarini bir- biriga ta`siri natijasida shakllanadi. Shu davrda iplar to`qri chiziqli shaklini to`lqinsimon shaklga o`zgartiradilar. Bu jarayondagi iplarni egilish darajalari to`qima tuzilishini aniqlovchi omillarga boqliq.
Agar u yoki bu sistemadagi iplarning chiziqiy zichligi o`zgarsa, bunda ularning to`qimadagi egilishi xam o`zgaradi. Tanda ipning chiziqiy zichligini oshishi va arqoq ipning chiziqiy zichligini kamayishi bilan tanda ipining egilishi kamayadi, ya`ni tanda ipning joylashishi to`qimada to`qri chiziqli xolatga yaqinlashadi, arqoq ipi bo`lsa, yanada ko`proq egiladi. Buning natijasida to`qimaning tuzilishi o`zgaradi, bu bilan birga uning fizik-mexanik xususiyati xam o`zgaradi. Bundan tashqari ipning turi xam to`qimaning tuzilishiga ta`sir qiladi (tolaning turi, pishitilish kattaligi, tayyorlash uslubi). To`qimachilik korxonalarida xom ashyo sifatida xar xil tolalardan tarkib topgan xom iplar, buralgan iplar, kimyoviy komplekslar, mono iplar va boshqalar ishlatiladi.
To`qima ishlab chiqarishda ko`p xollarda tanda va arqoq iplarining yo`qonligi turlicha bo`ladi. To`quv dastgoxlarini unumdorligini oshirish maqsadida arqoq ipi yo`g’onroq (katta teksli) bo`ladi, lekin bundan xamma vaqt xam foydalanib bo`lmaydi, chunki bu to`qimaning umumiy tuzilishi va sirt bezagiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Arqoq ipi tandadan yo`g’on bo`lsa, bo`ylama yo`l-yo`l chiziqlar, tanda arqoqdan yo`qon bo`lganda to`qima sirtida ko`ndalang yo`l-yo`l chiziqlar paydo bo`ladi.
To`qimaning tuzilishiga ta`sir etuvchi omillardan yana biri to`qima zichligi. To`qima zichligi deb uning uzunlik birligiga to`qri kelgan iplar soniga aytiladi. To`qima zichligi tanda va arqoq bo`ylab aniqlanadi. To`qimaning tanda bo`yicha zichligi uning 10 sm eniga to`qri kelgan tanda iplar soniga aytiladi. 10 sm to`qima uzunligiga to`qri kelgan arqoq iplar soniga to`qimaning arqoq bo`yicha zichligi deyiladi. To`qimaning zichligi iplarni to`qimada joylashish takrorlanishini ko`rsatib, iplar orasidagi masofa qancha katta bo`lsa, to`qima shuncha siyrak bo`ladi. Zich to`qimalarda iplar orasidagi masofa kichik bo`ladi, to`qima esa qalin bo`ladi.
To`qimaning zichligi, uning mexanikaviy xususiyatlariga ta`siri katta. Zichlik oshishi bilan to`qimaning emirilishiga qarshilik ko`rsatish qobilyati va vazni oshadi, lekin xavo o`tkazuvchanligi kamayadi.
To`qima pishiqligi iplar sonini ko`payishiga, ya`ni to`qima uzunligi birligidagi tolalarni ko`payishiga bog’liq.
Zichlik katta bo`lgan sari, iplarni egilish soni ko`payadi, demak iplardan tolalarni sochilishiga imkon kamayadi. Iplarni o`zaro o`rilishi ko`paygan sari ularni o`zaro bog’lanishi xam kuchayadi.
Tanda va arqoq iplarining orasidagi masofaga qarab, to`qimalar quyidagilarga bo`linadi:
ikki ip orasidagi masofa, iplar diametridan yoki ko`ndalang kesmadan katta bo`lsa, to`qima siyrak deyiladi.
Iplar oraliqi ko`ndalang kesmadan kichik bo`lsa to`qima qalin deyiladi. Oraliq bilan diametrlar teng bo`lsa o`rtacha to`qima deyiladi.
Tanda va arqoq iplarini yo`qonligi (tt, ta)lari va zichlik (rt, ra) larini nisbatlariga qarab to`qimalar muvozanatlash-tirilgan va muvozanatlashtirilmagan deyiladi.
Iplarni yo`qonliklari va zichliklari bo`yicha muvozanatlash-tirilgan (tt = ta, rt = ra) to`qimalarni “kvadrat tuzilishli to`qimalar” deb yuritiladi.
Muvozanatlashtirilmagan to`qimalarni quyidagi guruxlarga bo`lish mumkin:
Ip yo`g’onliklari teng, zichliklari turli to`qimalar
(tt = ta, rt ra).
zichliklari teng, iplarni yo`qonligi turlicha
(tt  ta, rt = ra).

To`qima tuzilishini ta`riflovchi zichlik (rt ra)lar, xaqiqiy (texnologik), maksimal (geometrik) va chegaralangan zichliklarga bo`linadi.


Xaqiqiy zichlik to`quv dastgoxidan olingan to`qimadagi 10 sm uzunlikka to`qri keladigan iplar soni, ularni qiymati to`qimani taxtlash ko`rsatkichlarida keltirilgan yoki meyoriy xujjatlarda aks topgan bo`ladi.
Maksimal geometrik bo`yicha zichlik deb iplarning diametrik oraliq orqali topilgan miqdoriga aytiladi.
rm = t / d
bu erda: d - ip diametri.
Chegaralangan zichlik nafaqat ip diametrlari, ular orasidagi masofaga xam boqliq:
Rch = t / (d+a)
bu erda: a - iplar orasidagi masofa
To`qima zichligi (xaqiqiy chegaralangan) matoni zichlanish darajasi to`qrisida to`liq tasavvur bermagan, chunki to`qimani tolali materiallar bilan zichlanganlik darajasi faqat iplar soni bilan aniqlashdan tashqari, boshqa ko`rsatkichlarga xam boqliq va ular to`qrisida aloxida gap yuritiladi.



Download 112.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling