2-Mavzu. To’qima o’rilishini tariflovchi ko’rsatkichlar, To’quv o’rilishlarni qog’ozda tasvirlash Reja
To`qimaning to`liq taxtlash dasturi
Download 112.75 Kb.
|
2-Mavzu. To’qima o’rilishini tariflovchi ko’rsatkichlar, To’quv
To`qimaning to`liq taxtlash dasturi
To`quv dastgoxini taxtlash va unda berilgan o`rilishli to`qima ishlab chiqarishdan avval uni taxtlash rasmi tuziladi.Taxtlash rasmi to`qimani ishlab chiqarish texnologik shart- sharoitlarini chizma tasviri bo`lib undagi elementlar ma`lum tartibda joylashgan bo`ladilar, 3 - rasm.
1.3 – rasm. To`qimaning to`liq taxtlash dasturi. 1 –o`rilish tasviri, 2 – tanda iplarini tiqdan o`tkazish tartibi, 3–tanda iplarini shodadan o`tkazish tartibi, 4 –shodalarni ko`tarilish tartibi, 5 – arqoq iplarini qirqimi, 6-tanda iplarni qirqimi. To`qimani taxtlash rasmidagi birinchi elementi, o`rilishni shartli tasviri bo`lib, unda tik chiziqlararo masofa tanda iplarini ko`rsatib ma`lum tartibda raqamlar bilan belgilangan. Yotiq chiziqlararo masofa esa arqoq iplarini ko`rsatib ma`lum tartibda raqamlar bilan belgilangan. O`rilish tasviridagi tanda iplarini davomida, shu iplarni tig’dan va shodalardan o`tkazish tartibi keltirilgan. Bizni misolda (3- rasm) tiqning xar biri tishidan ikkitadan tanda iplari o`tkazilganligi ko`rsatilgan. Uchinchi element – tanda iplarini shodalardan o`tkazish tartibida yotiq chiziqlararo masofa shodalarini shartli tasvirlab, har bir shoda o`z raqami bilan belgilangan. Kataklarda ko`rsatilgan aylanalar ( o ), qaysi shodadan, qaysi tanda ipi o`tganligini bildiradi. Keltirilgan misolda 1 – tanda ipi, 1 – shodani gulasidan, 2 – tanda ipi, 2 – shodani gulasidan va xakazo tartibda iplar o`tkazilgan. To`qimani taxtlash rasmidagi to`rtinchi elementda, yotiq chiziqlararo masofalar shodalarni davomi bo`lib, ular bilan kesishgan tik chiziqlar arqoq iplarini tashlash tartibini ko`rsatadi. Kataklardagi belgi (x), qaysi arqoq tashlanganda, ko`tariladigan shodani ko`rsatadi. Misol, birinchi arqoq tashlanganda 1,3,5 shodalar, to`rtinchi arqoq tashlanganda 1,2,5,6 shodalar ko`tariladi. Shodalarni ko`tarilish tartibiga qarab berilgan o`rilishni to`quv dastgoxida ishlab chiqarish dasturi tuziladi. Taxtlash rasmida 5,6 elementlar iplarni ko`ndalang va bo`ylama kesimlari, asosan murakkab to`qimalarni taxtlash rasmida keltiriladi. ko`p xollarda to`qimani taxtlash rasmini 1,3 va 4 elementlarini tuzish bilan kifoyalanadi. Bunda uch turli masala echilishi mumkin. 1. Berilgan o`rilish tasviri va tanda iplarini shodalardan o`tkazish tartibiga ko`ra, shodalarni ko`tarilish tartibini aniqlash (1.4 - rasm). bunday masalani echishda, o`rilish tasviridan 1 arqoq ipini xomuzaga tashlashda 1 va 2 tanda iplarini ko`tarish lozim. (bu tanda Iplari 1-arqoq ipi o`rilganda, ular tanda qoplashishini ta`minlaydi), bu tanda iplari 1 va 2- shodalarga o`tkazilgan, demak ularni ko`tarilishi belgilanadi. 2 - arqoq tashlanganda 2 va 3 tanda iplari, 3 - arqoqda 3 va 4 tanda va 4 - arqoq tashlashda 1 va 4 iplarni ko`tarilishi belgilanadi. 2. Berilgan shodalarni ko`tarilish va tanda iplarini shodalardan o`tkazish tartibi bo`yicha o`rilish tasvirini tuzish.
1.4 - rasm 1.5 - rasm. 5 -rasmdan, Shodalar ko`tarilish tartibida (4 - element) birinchi arqoq tashlanganda 1-shoda, unga esa birinchi tanda ipi o`tkazilganligi, ikkinchi arqoq tashlanganda, ikkinchi shoda unga esa 2 va 6 tanda iplari o`tkazilganligi, uchinchi arqoq tashlanganda 3-shodani ko`tarilishi, unga 3,5 va to`rtinchi arqoq tashlanganda 4- shodani ko`tarilishi, unga 4 - tanda ipi o`tkazilganligi asosida o`rilish tasviri tuziladi. 3. Berilgan o`rilish tasviri va shodalarni ko`tarilishi tartibi bo`yicha, tanda iplarini shodalardan o`tkazish tartibini aniqlash. Masala xar bir tanda ipini o`rilishini shodani ko`tarili tartib bilan taqqoslash asosida echiladi. Masalan, 6-rasmda birinchi tanda ipini o`rilish tasviridan qarab uni birinchi va to`rtinchi arqoq iplari bilan o`rilishda tanda qoplanishini xosil qilishni ko`ramiz. Shodalar ko`tarilishi tartibida 1 va 4 arqoq iplari tashlanganda qaysi shoda ko`tarilishi aniqlab, bizni misolda birinchi shodaga birinchi tanda ipini o`tkazishni belgilaymiz. Yana bir misol tariqasida, beshinchi tanda ipini 3 va 5 arqoq ipi tashlanganda 5 shodani ko`tarilish asosida 7- tanda ipini 5 shodadan o`tkaziladi. Boshqa tanda iplarini shu taxlil asosida shodalardan o`tkazish tartibi aniqlanadi.
1.6 – rasm To`quv dastgoxida to`qima shakllanishida navbatma - navbat tanda iplari arqoq iplari ustida joylashuvi natijasida yaratilgan tarkibiy tuzilishni to`quv o`rilishi deyiladi, 1.1- rasm.
To`quv o`rilishi, tanda va arqoq iplarini o`zaro qoplashlar tartibini ko`rsatadi. Tanda ipini arqoq ipi ustida joylashishini tanda qoplashi, arqoq ipini tanda ustida joylashishini esa arqoq qoplashi deyiladi. Tanda va arqoq iplari qoplashlarini turli tartibda joylashishi natijasida turli to`quv o`rilishlarini olish mumkin. To`quv o`rilishi to`qimani sirt bezagi, fizik- mexanikaviy xususiyatlari va dastgohda ishlab chiqarish shart-sharoitlarni aniqlovchi omillardan biri bo`lib, u shuningdek, xom ashyo sarfiga ham ta`sir etadi. 1.1- rasmda eng oddiy o`rilish tasviri keltirilgan bo`lib, unda tik yo`nalish bo`ylab tanda iplari, ko`ndalangiga arqoq iplari joylashgan. Iplar orasidagi masofa esa to`qimani tanda va arqoq bo`yicha zichligiga boqliq. To`quv o`rilishini bu usulda tasvirlash, ayniqsa, murakkab o`rilishni tasvirlash ancha qiyinchiliklarni keltiradi. To`quvchilik amaliyotida o`rilishni shartli tasvirlash usuli qo`llaniladi.Ko`rsatilgan o`rilishni shartli tasviri 1.2 - rasmda keltirilgan. Unda tik joylashgan kataklar qatori - tanda iplarini, ko`ndalang kataklar qatori arqoq iplarini ko`rsatadi. Shartli tasvirda bo`yalgan kataklar tanda qoplashi, bo`yalmagan kataklar esa arqoq qoplashini ko`rsatadi. To`quv o`rilishini turlari juda ko`p bo`lib ular bir- biridan quyidagi ko`rsatkichlari bilan farq qiladi: tanda bo`yicha o`rilish rapporti rt arqoq bo`yicha o`rilish rapporti ra qoplashlarning siljishi s tanda bo`yicha qoplash soni qt arqoq bo`yicha qoplash soni qa Tanda bo`yicha o`rilish rapporti deb, nechta tanda ipidan so`ng iplarni o`rilish tartibining qaytarilishiga aytiladi. Arqoq bo`yicha o`rilish rapporti deb, nechta arqoq ipidan so`ng iplarni o`rilish tartibining qaytarilishiga aytiladi. Qoplashlarning siljishi deb keyingi qoplash oldingi qoplashga nisbatan nechta ipga siljishiga aytiladi. Tanda yoki arqoq qoplashlar soni deb, biror tanda ipini rapportida arqoq iplari o`rilishida hosil bo`lgan tanda yoki arqoq qoplashlar soniga aytiladi. Tanda va arqoq iplari o`zaro o`rilishadi va bir-biriga ta`siri natijasida turli tuzilishdagi to`qima hosil qiladilar. O`zaro o`rilib, tanda va arqoq iplari to`qimani ikki tomonida joylashib, uni yuqori va pastki tomonlarini hosil qiladilar. Iplar to`qimani u yoki bu tomoniga chiqishlari turlicha bo`lishi mumkin. Tanda iplaridan har biri va arqoq iplaridan to`qimani bir tomoniga birin-ketin chiqishlari mumkin. Bu holda ular navbatma- navbat o`zaro o`rilishadi ( 1.1, 1.2 - rasmlar ). Demak, to`qima tuzilishini boshqa ko`rsatkichlari teng bo`lgan xoli iplarni egilishi ham bir xil bo`ladi, shuningdek ularni to`qimada joylashishlari ham bir xil bo`ladi. Tanda va arqoq iplari o`zaro birin-ketin o`rilmasidan, bir nechta ipdan keyin o`rilishsa, ularni to`qimada joylashishlari boshqacha bo`ladi. Masalan, iplar to`qimani bir tomonida bitta ipdan keyin, boshqa tomonida esa ikkita, uchta ipdan keyin o`rilishadi. Shunday qilib iplarni to`qimada turlicha joylashtirilishi natijasida xilma xil o`rilishlar turini yaratish mumkin. To`qimani tanda va arqoq bo`yicha zichliklari o`rilish turiga bevosita boqliq. Masalan, iplar birin ketin o`rilishsa tanda bo`yicha xam, arqoq bo`yicha xam zichliklar miqdori kichik bo`ladi, ular bir- birini egishi natijasida qarama qarshi sistema iplarini yaqinlashishlariga imkon bermaydilar. Agar iplar to`qimani boshqa tomoniga bir nechta iplardan keyin o`tsa, qarama-qarshi sistema iplari bir- biriga yaqin joylashishadi, ya`ni zichlik kattalashadi. Demak turli o`rilishlarda, to`qimani tanda va arqoq bo`yicha zichliklarini o`zgartirish to`qima tuzilishini o`zgarishiga olib keladi. To`qimaning tuzilishini aniqlovchi omillardan ya`na biri, to`quv dastgoxida tanda va arqoq iplarini tarangligi, to`qimani taxtlash va ishlab chiqarish shart - sharoitlari. Taranglikni oshishi bilan iplarni to`qimada egilish miqdori kamayadi. Iplarni tarangligi o`zgarishi shuningdek to`qimani tanda va arqoq bo`yicha zichliklarni o`zgarishiga sabab bo`ladi, bu esa o`z navbatida iplarni egilish darajasini o`zgartiradi. To`quv dastgoxida tanda iplarini tarangligini o`zgartirish uchun, uni taxtlash miqdori, xomuzani o`rta xol miqdori va xomuzani balandligini o`zgartirish bilan erishiladi. To`qimani tuzilishini aniqlovchi omillarni umumlashtirilgan ko`rsatgich tanda va arqoq iplarini to`quvchilikda qisqarish miqdori bilan xam ifodalanadi. To`qima xosil bo`lish jarayonida iplarni egilishi natijasida to`qimaga sarf bo`lgan ip uzunligi, xosil bo`lgan to`qima o`lchamidan katta bo`ladi. Bu miqdorni foizdagi ifodasi iplarni to`quvchilikdagi qisqarishi deyiladi va u quyidagicha aniqlanishi mumkin. (1. 1). bu erda: at -tanda iplarni to`quv jarayonida qisqarish miqdori, %. lt -to`qimaga sarf bo`lgan tanda iplarining uzunligi, sm. ltq -hosil bo`lgan to`qimaining uzunligi, sm. To`quv jarayonida arqoq iplarini qisqarish miqdori ( aa) (1. 2). bu erda: la -to`qimaga sarf bo`lgan arqoq ipini uzunligi, sm. Vx -xom to`qima eni, sm. Tanda va arqoq iplarini to`quvchilikda qisqarish miqdori nafaqat to`qimani tuzilishiga, unga sarf bo`lgan xom ashyo miqdoriga ham ta`sir etadi. Iplarni to`quvchilikda qisqarish miqdorini aniqlashda bir nechta amaliy usullar mavjud.To`qima namunasidan chiqarib olingan ip uzunligi bilan namuna o`lchamlarini farqini foizda topish:To`qima ishlab chiqarishda tanda ipini oxorlashda belgilab, undan hosil bo`lgan to`qima uzunliklarini farqini topish: To`qimani tiq bo`yicha enidan hom to`qimaning enini ayirish va boshqa usullar.Yangi loyihalangan to`qimada iplarning qisqarish miqdorini analitik aniqlash to`qima tuzilishining nazariyasida ko`riladi. To`quvchilikda qo`llaniladigan tanda iplarini o`tkazish turlari xilma xil bo`lib ular bir - birlaridan qay tartibda o`tkazishligi bilan farq qiladi. Tanda iplarini shodalardan o`tkazish tartibini tanlashda, o`rilishni tanda bo`yicha rapporti (rt) va shodalar soni (ksh) ko`rsatkichlardan tashqari, o` tkazish rapporti (ru) ni xam xisobga olish zarur. O`tkazish rapporti deb, tanda iplarining shodalardagi gulalardan ma`lum tartibda o`tkazishni qaytarilishdagi iplar soniga aytiladi. Ishlab chiqarishda mavjud o`tkazish turlari juda ko`p bo`lib, ular biri- biridan, o`tkazish ko`rsatkichlar (rt, ksh, ru) ni qanday boqliqligi bilan farq qiladilar. Xamma turdagi o`tkazishlarni 3 guruxga bo`lish mumkin. Birinchi gurux o`tkazishda rt=ksh=ru bo`lib tanda iplarini shodalardan bu tartibda o`tkazishni qator o`tkazish deyiladi, 1.7-rasm
1.7- rasm. Qator o`tkazish Bu eng sodda va ko`p ishlatiladigan o`tkazish. Bunday o`tkazish turida tanda iplari qatoriga ketma-ket o`rnatilgan shodalardan, ya`ni birinchi tanda ipi birinchi shodaga o`tkazilsa, ikkinchi tanda ipi ikkinchi shodaga va xakazo. Bu iplarni tamom bo`lguncha qaytarilib boradi. O`tkazish rapporti shodalar soniga boqliq bo`lib, shodalar soni esa o`rilish rapportiga teng bo`ladi.Qator o`tkazish xar xil o`rilishlar uchun ishlatiilishi mumkin. Bu o`tkazishning kamchiligi o`rilish rapporti katta bo`lganda shodalar soni Ko`payib ketishi. Bundan tashqari tanda iplarining zichligi katta bo`lganda, gulalar zichligi xam yuqori bo`ladi. Bu xolat iplarning uzilishini ko`payishiga olib keladi. Ikkinchi gurux o`tkazishda rt Ikkinchi gurux o`tkazishda tanda iplari oldin toq shodalardan keyin juft shodalardan o`tkaziladi. Bundan keyin tartib yana qaytarila boradi. Misol: agarda o`rilishni tanda bo`yicha rapporti rt=2 ip bo`lsa va shodalar soni ksh=6 bo`lsa tanda iplari quyidagi tartibda o`tkaziladi. 1- tanda ipi 1- shodaga, 2- tanda ipi 3- shodaga, 3- tanda ipi 5- shodaga, 4- tanda ipi 2- shodaga, 5- tanda ipi 4- shodaga va 6- tanda ipini 6- shodaga o`tkaziladi. (1.8 - rasm)
1.8 - rasm. Sochma o`tkazish. Bu o`tkazish yordamida xar xil o`rilishdagi to`qimalar ishlash mumkin bo`ladi. Qator o`tkazishga nisbatan bu turdagi o`tkazishni tanda iplari zich bo`lganda tatbiq etilsa tanda iplarini uzilishini kamaytirish mumkin bo`ladi.Bunday o`tkazish bilan polotno o`rilish xosil qilish mumkin. Bu xolda shodalar ikki guruxga bo`lingan xolda xar bir guruxdagi shodalar birgalikda xarakatda bo`ladilar. Bu o`tkazishning kamchiligi shundaki, o`rilish rapporti oshgan sari shodalar sonini ko`paytirishga olib keladi.Polotno o`rilish uchun shodalar ikki guruxga bo`lingandan so`ng toq iplar 1 gurux shodalarga, juft iplar 2 gurux shodalariga o`tkaziladi. Bu tartibda o`tkazishni sochma o`tkazish deyiladi. Uchinchi - gurux o`tkazishda rt = ru > ksh. Bu guruxdagi o`tkazishlar har xil. Bularning hammasida ham shodalarning sonini qisqartirish asos qilib olingan. Shodalar soni qancha kam bo`lsa, ularni o`rnatish va dastgohda to`qima ishlab chiqarish shunchalik engillashadi. Bu guruxdagi o`tkazishda shodalar soni o`rilish va o`tkazish rapportidan kam bo`ladi. O`tkazishni quyidagi turlarga bo`lish mumkin.Qaytma oddiy o`tkazish - tanda iplari oldin qator shodalardan o`tkaziladi va orqaga qaytishda esa orqadan qarab qator o`tkaziladi. Bunday o`tkazish simmetrik naqshli o`rilishlar uchun ishlatiladi.1.9 - rasmda qaytma oddiy o`tkazish ko`rsatilgan. Bunda 6 ta shodaga 10 ta tanda ipi o`tkazilishi ko`rsatilgan. Bunday o`tkazishda, o`tkazish raporti shodalar sonini ikkiga ko`paytirilgan sonidan ikkitaga kam bo`ladi. ry=ksh.2-2 (1.3)
1.9 - rasm. Qaytma o`tkazish. Qaytma ikkilangan o`tkazish, oldingi ko`rilgan oddiy qaytma o`tkazishga o`xshash bo`lib, undan farqi shundaki, oxirgi shodaga ketma-ket ikkita ip o`tkaziladi. Qaytma ikkilangan o`tkazish rapporti shodalarning ikki marta ko`paytirilganiga teng bo`ladi. /rt =2ksh/, ya`ni o`tkazilgan iplar soni Shodalarga nisbatan ikki marta ko`p bo`ladi. Bu o`tkazishda har bir shodaga ikkitadan ip o`tkazilganligi uchun xamma shodalar bir xil xolatda ishlaydi, bu o`tkazish oldingiga nisbatan kam qo`llaniladi, chunki qaytish joyida to`qimada yo`l-yo`l chiziqcha xosil bo`lib qoladi. Bundan tashqari qaytma ikkilangan o`zgartirish o`zgartirilgan xolda, boshqacharoq xam bo`lishi mumkin. Bunday o`tkazish o`rilishning naqshiga qarab olinadi va shodalar soni o`rilish rapportiga nisbatan ancha kam bo`ladi.
1.10 - rasm. To`p- to`p o`tkazish. Bu turdagi o`tkazish to`qimada xar turli o`rilish bo`lganda qo`llaniladi. Bu o`rilishlar to`qimada uzunasiga joylashishi mumkin, yoki ikki qatlamli to`qimalarda yuqori qatlam iplari boshqa o`rilish bo`yicha o`rilsa, pastki qatlam iplari boshqacha o`riladi. Bu xolda shodalar ikki bo`lakka bo`linib va xar qaysi bo`lagiga bir xil o`rilishdagi iplarni o`tkaziladi. O`tkazish quyidagicha bo`lishi mumkin: to`qimaning yuqori qatlami birinchi ipi to`plam shodalarining birinchisiga pastki qatlam ipi ikkinchisiga pastki qatlam ipi ikkinchi to`plam shodalarining birinchisiga o`tkaziladi. Iplarning tartibi to`qimaning to`qilishi va o`rilishiga bog’liq bo`ladi.
1.11 - rasm. Xar bir to`plam o`zining o`tkazish rapportiga ega bo`ladi. To`plamning soni o`rilish turlarining soniga teng bo`ladi. To`plamdagi shodalar soni o`rilish rapportiga bog’liq bo`ladi. 1.11 - rasmda ikki to`plamlik o`tkazish ko`rsatilgan. Birinchi to`plamda 4ta shoda va ikkinchi to`plamda 8ta shoda bo`lib, xar bir to`plamga qator o`tkazish usuli qo`llanilgan. Tanda iplarining rapporti katta to`plamdagi shodalar sonini to`plamlar soniga ko`paytmasiga teng. agarda to`plamlardagi shodalar soni bir xil bo`lsa, to`plam o`tkazish rapporti bir to`plamdagi shodalarni to`plam soniga ko`paytmasiga teng. Uzib – uzib (uzilib, to`xtab) o`tkazish. Bu o`tkazishni to`qima naqshi yo`l-yo`l yoki katak shaklida har-xil o`rilishlardan hosil bo`lganda tatbiq etiladi. Uzib-uzib o`tkazish to`plam o`tkazishning bir turi deb hisob qilish mumkin. Bu quyidagicha to`qiladi: birinchi yo`l yoki katak iplari birinchi to`plam shodalariga o`tkaziladi. O`tkazish rapporti yo`llarining soni va ulardagi iplarning soniga boqliq bo`ladi. - rasmda birinchi to`plam shodalariga bir necha marta uzib o`tkazilgandan so`ng, ikkinchi to`plam shodalariga ham uzib o`tkazilganligi ko`rsatilgan.
1.12 - rasm. Bu rasmda birinchi to`plam shodalariga 3 marta uzib o`tkazilgandan keyin, ikkinchi to`plam shodalariga xam uch marta uzib o`tkazilgan. qisqartirilgan yoki naqsh bo`yicha o`tkazish. Bu o`tkazish uchinchi gurux o`tkazilishlarining umumiy ko`rinishidir. Bunday o`tkazishlar rapportida bir xil o`riladigan bir necha tanda iplari bo`lganda ishlatiladi. Naqsh bo`yicha o`tkazish usuli shodalar sonini qisqartiradi. O`tkazishning tartibi quyidagicha bo`ladi: bir xilda o`riluvchi tanda iplari bir xilda belgilanib boradi va oxiri belgilangan tanda iplari shodalar sonini ko`rsatadi. Shunga e`tibor berish kerakki shodalarga Mumkin qadar barobar miqdorda iplar o`tkazish kerak va o`tkazish tartibi xam mumkin qadar o`tkazuvchilarga qulaylik yaratish uchun soddaroq bo`lmoqi lozim. To`quvchilikda o`rilishning turlari ko`p. Ular bir - birlaridan ko`p alomatlari bilan farq qiladi. Ko`p turli o`rilishlarni taxlil qilish va ishlab chiqarishda ulardan foydalanishni osonlashtirish maqsadida ular sinf, kichik sinf, gurux, kichik gurux va turlarga bo`linadi. Bunda, avvalo to`qima tarkibiy tamoyili asos bo`lib, ikkinchi tomondan shu o`rilishni dastgoxda ishlab chiqarish shart - sharoitlari, ya`ni texnologiya tamoyili xisobga olinadi. Mavjud bo`lgan to`quv o`rilishlari to`rtta sinfga bo`linadi: bosh (asos) o`rilishlar; mayda naqshli o`rilishlar; murakkab to`qimalar o`rilishi; yirik naqshli o`rilishlar. Bosh (asos) o`rilishlar bilan ishlab chiqarilgan to`qimalar sidirqa bo`lib, ularda naqshlar bo`lmaydi. Bosh o`rilishni tashkil qiluvchi kichik sinflar quyidagilar: polotno o`rilishi; sarja (silon) o`rilishi; atlas (satin) o`rilishi. Mayda naqshli o`rilishlar ikkita kichik sinfga bo`linadi- xosila va aralash o`rilishlar.Xar bir kichik sinf o`rilishlar o`z navbatida gurux va kichik guruxlarga bo`linadi. Xosila o`rilishi guruxiga quyidagi kichik gurux o`rilishlari-polotno xosilasi, sarja xosilalari, va atlas (satin) xosilalari kiradi. O`z navbatida polotno xosilasiga tanda repsi, arqoq repsi va rogojka kabi o`rilishlar kiradi. O`osilasi kuchaytirilgan murakkab sarja, siniq (qaytma) sarja, xochsimon sarja, rombasimon sarja, soyaviy sarja tashkil etadi. Bu kichik guruxga shuningdek yangi yaratilgan sarjaning ikkinchi xosilasi xam kiradi. Atlas (satin) xosilasiga kuchaytirilgan atlas, noto`qri atlaslar, soyaviy atlas va yarim kuchaytirilgan atlaslar kiradi. Ikkinchi sinf - mayda naqshli o`rilishlarni ikkinchi kichik sinfi aralash o`rilishlar quyidagilardan iborat:Geometrik naqshli, krep (jilva)li, tirqishli to`qima, to`shamasi maxkamlangan, diogonalb, vafelb va naqshi shakllanishida rangli iplar qatnashgan to`qimalar kiradi. Bu gurux o`rilishlar xam o`zlarini kichik guruxlariga ega. Uchinchi sinf murakkab to`qimalar o`rilishini quyidagi kichik sinflar tashkil etadi: 1,5 qatlamli to`qimalar, 2 qatlamli to`qimalar, 2,5 qatlamli to`qimalar, ko`p qatlamli to`qimalar, tukli to`qimalar, “pike” to`qimalari, o`ramali “ajur” to`qimalar o`rilishi kiradi. Bu kichik sinf o`rilishlari xam o`zlarini gurux va kichik guruxlariga ega. Jumladan 1,5 qatlamli to`qimalar qo`shimcha tandali yoki qo`shimcha arqoqli 1,5 qatlamli to`qimalar guruxiga, ular o`z navbatida ikki yuzli va ikki tomonli kichik guruxlarga bo`linadi. Ikki qatlamli to`qimalar kichik sinfida qatlamlari milkda boqlangan yoki polotno bo`ylab boqlangan kichik guruxlarga bo`linadi. Ko`p qavatli to`qimalar kichik sinfi 3 qatlamli; 3,5; 4; 4,5; va xakazo qatlamli to`qimalar o`rilishlari guruxlarini tashkil etadi. Bu erda kichik guruxlar qatlamlarni bir-biri bilan boqlash, ularni zichliklarini bir-biriga nisbati, o`rilish turlariga bo`linadi. Tukli to`qimalar o`rilish kichik sinfi tanda tukli va arqoq tukli to`qimalar o`rilishi guruxiga bo`linadi. O`z navbatida bu gurux o`rilishlar. Masalan tanda tuklilar - qirqma tukli yoki halqasimon tukli kichik guruxlarga bo`linadi. Arqoq tukli to`qimalar o`rilishi guruxi sidirqa tukli yoki yo`l-yo`l tukli kichik guruxlarga bo`linadi.“Pike” to`qimasining kichik sinfi oddiy “pike” va murakkab “pike” guruxi bo`ladi.O`ramali “ajur” to`qimalar kichik sinfi sidirqa o`ramali va naqsh o`ramali guruxlarga bo`linadi. Bu o`rilishlarni xar birini qo`llashda qatnashayotgan tanda iplarini zichlik nisbatlari, ularni oddiy va maxsus shodalardan o`tkazish tartiblariga qarab, bir necha turlarga bo`linadi. Yirik naqshli to`qimalar o`rilishi sinfi ikkita kichik sinf oddiy yirik naqshli va murakkab yirik naqshli to`qimalar o`rilishiga bo`linadi. Oddiy yirik naqshli to`qimalar o`rilishiga ularni ishlab chiqarish uchun kerak bo`lgan jakkard mashinasini quvvati, qo`llanilgan arkat iplarini taqsimlovchi taxtadan o`tkazish tartibiga va boshqalarga qarab bir necha gurux, kichik gurux va turlarga bo`linadi.Gazlamani sirtqi bezaklarni xilma-xil olishda murakkab yirik naqshli to`qimalar o`rilishlarining imkoniyatlari juda xam katta. Bu o`rilishlarni bir necha guruxdan mavjud. 1,5 qatlamli yirik naqshli to`qimalar, 2 qatlamli yirik naqshli to`qimalar va boshqa o`rilishli to`qimalar shu kichik sinfni guruxlarini tashkil etib, guruxlar esa kichik guruxlar va turlarini tashkil etadi. Bu o`rilishlarni gurux va kichik guruxlar va turlarini batafsil bevosita xar bir sinf o`rilishlarini o`rganish jarayonida chuqur taxlil etiladi. Download 112.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling