2-Mavzu. Turizm bozori va xizmatlari tushunchasi va vazifalari Reja


Download 70.6 Kb.
bet1/4
Sana14.02.2023
Hajmi70.6 Kb.
#1196914
  1   2   3   4
Bog'liq
2 Maruza matni


2-Mavzu. Turizm bozori va xizmatlari tushunchasi va vazifalari
Reja:
1. Turizm bozorining funksiyalari va tarkibi.
2. Turizm bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar.


1. Turizm bozorining funksiyalari va tarkibi.
Turistik bozor - bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistik mahsulot iste’molchisi o‘rtasida jamoa iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir. Natijada turistik xizmatning pulga aylanishi (sotish-sotib olish) jarayoni vujudga keladi.
Bozorda o‘ziga xos bir xususiyat bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchi va iste’molchi qiziqishlarining kelishuvidir. Bozorda markaziy holatni iste’molchi yaratadi. Yaxshi sotuvchining vazifasi esa o‘z mijozlari talablarini qondirish hisoblanadi.
Turistik bozor murakkab hisoblanib, bunda uning mahsuloti to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki o‘rtadagi dallol orqali (xo‘jalik sub’ekti-turoperator-turagent-iste’molchi) sotiladi.
Quyidagi aniq shart-sharoitlarga amal qilgandagina bozor samarali faoliyat yuritadi :

  • erkin raqobat, bunda bozorning barcha ishtirokchilari o‘z maqsadlari (maksimal foyda bilan mahsulotni sotish yo ki minimal harajat bilan mahsulotni sotib olish) ga intiladilar;

  • ko‘rsatilayotgan xizmat va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalarning borligi;

  • iste’molchining erkin xolatda tanlay olish imkoni;

Zamonaviy turistik bozor quyidagi o‘ziga xos bo‘lgan funksiyalarni bajaradi:
1. Turistik mahsulotdagi iste’molchilik qiymati va sotuv qiymati funksiyasi.
2. Iste’molchi (turist)ga turistik mahsulotni yetkazib berish jarayonini tashkillashtirish funksiyasi.
3. Mehnatga moddiy manfaatni iqtisodiy tomondan ta’minlab berish funksiyasi.
Turistik bozor o‘ziga xos xususiyatlariga ega:
1. Turistik xizmatlarning sezilmasligi.
2. Turistik mahsulotni amalga oshirishda mahsulotni sotib olish va uni iste’moli orasida vaqt uzilishi bo‘ladi.
3. Turistik talabga mavsumiy almashuvlar va turistik oqimning shakli ta’sir qiladi.
4. Mahsulot sifati ko‘p xollarda aniq ijrochilarga bog‘liq.
5. Turistik bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida hududiy tarqoqlik mavjud.

Download 70.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling