2-Mavzu. Turizm bozori va xizmatlari tushunchasi va vazifalari Reja


Download 70.6 Kb.
bet2/4
Sana14.02.2023
Hajmi70.6 Kb.
#1196914
1   2   3   4
Bog'liq
2 Maruza matni

Turistik talab deganda - to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan aholining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistik talab amaldagi narx-navolarda aholi tomonidan aniq bir turistik xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi.
Turizmda taklif
Bozordagi talabga muvofiq turizmda takliflar vujudga keladi.
Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi.
Talab va taklif o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘ladi: talab faqatgina taklifni yuzaga keltirmaydi, bundan tashqari taklif aniq bir tarzda talabga ta’sir ko‘rsatadi.
Turistik bozorlardagi talab va takliflar 1-jadval


Turistik aylanma harakat - iqtisodiy aloqalar tarkibiga kiruvchi xizmatni pulga yoki bo‘lmasa pulni xizmatga almashtiruvchi jarayon kiradi.Ushbu jarayon turistik mahsulot oqimining harakatlanish yo‘nalishi, investitsiyalarning turizm soxasini rivojlantirish va turistik faoliyatdan keladigan daromadning byudjetga kelib tushishini ko‘rsatib beradi.
Turistik aylanma harakat quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:

  1. Turist yo‘llanmani sotib oladi va turistik kompaniyaga pul to‘laydi.

  2. Oqibatda turist o‘zining istak-talabini qondiradi.

  3. Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun pulni oladi, turistik industriyaning rivoji uchun investitsiya o‘tkazadi yoki bo‘lmasa yangi turdagi turistik mahsulotni sotib oladi.

  4. Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun boj to‘laydi, turli shakldagi to‘lovlarni bajaradi, o‘z ishchi xodimlariga oylik to‘laydi.

Turistik mahsulot konyukturasini aniqlab beruvchi va turistik korxonaning iqtisodiyotiga ta`sir ko`rsatuvchi bozorlar quyidagilar:

  • Mexnat bozori;

  • Moliyaviy bozor;

  • Investitsiyalar bozori;

  • Turistik mahsulotlar bozori.


Download 70.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling