2-mavzu. Umumiy iqtisodiy muvozanatning neoklassik modeli


Download 44.44 Kb.
bet5/5
Sana20.01.2023
Hajmi44.44 Kb.
#1104975
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-мавзу.макроиктисодиёт-2

QISQACHA XULOSALAR.

Tabiiy resurslarni o‘zigina iqtisodiy o‘sishni ta’minlab berolmaydi. Iqtisodiy tabiiy resurslari kam bo‘lgan davlatlarda ham iqtisodiy o‘sish tez sur’atlarda rivojlanishi mumkin. A+SHning iqtisodiy o‘sishiga davlatdagi umumiy sotsial, madaniy va siyosiy muhit ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.


Kelajakdagi iqtisodiy o‘sishni baholashda ishlab chiqarishning atrof muhitga va inson turmushiga ta’sirini hisobga olish shart. Iqtisodiy o‘sish farovonlikni ta’minlab beruvchi faktor deyishga hech qanday asos yo‘q. Iqtisodiy o‘sishning yo‘ldoshi bo‘lgan texnika taraqqiyoti ishchilarda ertangi kunga ishonchni so‘ndiradi va ba’zida ishsizlikni ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Rivojlanish (o‘sish) sur’ati yuqori bo‘lgan iqtisodiyot katta iqtisodiy ta’sirlarga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy o‘sish tarafdorlari fikriga ko‘ra faqat iqtisodiy o‘sish aholi turmush farovonligini ta’minlashi mumkin.
Ishlab chiqarish hajmini o‘sishi daromadni oshiradi. U. Rostouni o‘sish bosqichlari nazariyasi o‘z davrining ijtimoiy fanida sezilarli hodisa bo‘ldi, u jamiyat tarixiy evolyusiyasiga yangicha yondoshuvni ifoda etib, u sotsial-iqtisodiy formatsiyalarni marleistik konsepsiyasi va XX asr 1-boshidagi texnoratik o‘sish nazariyalaridan ko‘p jihatdan farq qilar edi.
U.Rostou moddiy ishlab chiqarishning ijtimoiy rivojlanishdagi etakchi rolini, uning ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti bilan shartlashganini tan oldi hamda iqtisodiyot va jamiyat tarixiy evolyusiyasining umumiy nazariyasini yaratishga urindi.
E Domar va R.Xarrodning keynschilar modeli makroiqtisodiy muvozanatning keynschilik nazariyasini tanqidiy qayta ishlash va rivojlantirish sifatida vujudga keldi.
Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli keynschilik an’analariga xosligi va keynschilik fundamentiga asoslanganini aniqligini tan olgan, ammo shu bilan birga keynschilik modelining investitsiyalar va iqtisodiy dinamikaga tegishli qismiga o‘z xissasini qo‘shganligini ta’kidlab o‘tgan.
R. Xarrod modelining maqsadi iqtisodiyot o‘sishining traektoriyasini o‘rganish hisoblanadi. SHuning uchun uning asosini akselerator nazariyasi tashkil etib, u investitsiyalar o‘sishini bunga sabab bo‘lgan daromad o‘sishiga nisbatini aniqlash imkonini beradi. E. Domar mos davlat siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan avtonom investitsiyalar bilan ish olib borgan bo‘lsa r. Xarrod esa-milliy daromad o‘sishi bilan bog‘liq ishlab chiqarish investitsyailari bilan olib borgan.
Ishlab chiqarishni berilgan texnik sharoitlarida iqtisodiy o‘sish jamg‘armaga chegaraviy moyillik kattaligiga bog‘liq bo‘ladi, iqtisodiy tizimdagi dinamik muvozanat o‘z tabiatiga ko‘ra beqaror va uni to‘liq bandlik sharoitida ta’minlab turish uchun davlatning faol va maqsadli tadbirlari talab etiladi.


TAYANCH IBORALAR:


Iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy-iqtisodiy modellar, turmush darajasi, inflyasiya, jahon bozori, ish ko‘nikmalari yo‘qolishi, ishchi kuchi saviyasining pasayishi, texnika taraqqiyoti. Iqtisodiy o‘sishda “oxirgi zamon modeli”, U.Rostouni iqtisodiy o‘sish modeli, E Domar va R.Xarrodning keynschilar modeli, akselerator nazariyasi, Xarrod parodoksi.
Download 44.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling