2-mavzu. Umumiy iqtisodiy muvozanatning neoklassik modeli
E. Domarning keynschilar modeli
Download 44.44 Kb.
|
2-мавзу.макроиктисодиёт-2
E. Domarning keynschilar modeli.
Bu model makroiqtisodiy muvozanatning keynschilik nazariyasini tanqidiy qayta ishlash va rivojlantirish sifatida vujudga keldi. Ma’lum bo‘lganidek, Keynsning asosiy maqsadi rivojlangan mamlakatlarda ommaviy ishsizlik va ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanmaslik sabablarini aniqlash edi. Bu hodisa 1929-1933 y.y. Buyuk depressiya davrida kotatrofik o‘lchamlarga erishib, bu vaqtda nafaqat yangi kapital qo‘yilmalarga balki asosiy kapitalni yangilashga ham imkoniyat yo‘q edi. SHu sababli Dj. Keyns nazariyasini fanda depressiv yoki stagnatsiyalanuvchi iqtisodiyot nazariyasi deb atashadi. Urushdan keyingi davrda g‘arb mamlaktlaridagi iqtisodiy holat o‘zgardi – iqtisodiy o‘sish masalalariga olimlar diqqatini qaratgan yuqori konyuktura davri boshlandi. Biroq yangi sharoitlarda keynschilik nazariyasi chetga surib qo‘yilmadi, balki sifat jihatdan yangi muammolarni hal qilish uchun ijodiy o‘zgartirildi. CHunki bu nazariya bozor iqtisodiyoti amal qilishining bir qator fundamental savollariga javob bera olar edi. Milliy daromad iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar kabi iqtisodiy kattaliklarga asoslanib, Dj. Keyns iqtisodiy faoliyat darajasining o‘zgarishini tushuntira oladigan modelni ishlab chiqdi. U iqtisodiy pasayish va ishsizlikning o‘sishi davrida iste’mol va jamg‘armalar shu jumladan investitsiyalr qisqarishini isbotladi. SHuning uchun, yalpi talab o‘sishining haqiqiy dastaklari mavjud bo‘lmagan taqdirda, Dj. Keynsning fikricha, xukumat talabni tartibga solish chora-tadbirlaridan foydalangan holda iqtisodiyotga aralashishi zarur. Talabni soliqlarni pasaytirish orqali yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish orqali oshirish mumkin, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy faollikni jonlantiradi. Iqtisodiy o‘sish neokeynschilik modelining mohiyati nimada? Ularning barchasi Dj. Keynsning asosiy postulati – yalpi talabga asoslanadi. Modellarni qurishda ularning mualliflari muvozanatlashgan iqtisodiy o‘sishning hal quluvchi sharti yalpi talabning oshishi ekanlgidan kelib chiqishgan. Iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bo‘lib kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar) hisoblanadi, ular multiplikatorlar orqali daromadni oshiradi yoki o‘zi daromad oshishining natijasi hisoblanadi (akselerator tasirida). qolgan barcha ishlab chiqarish omillari (bandlikning oshishi, uskunalardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi) hisobga olinadi va modeldan chiqarib tashlanadi. Bunda bu modellarning keynschilik tabiati va neoklassik nazariyalardan asosiy farqlanishi mujassamlashgan. SHunday qilib o‘sishning neonekeynschilik modeli ikki o‘ziga xos xususiyat bilan xarakterlanadi: Iqtisodiy o‘sishga daromad darajasi bilan belgilanadigan talab nuqtai nazaridan yondashish; Investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishdagi muhim roli bilan negaki daromad kapitalning to‘planishiga bog‘liq (demak yalpi talab hajmi ham). Iqtisodiy o‘sishning neokeyschilik modellari kelib chiqishi polshalik bo‘lgan amerikalik iqtisodchi E. Domar va ingliz iqtisodchisi R. Xarrod tomonidan shakllantirilgan. Ular tomonidan olingan natijalar shunchalik bir-biriga yaqin ediki, natijada fanda ular Xarrod-Domar modeli deb atala boshlandi. Biroq modellarda o‘ziga xoslik borligi tufayli, ularning har birini ko‘rib chiqamiz, xulosa qilib esa ularni umumlashtiruvchi narsaga e’tiborni qaratamiz. Iqtisodiy o‘sishning E. Domar modeli. E. Domar uning modeli keynschilik an’analariga xosligi va keynschilik fundamentiga asoslanganini aniqligini tan olgan, ammo shu bilan birga keynschilik modelining investitsiyalar va iqtisodiy dinamikaga tegishli qismiga o‘z hissasini qo‘shganligini ta’kidlab o‘tgan. Bu hissa o‘zi nimadan iborat edi? Oldindan o‘rnatilganidek, Dj.Keyns tizimida daromadlarning shakllanishi investitsiyalar funksiyasi hisoblanib, ular multiplikator samarasi orqali yalpi talab va bandlikni oshiradi. Boshqacha qilib aytganda Dj.Keyns davlat xarajatlariga, ayniqsa ularning jamoat ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq qismiga (yo‘l, ko‘prik va sh.k. qurish) alohida e’tibor qaratgan Nega u ommaviy bozor mahsulotlari ishlab chiqarishga, masalan avtomobillar, kir yuvish mashinalari yoki mebel ishlab chiqarishga e’tibor qaratmagan? CHunki qayta ishlab chiqarish (samarasi) talabni hosil qilish bozorga ortiqcha tovar massasini chiqarishdan ko‘ra muhim edi, shuning uchun Dj. Keyns investitsiyalarning tovar taklifiga ta’sirini o‘z analizidan qolgan ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligini taxlil qilgan holda ham shunday qildi. (yangi zavodlarga investitsiya qilishga mavjudlari turganda xojat yo‘q). Aynan shu punktda E. Domar, Dj. Keyns nazariyasiga aniqlik va qo‘shimcha kiritdi – unda investitsiyalar nafaqat daromadlarni shakllantirish balki quvvatlarni yaratish, ishlab chiqarishni va tovarlar taklifini rivojlantirish omili hamdir. Bu orqali E. Domar investitsion jarayonning ikki xilligiga e’tibor qaratib, uning fikricha milliy daromadning muvozanatli o‘sishmodeli mohiyati ham shundan iborat. Boshqacha aytganda, u iqtisodiyotning muvozanatlashgan holatidan kelib chiqqan, (ya’ni umumiy talabni ifodalovchi ishlab chiqarish quvvatlariga teng bo‘lganda). Undan keyin E. Domar quyidagi savolni qo‘ydi: Agar investitsiyalar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirsa, va shu bilan birga qo‘shimcha daromadlarni shakllantirsa, unda daromad o‘sishi sur’ati ishlab chiqarish quvvatlari o‘sishi sur’atlariga teng bo‘lishi uchun investitsiyalar qanday o‘sishi kerak? Bu savolga javob berish uchun , E. Domar uchta tenglamalar sistemasini tuzdi: taklif tenglamasi; talab tenglamasi; taklif va talab tengligini ifodalovchi tenglama. Taklif tenglamasi investitsiyalar hosil qiladigan ishlab chiqarish quvvatlari o‘sishini ko‘rsatadi. YAratilgan ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga olinadigan ishlab chiqarish o‘sishini (o‘simini) Q ni, umumiy kapital qo‘yilmalarini (I) ularning o‘rtacha unumdoligiga ¥ ko‘paytmasi orqali aniqlash mumkin: Q=Iß Investitsiyalarning ishlab chiqarish rivojlanishiga ta’sirini xarakterlovchi ¥ belgisi kapital qaytimi nomini oldi (ishchi kuchi bandligining oshishi, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirish va sh.k.). Bunda, agar 1 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish uchun 4 mlrd. so‘m kapital kerak bo‘lsa, unda ¥ uning ¼ qismini, yoki 25 % ini hosil qiladi . Demak, bo‘lib bir birlik investitsiya yaratgan yangi mahsulot kattaligini ifodalaydi. Talab tenglamasi qo‘shimcha quvvatlarini band qilish uchun talab qanchagacha o‘sishi kerakligini ko‘rsatadi. Multiplikator nazariyasiga ko‘ra, jamg‘armaga ixtiyoriy chegaraviy moyillik λ da. Milliy daromad o‘sishi-ΔU qo‘shimcha investitsiyalar – ΔΙ ning multiplikator ta’sirining natijasi hisobi. Bunda - multiplikator. Agar ΔQ=Iβ taklif tenglamasini ΔY=ΔІ talab tenglamasi bilan solishtirsak, unda taklif tenglamasida umumiy investitsiyalar ishtirok etishini sezamiz, qachonki talab tenglamasida – faqatgina oldingi davrga nisbatan investitsiyalarning o‘sishi ishtirok etadi. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarishning o‘sishi ΔQ umumiy kapitalning unumdorligi bilan ta’minlanadi, daromadning o‘sishi ΔY esa – faqatgina qo‘shimcha apital qo‘yilmalarining multiplikator ta’siri bilan ta’minlanadi. 3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlari o‘sishi sur’atlarining muvozanat tenglamasiga bo‘lganda erishiladi. Bu tenglama echimi orqali quyidagi natijaga ega bo‘lamiz.
Tenglamaning chap qismida investitsiyalarning yillik o‘sish sur’ati turadi, u ishlab chiqarish quvvatlariningo‘sishi yordamida to‘liq bandlikni ta’minlash uchun αβ yillik sur’at bilan o‘sishi lozim. SHunday qilib Domar modeli investitsiyalar doimiy o‘sishi lozim bo‘lgan sur’at (temp) ni aniqlash imkonini beradi. Bu sur’at (temp) milliy daromadda jag‘armalar ulushi va investitsiyalarni o‘rta samaradorligi bilan to‘g‘ri bog‘langan. Masalan, agar jamg‘arish moyillik teng bo‘lsa, kapitalni unumdorligi esa ,kapitalni balanslashgan o‘sish meyori 6,6% tashkil etish kerak. yoki Bundan iqtisodiy siyosat uchun muhim xulosa kelib chiqadi: faqatgina kapitalning doimiy o‘sayotgan akkumulyasiyasiga jamiyat mashtabida yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi dinamik muvozanatni ta’minlaydi. Investitsiyalarning muvozanatli o‘sishini ta’minlab turish uchun davlat milliy daromaddagi jamg‘armalar ulushiga yoki texnik taraqqiyot sur’atlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Download 44.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling