2-mavzu. Umumiy iqtisodiy muvozanatning neoklassik modeli
R. Xarrodning iqtisodiy o‘sish modeli
Download 44.44 Kb.
|
2-мавзу.макроиктисодиёт-2
R. Xarrodning iqtisodiy o‘sish modeli.
Oldin ta’kidlaganimizdek tarkibi bo‘yicha bu model E. Domar modeliga o‘xshaydi, biroq uning o‘ziga xos xususiyatlari bor. E. Domar modeli investitsiyalarning yalpi talabni kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatlarining vaqt oralig‘ida ko‘payishdagi ikkixil rolini taxlil qiladi. SHuning uchun u butunligicha multiplikatordan foydalanishga asoslanadi va milliy daromadning zaruriy o‘sishini ta’minlaydigan investitsiyalarning o‘sish me’yorini aniqlaydi. R. Xarrod modelining maqsadi esa iqtisodiyot o‘sishning traektoriyasini o‘rganish hisoblanadi. SHuning uchun uning asosini akselerator nazariyasi tashkil etib, u investitsiyalar o‘sishini bunga sabab bo‘lgan daromad o‘sishiga nisbatini aniqlash imkonini beradi. Bunday xususiyatlardan shu natija kelib chiqadiki, E. Domar mos davlat siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan avtonom investitsiyalar bilan ish olib borgan bo‘lsa, R.Xarrod esa – milliy daromad o‘sishi bilan bog‘liq ishlab chiqarish investitsiyalari bilan ish olib borgan. Akselerator nazariyasini yanada yaqqolroq ko‘rib chiqamiz. Akselerator nazariyasi – investitsiyalarning kutilayotgan ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga bog‘liqligini tavsiflovchi nazariyadir. Akselerator tamoyili dastlab davrlar nazariyasi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, investitsiyalarning iste’mol talabi xarakatiga reaksiyasi orqali iqtisodiy inqirozlarni tavsiflagan. Bunday bog‘liqlikda akselerator nazariyasini XX asr boshida fransuz iqtisodchisi A. Aftalen va amerikalik iqtisodchi Dj. Klark rivojlantirishgan. Bu nazariyaga muvofiq talabning (yoki daromadlarning) o‘sishi investitsiyalarning o‘sish darajasiga tezlashtruvchi (akselerator) sifatida ta’sir etadi, (avvalambor asosiy kapital sohasida). YAngi investitsiyalar ishlab chiqarish hajmi (daromadlar) ga nisbatan tezroq o‘sishi taxmin qilinadi, chunki mashinaning qiymati uning tayyor mahsulot qiymatidan odatda ancha yuqori bo‘ladi, demak, ishlab chiqarish qatnashchilari daromadlaridan ham yuqori bo‘ladi. SHuning uchun ham investitsiyalarga bo‘lgan talab iste’mol talabining o‘sishiga nisbatan doimo yuqori bo‘ladi. Gap shundaki, o‘sib borayotgan iste’mol talabi mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlariga tasir ko‘rsatib, nafaqat mavjud quvvatlar modernizatsiyasiga balki yangi sanoat korxonalari va uskunalariga kapital qo‘yilmalarini rag‘batlantiradi. Faraz qilamizki, qandaydir korxona o‘zining mahsulotiga mavjud talabni 10 ta mashinadan foydalanib qondiradi, ulardan bittasi har yili yangisi bilan almashtiriladi. Agar talab 20% ga oshsa korxona bu talabni qondirish uchun 2 ta yangi mashina sotib olishi kerak bo‘ladi. SHunday qilib akselerator ishlab chiqarish o‘sishi bilan investitsiyalar o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi: ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga javob ravishda yangi investitsiyalar qanchaga o‘sadi. Ishlab chiqarish va investitsiyalar darajalarida o‘zgarishlarning bunday teskari bog‘liqligi Dj. Keynsda umuman yo‘q edi. U investitsiya va daromadlar o‘rtasida multiplikator munosabati bilan cheklandi - multiplikator koeffitsienti chunki u foydalanilmagan quvvatlar va ishsizlik mavjudligidan kelib chiqqan. Uning vazifasi bo‘sh iqtisodiy resurslardan qanday foydalanishni ko‘rsatish bo‘lib, buning uchun u davlat xarajatlarini oshirishni taklif etgan. Ularni 1 multiplikatorga ko‘paytirib bandlik, ishlab chiqarish va daromad/Δγ) o‘sishini ta’minlaydi, demakki, yalpi talabning ham ta’minlaydi. Akslerator tamoyili esa oshgan daromad va talab o‘z navbatida investitsion jarayonlarni tezlashtirishni ko‘rsatadi. Bu yangi kapital qo‘yilmalar – daromad o‘sishini akseleratsiya koeffitsienti bo‘yicha ko‘paytmasining funksiyasi ekanligini anglatadi: Akseleratsiya koeffitsienti – texnik taraqqiyot turiga bog‘liq texnik kattalik: Katta hajmdagi kapitalni talab etadigan kapitalli texnik taraqqiyot sharotida ning qiymati oshadi Kapitalni tejaydigan texnik taraqqiyotda ning qiymati past bo‘ladi Iqtisodiy o‘sish modelini yaratish jarayonidan R. Xarrod taxliliga uchta tenglamani kiritdi: Amaldagi o‘sish sur’atlari tenglamasi Kafolatlangan o‘sish sur’atlari tenglamasi Haqiqiy o‘sish sur’ati tenglamasi Amaldagi o‘sish sur’atlari tenglamasi- R. Xarrod modeli tenglamasi natijasidir. U ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotning o‘sishidan bir qismini jamlanishini ta’minlash uchun milliy daromadda jamg‘armalar ulushi qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi: (1) Bu erda: G – (gron th) qandaydir davr bo‘yicha umumiy ishlab chiqarishning amaldagi o‘sishi (o‘sgani), masalan yil bo‘yicha: , ya’ni amaldagi o‘sish sur’ati – bu daromad o‘sishining biznes davr daromadi kattaligiga nisbati: - kapital koeffitsienti yoki bir birlik daromad yoki mahsulot o‘sishining “investitsion qiymatini” ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning kapital talab koeffitsienti. U kapitalning teskari unumdorligi kattaligi bo‘lib hisoblanadi S – milliy daromadda jamg‘armalar ulushi yoki jamg‘arishga moyillik: Agar (1) tenglamani uning elementlari mazmuni bo‘yicha yozadigan bo‘lsak, unda Dj. Keynsning – investitsiyalar teng jamg‘armalar, ayniyatiga ega bo‘lamiz: Biroq R Xarrodning yondashuvi Dj. Keyns yondashuvidan ancha farqlangan. Keynschilik modelida investitsiyalar va jamg‘armalar tengligi statik shaklda, R. Xorrad modelida esa dinamik shaklda ifodalangan: tenglamaning chap qismi s ishlab chiqarish maqsadlariga yo‘naltirilgan mahsulot o‘sishining kapitallashtiriladigan qismini ifodalab, u jamg‘armalarning ma’lum ulushi bilan ta’minlanishi shart. 2. Kafolatlangan o‘sish sur’atlari tenglamasi. Tadbirkorlar ko‘zda tutadigan va umuman qoniqish hosil qiladigan rivojlanishning bashorati shuni ifodalaydi: (2) R. Xarrodning fikricha kafolatlangan (narranted) o‘sish sur’ati dinamik muvozanatning chizig‘i hisoblanadi. SHu bilan barcha (kapital talablikning zaruriy koeffitsienti) ham dinamik muvozanatning koeffitsienti hisoblanadi: u mahsulot chiqarish o‘sishiga yangi kapitalga ehtiyojni ifodalaydi, uni ta’minlash uchun shu yangi kapital talab etiladi. Bundan kelib chiqadiki kafolatlangan o‘sish sur’ati tenglamasida investitsiyalar ex-ante va jamg‘armalar ex-post tenglashtiriladi. Milliy daromadda jamg‘armalar s ulushi – zaruriy kapitaltalablilik koeffitsienti cr kabi doimiy kattalik bo‘lgani sababli R. Xarrod kafolatlangan o‘sish sur’ati ( ) ning doimiy darajasi haqida xulosaga keldi. Agar amaldagi o‘sish sur’ati (1) bashoratlanayotgan, kafolatlangan sur’ati (2) bilan mos tushsa unda iqtisodiyot qat’iy uzluksiz rivojlanishga ega bo‘ladi. Biroq, R. Xarrodning yozishicha bunday qat’iylik statistik darajada ham dinamik darajada ham mavjud emas. Ikkala tenglamani solishtirib ( ; ), R. Xarrod, amaliyotda amaldagi o‘sish sur’ati doimo kafolatlanganidan katta yoki kichik bo‘ladi deb ta’kidladi. Agar amaldagi o‘sish sur’ati kafolatlanadiganidan oshsa, unda nisbiy doimiylik tufayli S shunga mos ravishda tez oshmaydi. Boshqacha aytganda, agar G> bo‘lsa, unda Download 44.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling