O’quvchilarda komptensiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan o’quv dasturi yuqorida sanab o’tilgan tarkibiy qismlarga amal qiladi.
2015-2016 o’quv yilida umumta’lim fanlari bo’yicha o’quvchilarda tayanch kompetensiyalar shakllantirish metod va usullari;
2016-2017 o’quv yilida o’quvchilarda har bir umumta’lim faniga oid xususiy kompetensiyalarni shakllantirish texnologiyalari;
2017-2018 o’quv yilida umumta’lim fanlari bo’yicha tayanch va xususiy kompetensiyalarni shakllanganlik darajasini baholash mezonlari yuzasidan tajriba-tadqiqot ishlari tashkil etiladi.
Kompetensiyalar 2 ga bo’linadi:
1.Xususiy kompetnsiyalar - fanga oid kompetensiyalar;
2.Tayanch kompetensiyalar-barcha fanlarning umumiy mazmuniga oid kompetensiyalar.
Tayanch kompetensiyalar quyidagi 6 ta turga bo’linadi:
Kommunikativ kompetensiya-turli ziddiyatli vaziyatlarda o’z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur(konstruktiv) bo’lgan qarorlarni qabul qila olish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi- ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish;
Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi- o’z hatti-harakatini advokat baholash, o’zini nazorat qila bilish, halollik, to’g’rilik kabi sifatlarga ega bo’lish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi- jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Umummadaniy kompetensiyasi- badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi- kundalik faoliyatda turli chizma, grafik va diagrammalarni o’qiy olish va foydalanish kabi elementlarini shakllantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |