2-mavzu: uo’TMda huquqiy-me’yoriy hujjatlar kompetensiyaviy yondashuv asosidagi davlat ta’lim standarti haqida umumiy ma’lumot
Davlat ta‟lim standartlarining vazifalari
Download 109 Kb.
|
3-ma\'ruza darsi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat ta’lim standarti
Davlat ta‟lim standartlarining vazifalari:
- ta‟lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko’rsatiladigan ta‟lim xizmatlari turlariga nisbatan qo’yiladigan maqbul talablarni belgilash; - ta‟limga va uning pirovard natijalariga, ta‟lim oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo’yiladigan tegishli talablarni belgilovchi meyoriy negizni yaratish; - xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; - ta‟limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta‟lim va tarbiyani kelishib olish ularning o’zaro bog’liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta‟minlash; - o’quv-tarbiya va ta‟lim jarayoniga, pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta‟minlashga, ta‟lim darajasini nazorat qilishga, ta‟lim muassasalarida ta‟lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan meyorlar va talablarni belgilash; - ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akkredetatsiya qilishni joriy qilish; - kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta‟minlash; - milliy standartlar talabini ta‟lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta‟minlash. 7-moddasida davlat ta’lim standartlari yoritilgan: Davlat ta‟lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-xunar va oliy ta’lim mazmuniga xamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Davlat ta’lim standarti: 1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bо’lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) о’quv fani bо’yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, о’quvchilar tomonidan bajariladigan о’quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qо’yiluvchi talablarni belgilaydi. О’zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо’g’risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy meyoriy hujjat hisoblanadi. ‘Standart’ ingliz tilidan tarjima qilinganda “mayor”, “namuna”, “andoza”, “ model” ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, о’quv ishlari normativlari moslashtiriladi, о’quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. О’quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug’ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bо’lgan yoki qiziqarli bо’lmagan fanni о’rganishda о’quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi. Ushbu holatda, о’quvchi о’ziga mos keladigan ta’lim yо’lini anglagan holda va mustaqil tanlab, о’z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalga oshirishga imkoniyatga ega bо’ladi. Shakli va mazmuni bо’yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan о’quvchilarga va ularning ota-onalariga yetkaziladi. Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mukammal ravishda о’quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning ma’lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini о’zi ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qо’llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi. Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. О’zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yо’qligi XX asrning 80-yillarida kо’pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bо’lishiga olib keldi. Davlat ta’lim standartlarini yaratish bо’yicha ishlar О’zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо’g’risida”gi Qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti meyorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab о’tiladi. О’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) О’zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim tо’g’risida”gi Qonuni qabul qilingandan sо’ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bо’yicha о’zlashtirilishi zarur bо’lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi. Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga kо’ra quyidagilardan iboratdir: Download 109 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling