2-mavzu. Yer to’G’risida umumiy tushunchalar. Reja: Yerning umumiy tavsifi. Yerning tashqi qobiqlari


Download 52.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi52.77 Kb.
#1595785
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 ma\'ruza



 
 
2-mavzu. YER TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR. 
REJA: 
1. Yerning umumiy tavsifi. 
2. Yerning tashqi qobiqlari. 
3. Yerning seysmotomografik modeli. Geosferalar 
 
Yerning shakli. Yer shaklini ellipsoidga yaqin deb bilishning sababi shundaki, 
agar ellipsoid aylanasini Yer shakliga ustma - ust qo‘yilsa, u holda okean yuzasi 
barobarligida olingan geoid chizig‘iga yaqinlashadi. Demak, Yer shaklini ellipsoid 
shakliga yaqin bo‘lgan geoid deb qabul qilingan (19-rasm). Geoidning lug‘aviy 
ma’nosi Yer o‘ziga xos shaklga ega demakdir. Uni birinchi bo‘lib 1873 yilda nemis 
fizigi Listing fanga kiritgan. 
Haqiqatdan ham Yer yuzasi g‘oyat notekis bo‘lib, o‘ziga xos shaklga ega. 
Uning eng baland nuqtasi (Himolay tog‘idagi Jomolungm
cho‘qqisi, 8848 m) bilan 
eng chuqur botiq joy (Tinch okeanidagi Marian cho‘kmasi (11022 m) o‘rtasidagi 
farq 19870 m ni tashkil etadi. U hech qanday geometrik shakllarga to‘g‘ri kelmaydi. 
Yerning bunday shaklda bo‘lishiga asosiy sabab, uning bir necha million yillar 
davomida Quyosh va o‘z o‘qi atrofida aylanishi hamda yer yuzasidagi havo, suv, 
Yer ichidagi bitmas - tuganmas energiya ta’siri ostida bo‘lishidir. 


So‘nggi 
kosmik 
tasvirlar 
tahlilidan 
kelib 
chiqib, 
Yerning 
shimoliy 
qutbiy radiusi janubiy qutbiy 
radiusiga nisbatan 21 km uzun 
ekanligi aniqlangan. Shunga 
asoslanib Yerning shakli uch 
o‘qli ellipsoid yoki kardioid 
(yunoncha: yurakka uxshash) 
deb atash qabul qilingan. 
Eramizdan 
ikki 
asr 
oldin qadimgi yunon olimi 
Eratosfen Yerning kattaligini 
birinchi 
bo‘lib o‘lchagan. 
Eratosfen kunduz soat 12 da 
Quyosh nuri hosil qilgan yer 
yuzasidagi burchakni skafis 
(skafis - yunoncha so‘z bo‘lib, masofa o‘lchov asbobi) asbobi bilan o‘lchab, so‘nggi 
xulosasida Yer aylanasi 250000 stadiy (yoki 39500 km), radiusini 6290 km deb 
aniqlagan. Eratosfen aniqlagan Yer radiusi hozirgi vaqtda aniqlangan ma’lumotdan 
88 km, aylanasi esa 575,7 km kamroq chiqqan. 
Eng so‘nggi kuzatishlar natijasida Yer kattaligini quyidagi miqdoriy birliklar 
bilan belgilash qabul qilingan: ekvatorial radiusi 6378,245 km, qutbiy radiusi 
6356,863 km, Yerning o‘rtacha radiusi 6371,110 km. Ekvator aylanasi esa 40075,7 
km ga teng. 
Yerning maydoni 510 mln.km
2
, o‘rtacha zichligi 5,517 g/sm
3
ga teng. 
Sayyoramiz yuzasining katta qismi (70,8%) suv bilan qoplangan, quruq-lik esa 
29,2% ni tashkil etadi. Dunyo okeani o‘zaro bog‘langan turtta: Tinch, Atlantika, 
Hind va Shimoliy muz okeanlaridan iborat. Quruqlik oltita: Shimoliy Amerika
Janubiy Amerika, Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya va Antarktida qit’alaridan iborat. 
Okean bilan quruqlikning nisbati Shimoliy yarimsharda 61:39% bo‘lsa, Janubiy 
yarimsharda - 81:19% ga teng. 

Download 52.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling