2-mavzu. Yer to’G’risida umumiy tushunchalar. Reja: Yerning umumiy tavsifi. Yerning tashqi qobiqlari


Download 52.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi52.77 Kb.
#1595785
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 ma\'ruza

ajratuvchi chegara qayd etiladi va ular umumiy tarzda Yening konsentrik zonal 
qatlamli tuzilishi to‘g‘risida dalolat beradi. Bu chegaralar orasida ikkitasi: 
kontinentlarda 30-70 km chuqurliklarda va okeanlar ostida 5-10 km da yotuvchi 
Moxorovichich yuzasi (Moxo yoki oddiy M) hamda 2900 km chuqurlikdagi 
joylashgan Vixert - Gutenberg yuzasi asosiy sanaladi. Bu chegaralar 
sayyoramizni uchta asosiy qobiqlarga yoki geosferalarga ajratadi: 
yer po‘sti - Moxorovichich yuzasi ustida joylashgan Yerning tashqi 
tosh qobig‘i; 
Yer mantiyasi - Moxorovichich (yuqoridan) va Vixert -Gutenberg 
(pastdan) yuzalari bilan chegaralangan oraliq silikatli qobiq; 
Yer yadrosi - Vixert - Guttenberg yuzasidan pastda joylashgan 
sayyoramizning markaziy tanasi. 
Bu asosiy chegaralardan tashqari geosferalar ichida asosan moddalarning 
bir turdan ikkinchi turga fazoviy o‘tishi va xossalarining o‘zgarishi bilan 
ifodalangan bir qator ikkinchi darajali ajratuvchi chegaralar mavjud. 
Chuqurlikdagi 
zonalarning 
moddiy 
takibi 
haqida 
bevosita 
ma’lumotlarning 
yo‘qligi 
bilvosita, 
birinchi 
navbatda 
seysmologik 
ma’lumotlardan foydalanishni taqozo etadi. Seysmologik ma’lumotlar bir qator 
chegaraviy shartlarni (zichlik o‘zgarishining o‘rtacha qiymati yer po‘sti uchun - 
2,7 g/sm
3
va yalpi Yer uchun - 5,52 g/sm
3
, Yerning aylanish o‘qiga nisbatan 
inersiyaning kuzatish momentidagi massalarning taqsimlanishini va b.) hisobga 
olganda, Yer moddalari zichligining chuqurlik oshishi bilan o‘zgarishini 
hisoblab topish imkonini beradi. Bu ma’lumotlarga tayangan holda turli 
chuqurliklarda bosim va haroratning qiymatini baholash mumkin. 

Download 52.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling