2-mavzu. Yer to’G’risida umumiy tushunchalar. Reja: Yerning umumiy tavsifi. Yerning tashqi qobiqlari


Yerning seysmotomografik modeli. Geosferalar


Download 52.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi52.77 Kb.
#1595785
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 ma\'ruza

 Yerning seysmotomografik modeli. Geosferalar 
 
Yerning ichki tuzilishini o‘rganish murakkab masala hisoblanadi. Shu maqsadda 
foydalaniladigan usullar bevosita va bilvosita turlarga bo‘linadi.  
Bevosita turiga tabiiy ochilmalarda (daryolar va jarliklarning bortlari, yonbag‘irlar) 
va sun’iy qazilgan tog‘ lahimlarida (razvedka kanavalari, shurflari, karerlar, burg‘i 
quduqlari) tog‘ jinslari va strukturalarni bevosita o‘rganuvchi geologik usullar kiradi. Bu 
usullarning o‘rganish chuqurligi ushbu tog‘ lahimlarining chuqurligi bilan belgilanadi. 
Eng chuqur burg‘i qudug‘i Kola yarimorolida qazilgan bo‘lib, uning chuqurligi 12261 m 
ni tashkil etadi. 


Yerning ichki qobiqlari to‘g‘risida ksenolitlar - magma suyuqligi bilan yer 
yuzasiga olib chiqilgan chuqurlik tog‘ jinslari ba’zi tushunchalar beradi. Masalan, Lesoto 
kimberlit trubkasida (Janubiy Afrika) 250 km chamasi chuqurlikda yotuvchi tog‘ 
jinslarining vakili sifatida qaraluvchi qo‘shimchalar topilgan. 
Hozirgi vaqtda Yer qa’riga yuzlab va minglab kilometr chuqurlikka kirib 
boruvchi va u joydagi moddalardan namuna olib chiquvchi texnika vositalari mavjud 
emas. Shuning uchun ham sayyoramizning chuqurlikdagi tuzilishi kosmologik va 
geofizik ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan, ya’ni fazo jismlari (birinchi 
navbatda meteoritlar va Oy) yoki Yerning fizik maydonlari hamda 
modellashtirishga asoslangan bilvosita usullar yordamida tadqiq qilinadi. Yerning 
ichki tuzilishi haqidagi asosiy ma’lumotlarni quyidagi geofizik usullar yordamida 
olinadi: 
• Zilzilalar yoki portlatish orqali hosil qilingan sun’iy qayishqoq tebranishlarni 
qayd etuvchi seysmik; 
• Og‘irlik kuchi maydonlarini o‘rganishga asoslangan gravimetrik; 
• Yerning magnit maydonini o‘rganuvchi magnitometrik; 
• Sayyoramizning issiqlik maydonini va uning yuzasida issiqlik oqimining 
zichligini o‘rganuvchi geotermik; 
• Yer qa’rining elektr o‘tkazuvchanligini o‘rganuvchi elektrometrik tadqiqotlar.
Bunday usullarning orasida zilzilalar ta’sirida vujudga keladigan qisqa vaqtli, 10-
20 minut davomida amalda butun sayyoramizni yorib kiruvchi seysmik to‘lqinlar 
maydonini o‘rganuvchi seysmik usul asosiysi sanaladi. Zilzilalar o‘chog‘ida vujudga 
kelgan seysmik to‘lqinlar muhit zarrachalarining qayishqoq surilishi yo‘li bilan barcha 
yo‘nalishlar bo‘yicha muayyan tezlikda tarqaladi. To‘lqinlar tarqalish xususiyatlariga 
qarab bo‘ylama va ko‘ndalang turlarga bo‘linadi
Bo‘ylama to‘lqinlar to‘lqin tarqalish yo‘nalishida qayishqoq hajmiy uyg‘onishni 
(tebranishni) uzatishi bilan xarakterlanadi. Ko‘ndalang to‘lqinlar to‘lqin tarqalish 
yo‘nalishiga perpendikulyar holda qayishqoq hajmiy uyg‘onishni (tebranishni) uzatishi 
bilan oldingisidan farq qiladi. Bo‘ylama to‘lqinlar ko‘ndalang to‘lqinlarga qaraganda 
katta tezlikka ega. Bundan tashqari ko‘ndalang to‘lqinlar suyuq muhitda tarqalmaydi.
Umuman olganda seysmik to‘lqinlar optika qonunlariga bo‘ysunadi – muhitlar 
chegarasida turli tezlikda tarqaluvchi qayishqoq to‘lqinlar qaytadi va sinadi. Natijada 
to‘g‘ri to‘lqinlar bilan bir qatorda qaytgan va singan to‘lqinlar ham qayd etiladi. 
Qaytgan va singan to‘lqinlar bu chegaralar holati to‘g‘risida ishonchli axborot manbai 
bo‘lib hisoblanadi va Yerning ichki tuzilishini o‘rganishda keng foydalaniladi. Ular Yer 
qa’rida muhitlarni yaqqol ajratuvchi chegaralar borligi to‘g‘risida dalolat beradi va 
to‘lqinlarning harakat vaqti va tarqalish tezligidan foydalanib geosfera chegaralarining 
yotish chuqurligini aniqlash imkonini yaratadi. 


Yerning ichki tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning eng muhim manbalari 
bo‘lib seysmik to‘lqinlarni keltirib chiqaruvchi zilzilalar sanaladi.
Dunyodagi seysmik stansiyalarning soni kun sayin oshib bormoqda. Bu esa, 
bir tomondan, Yer qa’ri to‘g‘risidagi ma’lumotlar hajmining oshishiga olib keladi 
va, ikkinchi tomondan, olinayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tez ishlovchi 
kompyuterlardan foydalanishni taqozo etadi. Bu esa seysmik tomografiya deb 
nomlanuvchi usullar majmuasining rivojlanishiga olib keldi
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, birjinsli (gomogen) muhitda seysmik to‘lqinlar 
to‘g‘ri chiziq holida tarqaladi va qayd etuvchi stansiyalarga hisoblangan vaqtda 
yetib boradi. Bir jinsli bo‘lmagan (geterogen) muhitlarda boshqacha hol kuzatiladi. 
Seysmik to‘lqinlar anomal massa bilan uchrashganda o‘z tezligini yo oshiradi, yoki 
sekinlashtiradi, bunda to‘lqinlar qayd etuvchi stansiyaga hisobdagi vaqtdan oldin 
yoki kechikib keladi. Shu yo‘sinda Yer qa’ridagi nobirjinsliklar topiladi.
Seysmologik ma’lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda Yer bag‘rida yigirmatacha 

Download 52.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling