2-mavzu. Yer to’G’risida umumiy tushunchalar. Reja: Yerning umumiy tavsifi. Yerning tashqi qobiqlari
Download 52.77 Kb. Pdf ko'rish
|
2 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-rasm. Yer sharining fazodan ko‘rinishi.
Yerning tashqi qobiqlari atmosfera, gidrosfera va biosferadan iborat bo‘lib,
ular yer po‘sti shakllanishida muhim o‘rinni egallaydi. Bu qobiqlar bir-biri bilan doimo o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, Yerning qattiq qobig‘i bilan materiya va energiya almashinuvida faol ishtirok etadi. Atmosfera - yerning gazsimon havo qatlamidir. Atmosfera massasining ko‘pgina qismi (90%) 16 km li oraliqda joylashgan. Atmosfera uch qismdan: troposfera, stratosfera va ionosferalardan tashkil topgan (20-rasm). 19-rasm. Yer sharining fazodan ko‘rinishi. Troposfera – atmosfera moddasining aksariyat qismini (80%) tashkil etib, qalinligi 8-12 km ga, ekvatorda esa 17 km ga teng, havo harorati bir xilda emas. Stratosfera - 50-55 km gacha bo‘lib, harorati yuqori, uning tarkibida tirik organizmlar faoliyatida o‘ta muhim o‘rinni egallaydigan ozon qatlami (25-30 km) joylashgan. Ionosfera - mezosfera, termo-sfera, ekzosferalarga bo‘linadi. Harorati juda yuqori (2000°S) bo‘lib, unda havo ultrabinafsha nurlar ta’sirida ionlashgan holatdadir. Atmosferaning yuqori chegarasi 1300 km. gacha boradi. Undan yuqori qismi-ning tarkibi sayyora-lararo bo‘shliq tarki-biga yaqindir. Atmosferaning asosiy kismi azot, kislorod, argon va ugleroddan tashkil topib, ular quruq havoning 99,9% ga teng. Yer yuzasidagi jarayonlarga katta ta’sir etadigan atmosferaning tarkibiy qismi namlik hisoblanadi. Atmosferadagi havo massasi doimo harakatda bo‘lib, Yer yuzasining turli qismlaridagi haroratning tekis taqsimlanmasligiga sababchi bo‘ladi. Atmosferaning troposfera qobig‘ida kechadigan ko‘pgina tabiiy hodisalar ob-havo va iqlimni yuzaga keltiradi. Ob-havo - atmosferaning tabiiy holati bo‘lib, shamol, harorat, bosim va namlik bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarning ma’lum tabiiy-geografik sharoitdagi ko‘p yillik holati iqlimni tashkil etadi. Iqlim yuqori namgarchilikka va haroratga ega bo‘lgan gumid (tropiklar), yuqori haroratli, quruq arid (cho‘l va sahrolar) va sovuq haroratli, nam nival (baland tog‘liklar va qutb zonalari) mintaqalardan tashkil topgan. Download 52.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling