2-mavzu. Yog’och, materiali xomashyolarini yo’nish, qirqish, kesish, o’yish, yig’ish va biriktirish texnologiyasi


ODDIY NAQSh ELEMENTLARINI QOG‘OZGA ChIZISh


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/14
Sana17.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1520060
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
MMT 2 mavzu (1)

ODDIY NAQSh ELEMENTLARINI QOG‘OZGA ChIZISh. 
Naqsh elementlarini chizishdan oldin quyidaga materiallarni tayyorlash kerak. 
1. Yarim vatman qog‘ozdan tayyorlangan albom. 
2. "M" markali qora qalam, yumshoq o‘chirg‘ich, qalamtarosh. 
3. To‘g‘ri va uchburchakli chizg‘ichlar. 
Naqsh chizish ishlari asosan naqsh elementlaridan, eng oddiy nusxa
ko‘chirishdan boshlanadi. O‘quvchilar qog‘ozda to‘g‘ri va chiroyli chiziq 
o‘tkazishni o‘rgaiishlari, chizilgan chiziqning aniq va ravonligaga erishishlari 
kerak. Bog‘dodi uslubida o‘yiladigaya naqshlarning ko‘pchiliga geometrik 
shakllardan tuzilgan bo‘lib, buyumlarning yuziga pardozsiz, sayoz qilib o‘yiladi.
Bog‘dodi uslubidaga naqshlar darvoza yondorlarini bezatishda ishlatiladi. Bu 
naqshlar "zanjira" deb ataladi. Demak eng oldin sodda zanjira naqshlarni 
qog‘ozga chizib o‘rganamiz. Jumladan zanjira iaqshini chizish uchun eni 3 
sm, uzunligi 20—25 sm bo‘lgan yo‘l chiziq o‘tkazilib, ichiga teng tomonli 
uchburchaklar chizib chiqiladi. Uchburchakning uchlaridan tomonlariga tik
chiziqlar tushiriladi, bu chiziqlarning kesishgan joyi uchburchakning markazi
bo‘ladi. Markazni uchburchak uchlari bilan birlashtirsak, zanjira
naqshining bir elementi hosil bo‘ladi. Bu elementni yo‘l chiziq bo‘ylab 
davom ettirsak, to‘la zanjira hosil bo‘ladi. Zanjira naqshlarini to‘g‘ri 
to‘rtburchak, kvadrat shakllardan tuzish mumkin (4- a, b, v rasm). 


Yog‘och buyumlarga ishlanadigan naqshlar to‘g‘ri chiziq, yarim aylana va 
aylanalardan tashkil topadi. Naqsh ishlashda ularni teng bo‘laklarga bo‘lish lozim 
bo‘ladi. Shu sababli o‘quvchilar naqsh ishlashda bunday ishlarni mukammal 
bajaradigan bo‘lishlari kerak. 
To‘g‘ri chiziqni teng bo‘laklarga bo‘lish. To‘g‘ri, og‘ma va tik chiziqlarni ko‘z 
bilan chamalab bo‘lish ko‘pincha geometrik shakldan tuzilgan naqshlar ishlashda 
qo‘llaniladi. Jumladan 5- rasmda berilgan geometrik chiziqli naqshlar chizishni 
mashq qilamiz. Bu naqshni chizishda simmetriya va ritmlarga e’tibor berish kerak. 
Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish. Pargar (sirkul) bilan ishlanadigan naqshlarda 
aylanani 4 ga, 5 ga, 6 ga bo‘lib, turli naqshlar chiziladi. 6- a, b rasmlarda aylanani 
4 ga, 5 ga bo‘lib, yudduzsimon naqshlar tuzish ko‘rsatilgan. Doira ichiga chizilgan 


bu naqshlar bir xil elementlardan tarkib topgan bo‘lib, to‘g‘ri va egri chiziq bo‘ylab 
takrorlanib turadigan ornamental lentalar, frizlardan iborat. 
7- rasm 
Oddiy elementlardan (oygul, barg, lola, hoshiya element-laridan) naqsh chizish. 
Naqsh gullarining eng oddiysi kichik aylana gul bo‘lib, "Kichik oygul" deb ataladi. 
Kichik oygulning har bir aylanasi to‘rt-besh bo‘lakka bo‘linadi. Bu gulning chetini 
ikki qavat qilib, katta o‘lchamda olti, sakkiz aylanadan iborat qilib chizilsa, 
"Kichik oygul" hosil bo‘ladi (7- rasm). 
Mustaqil naqsh ishlash naqshni bo‘laklarga ajratib chizishdan boshlanadi. 
Jumladan gul elementi, barg ele-menti, yuqorida chizilgan oygul ham shunga misol 
bo‘la oladi. Barg elementlari bir bargli, uch bargli va olti bargli bo‘ladi. Bir bargli 
elementni chizishdan ko‘nikma hosil qilingandav so‘ng murakkabroq — uch va 
olti 
barglarni 
chizishga kirishiladi. Uch bargli naqsh xuddi paxtaning chanogiga o‘xshaydi (8- 
rasm). 


O‘yma naqshlar asosan domshoq baqaterak yoki arg‘uvon daraxtidan tayyorlangan 
taxtaga o‘yiladi. Buxoro, Toshkent, Samarqand ustalari geometrik shaklda o‘yilgan 
naqshlarni bog‘dodi deb atashadi. Bog‘dodi uslubidagi naqshlar darvoza 
yondorlari, tepa cho‘plarni bezatishda ishlatiladi. Bu naqshlar yumshoq 
yog‘ochga o‘yiladi. Yuqorida bayon qilingan 2, 2 b, 9, 10- rasmlarni ko‘rib, 
bog‘dodi, hoshiya naqshlarini chizamiz. 



Document Outline

  • Furnituralar.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling